Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 20-oktabrdagi 286-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3089, 2018-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 10/18/3089/2222-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish uchun tanlovlar oʻtkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandning
birinchi xatboshisidagi “umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
8-banddagi “umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 18-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
3-ilovaning matnidagi “umumiy oʻrta taʼlim maktabining” degan soʻzlar “umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.