1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 22-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3089]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 459-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-oktabr,
286-son
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 20-oktabrdagi 286-son buyrug‘iga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 459-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (bundan buyon matnda maktab-internat deb yuritiladi) o‘quvchilarni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 459-son “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ixtisoslashtirilgan maktab-internatda o‘qishga ichki ishlar organlarining, birinchi navbatda xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmatni o‘tash davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi, kasalligi va jarohatlanganligi oqibatida nogironlikka uchragan yoki vafot etgan harbiy xizmatchi va xodimlarining (bundan buyon matnda xodimlar deb ataladi) va boshqa fuqarolarning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida 4-sinfni tamomlagan farzandlari (o‘g‘il bolalar) har yilgi qabul kvotalariga muvofiq tanlov asosida qabul qilinadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 19-noyabrdagi 655-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 10/24/3089-1/0960-son)
Bunda, jamoat tartibini saqlashda, jangovar harakatlarda, terrorchilikka qarshi operatsiyalar o‘tkazishda, favqulodda holat tartibini huquqiy ta’minlash va ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan vaqtda halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari o‘qishga tanlovsiz qabul qilinadi.
2. Tanlov quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:
hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
yakuniy test sinovlari.
3. Maktab-internatga nomzodlarni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga nomzodlarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi (bundan buyon matnda qabul komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi hamda qabul komissiyasining tarkibi tasdiqlanadi.
4. Qabul komissiyasi qabul yilining 1-aprelidan 10-sentabriga qadar faoliyat yuritadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 15-noyabrdagi 652-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-2, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)
Qabul komissiyasi raisi qabul komissiyasining ishini tashkillashtiradi, komissiya raisi o‘rinbosarlari va a’zolarining vazifalarini belgilaydi, komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi.
Qabul komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligi tizimidan tegishli mutaxassislar kiritilishi mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
6. Qabul komissiyasi faoliyatiga hamda ularning ishlarini tashkillashtirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar boshqarmalarida (hududiy ichki ishlar boshqarmalari) ishchi guruhlar tuziladi va ushbu ishchi guruhlarning tarkibi tasdiqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 15-noyabrdagi 652-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-2, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)
7. Ishchi guruhlar tarkibiga hududiy ichki ishlar boshqarmalarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, Shaxsiy xavfsizlik, Yuridik ta’minlash bo‘linmalari mas’ul xodimlari hamda Harbiy-tibbiy komissiya raisi kiritilishi zarur.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 15-noyabrdagi 652-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-2, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)
8. Maktab-internatga o‘qishga munosib nomzodlarni tanlab olishni tashkil etish uchun hududiy ichki ishlar boshqarmalari ishchi guruhlari tomonidan muntazam ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. Targ‘ibot-tashviqot ishlari umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida, aholi turar joylarida va ichki ishlar organlarida uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 19-noyabrdagi 655-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 10/24/3089-1/0960-son)
9. Maktab-internatga o‘qishga qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tanlov e’lon qilinadi va ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida beriladi. E’londa qabul qilish shartlari hamda tanlovlarni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilishi lozim.
10. Farzandlari maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yashash joyidagi hududiy ichki ishlar boshqarmalariga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi 569-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3690, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)
Farzandlari maktab-internatga o‘qishga kirish istagini bildirgan xodimlar bevosita ichki ishlar organlarining rahbarlariga bildirgi bilan murojaat qiladi.
Arizalar qabul yilining 15-aprelidan 1-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish, o‘rganish va yuborish
11. Farzandlari maktab-internatga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamda xodimlar mazkur Nizomning 10-bandidagi ariza yoki bildirgi bilan birga nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar anketasini hamda elektron shaklda nomzodning rangli fotosuratini taqdim etadi.
Nomzodning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Bunda, ishchi guruh tomonidan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olish orqali aniqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 15-noyabrdagi 652-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-2, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)
12. Maktab-internatga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinib, ularga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxasi nomzodning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga imzo orqali taqdim etiladi hamda ikkinchi nusxasi nomzodning hujjatlariga biriktiriladi.
13. Ishchi guruh tomonidan hujjatlar yig‘ilgandan so‘ng o‘quvchilar 10-iyundan 20-iyun kuniga qadar hududiy sog‘liqni saqlash muassasasida tashkil etilgan tibbiy komissiya tomonidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda o‘quvchining antropometrik ko‘rsatkichlari (tana vazni, bo‘yining uzunligi va ko‘krak qafasi aylanasi), funksional imkoniyatlari va sog‘lig‘idagi mavjud nuqsonlari aniqlanadi.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra sog‘lom deb topilgan o‘quvchilar tanlovning keyingi tadbirlariga qo‘yiladi.
14. Ishchi guruh mas’ul xodimlari tomonidan nomzodlarning hujjatlari qabul yilining 25-iyun kuniga qadar qabul komissiyasiga yuboriladi.
15. Ishchi guruh 11-bandda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda xodimlar tomonidan taqdim etilgan quyidagi hujjatlarni nomzodlarning yig‘ma jildiga biriktirilishini ta’minlaydi:
xodimga bevosita boshlig‘i (komandir) tomonidan berilgan tavsifnoma;
xodimning ma’lumotnoma-obyektivkasi (hududiy ichki ishlar boshqarmalari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan imzolangan holda);
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 15-noyabrdagi 652-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-2, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)
nomzodga hujjatlari qabul qilib olinganligi haqida berilgan ma’lumotnoma;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmatni o‘tash davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi, kasalligi va jarohatlanganligi oqibatida nogironlikka uchragan yoki vafot etgan xodimlarga nisbatan tegishli ichki ishlar organi tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi nusxasi (muhr bilan tasdiqlangan);
Maktab-internatga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
Mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi nomzodni o‘qishga yuborish haqidagi xulosa.
3-bob. Tanlov tadbirlarini va test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish
16. Maktab-internatda tanlov tadbirlari boshlanishidan kamida besh kun oldin qabul komissiyasi tomonidan tanlov tadbirlari o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Mazkur reja-jadval maktab-internatning qabul komissiyasi e’lonlar taxtasiga hammaga ko‘rish uchun qulay bo‘lgan holda joylashtiriladi, shuningdek Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda ishchi guruhlariga nomzodlarni belgilangan muddatlarda yetib kelishlarini ta’minlash uchun yuboriladi.
17. Yozma ish (diktant), umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha tanlov tadbirlari o‘tkazish muddati belgilangan reja-jadvalga asosan o‘tkaziladi.
Umumta’lim fanlari bo‘yicha test sinovlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan muddatda qabul yilining 15-avgustidan 25-avgust kuniga qadar o‘tkaziladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
18. Yozma ish (diktant) o‘tkazish qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan reja-jadvalda belgilangan muddatda mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
Yozma ish (diktant) o‘tkazish bo‘yicha qabul komissiyasi tarkibiga maktab-internat mutaxassislari kiritiladi, shuningdek komissiya tarkibiga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining mutaxassislari kelishuv asosida taklif qilinishi mumkin.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 19-noyabrdagi 655-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 10/24/3089-1/0960-son)
19. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan reja-jadvalda belgilangan muddatda mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq o‘tkaziladi.
20. Qabul komissiyasi tarkibidagi nomzodning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda qabul komissiyasi tarkibiga maktab-internat va hududiy ichki ishlar organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislari kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidan kelishuv asosida mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
21. Qabul komissiyasi tomonidan yozma ish (diktant) hamda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bosqichlarining natijalari bo‘yicha Nizomning 6-ilovasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 balldan kam to‘plagan nomzodlar Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga kiritilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
22. Nomzodlarni umumta’lim fanlari bo‘yicha (ona tili va adabiyot hamda matematika) bilimini baholash Agentlik tomonidan test sinovlari asosida o‘tkaziladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
23. Nomzodlar yozma ish (diktant) va umumjismoniy tayyorgarlik sinovlari natijalaridan kelib chiqib qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida test sinovlariga kiritiladi.
24. Test sinovlari umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
25. Test sinovi materiallari Agentlik tomonidan boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb etilgan holda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda shakllantiriladi. Test savollari davlat ta’lim standartida boshlang‘ich sinf bitiruvchi o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar doirasida tuziladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
26. Maktab-internatning uchun test sinovlari 1 soat (60 daqiqa) davom etadi. Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari o‘tkaziladi, bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.
27. Nomzodlarga ta’lim sohalari bo‘yicha ona tili va adabiyotdan (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida) 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savollari beriladi. Test savollarining ona tili va adabiyotdan berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun “2,1” ball bilan va matematikadan berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun “1,1” ball bilan baholanadi.
28. Nomzodlar test sinovlariga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq berilgan ma’lumotnoma bilan kirishga ruxsat beriladi.
29. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
30. Test sinovlari o‘qishga qabul qilishning hal qiluvchi bosqichi hisoblanib, xodimlar va boshqa fuqarolar uchun ajratilgan qabul kvotalari doirasida test sinovlari natijasi bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq nomzodlar tanlab olinadi.
31. Test sinovlari natijalari Agentlik tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
32. Qabul komissiyasi test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘qishga kirgan nomzodlar ro‘yxatini tuzadi hamda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
33. O‘qishga qabul qilingan nomzodlar ro‘yxati va ularning test sinov natijalari e’lonlar taxtasiga hamma ko‘rish uchun qulay bo‘lgan holda joylashtiriladi.
34. Maktab-internat tomonidan qabul yilining 30-avgustidan kechiktirmagan holda nomzodlarni o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi.
4-bob. Tanlov tadbirlari bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish
35. Nomzod, uning ota-onasi (yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan berilgan maktab-internatga o‘qishga qabul qilish bilan bog‘liq murojaatlar qabul komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
36. Tanlov natijalari yuzasidan nomzodning murojaatlarini qisqa muddatda ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i raisligida apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 15-noyabrdagi 652-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-2, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)
37. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiya faoliyatida ishtirok etmagan Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti va maktab-internatning tegishli mutaxassis xodimlari kiritiladi, shuningdek murojaatning mazmunidan kelib chiqib kelishuvga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirliklarining hududiy bo‘linmalaridan mutaxassislar taklif qilinishi mumkin.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 15-noyabrdagi 652-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-2, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)
38. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 ish kunida qabul qilinadi.
39. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilingan ariza va shikoyatlarni 3 ish kunidan kechiktirmasdan murojaat qilgan nomzod, uning ota-onasi (yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida ko‘rib chiqadi.
40. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilib olingan kuni Agentlikka yuboriladi.
Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyatlari Agentlik tomonidan 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va natijalari Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
5-bob. Yakuniy qoidalar
41. Nomzodlar yozma ish (diktant), umumjismoniy tayyorgarlik, test sinovlariga tayyorlanish va ularni topshirish davrida turar joy bilan ta’minlanmaydi, shuningdek maktab-internatga kelib-ketishi, yashashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq barcha sarf-xarajatlar ularning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
42. Nomzodni o‘qishga qabul qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.
43. O‘qishga qabul qilinmagan nomzodlarning hujjatlari 10 kunlik muddatda hududiy ichki ishlar boshqarmalarga qaytarib yuboriladi. Qabul qilingan nomzodlarning hujjatlari maktab-internatda saqlanadi.
44. Shaxsiy hujjatlar yig‘majildini nomzodning qo‘liga yoki uning ota-onasiga (uning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) berish taqiqlanadi.
45. Mazkur Nizom talablari buzilgan taqdirda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
46. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
2018-yil 17-oktabr
Xalq ta’limi vaziri Sh. SHERMATOV
2018-yil 17-oktabr
Jismoniy tarbiya va sport vaziri D. NABIYEV
2018-yil 18-oktabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2018-yil 18-oktabr
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
____________________________________________ga (ichki ishlar organi boshlig‘i F.I.O.) _____________________________________________da (nomzodning yashash joyi) yashovchi______________________________________ dan (nomzodning otasi yoki onasining F.I.O.)
A R I Z A Mening farzandim _______________________________________________________________________________ga (nomzodning tug‘ilgan yili F.I.O.)
o‘qishga kirish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishga hamda o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishiga ruxsat berishingizni so‘rayman. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab internatida ta’lim olish shart-sharoitlari, tartib-intizomga rioya etish qoidalari va imtiyozlari bilan tanishtirildim. O‘tkaziladigan tanlovlarni farzandim _________________________________________________ tilida topshiradi.
(o‘zbek, rus va qoraqalpoq)
_________________ (imzo)
____________________________________ (F.I.O.)
20___ yil “____” ______________________
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga ____________________ __________________________________________________________________________________da o‘qishga nomzod
(hududiy ichki ishlar organining nomi)
sifatida ro‘yxatga olindi.
Hududiy ichki ishlar organlari ishchi guruhlarining rahbari
_________________ (imzo)
___________________________ (F.I.O.)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ______________________________________ (ichki ishlar organi boshlig‘ining unvoni, F.I.O. va imzosi) 20 ___ yil “_____”______________________
O‘zbekiston Respublikasi IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga nomzod _______________________________________________________ ni o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun yuborish to‘g‘risida XULOSA
_____________________________________________________________________________________ning farzandi (fuqaro yoki xodimning (ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar to‘g‘risidagi,)
_________tumani ____–sonli umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining o‘quvchisi ___________________________________ ____________________________________________________________________nomzodi O‘zbekiston Respublikasi
(nomzodning F.I.O.)
Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish masalasi o‘rganib chiqildi. 1. Nomzodni o‘rganish natijalari: (nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar anketa, IIO xodimning farzandi yoki xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodim haqidagi qisqacha ma’lumotlar kiritiladi) ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ 2. Nomzod bo‘yicha yakuniy xulosa: ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
_______________________________________________ (mas’ul shaxsning lavozimi va unvoni) _______________________________________________ (mas’ul shaxsning lavozimi va unvoni) _______________________________________________ (IIO tibbiyot bo‘limi rahbarning lavozimi va unvoni) _______________________________________________ (ishchi guruh rahbarining lavozimi va unvoni)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024-yil 19-noyabrdagi 655-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3089-1, 25.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 10/24/3089-1/0960-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Yozma ish (diktant) o‘tkazish
METODIKASI
I. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash uchun hajmi 75 — 80 ta so‘zdan iborat bo‘lgan yozma ish (diktant) olinadi.
2. Diktant qabul komissiyasi tomonidan maktab-internat binosida o‘tkaziladi.
3. Diktantning mavzulari va matnlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Diktantning tasdiqlangan mavzu va matnlari qabul komissiyasi kotibida saqlanadi va ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
5. Diktant o‘tkazilayotgan auditoriyaga kitob, lug‘at, uyali telefon, telekommunikatsiya vositasi, shpargalka va yozuvlarni o‘chirishga mo‘ljallangan ruchkalarni olib kirish taqiqlanadi.
II. Diktant o‘tkazish tartibi
6. Diktant boshlanishidan oldin qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant o‘tkazish tartibi tushuntiriladi hamda raqamlangan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) daftarlar tarqatiladi.
7. Nomzod raqamlangan daftarning ustki qismiga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozadi.
8. Qabul komissiyasi a’zolari tomonidan nomzodlarga diktant matni bir marotaba tushunarli holda to‘liq o‘qib eshittiriladi hamda shu kungi sana va diktant mavzusi doskada nomzodlarga tushunarli qilib yozib qo‘yiladi. Diktant matni to‘liq o‘qib eshittirilgandan keyin nomzodlar diktantni yozishga tayyorlanadi.
9. Diktant yozish boshlanganda qabul komissiyasi a’zosi diktant matnini sekin birma-bir o‘qib beradi.
Bunda 1 ta gap o‘qib eshittiriladi va nomzod o‘qib eshittirilgan gapni yozishga kirishadi.
10. O‘qib eshittirilgan gapni nomzodlar yozib bo‘lganidan keyin ushbu gap qabul komissiyasi a’zosi tomonidan yana bir marotaba o‘qib beriladi. Diktant yozdirish shu tarzda davom etadi.
11. Nomzodlar diktantni yozib tugatgandan keyin unga berilgan raqamlangan daftarlarni qabul komissiyasi a’zosiga topshirib auditoriyani tark etadilar.
12. Qabul komissiyasi a’zosi nomzodlardan qabul qilib olingan raqamlangan daftarlarni tekshirish uchun topshiradi.
13. Auditoriyada nomzodlarga diktant yozdirgan qabul komissiyasi a’zosi tomonidan shu auditoriyadagi nomzodlar yozgan diktantlarni tekshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Qabul komissiya a’zosi (mutaxassislar) nomzodlarning yozgan diktantlarini shu kunning o‘zida mazkur Metodikaning 1-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan baholab, har bir raqamlangan daftarga o‘zining familiyasi, ismi va otasining ismini yozib, tekshirgan sanani va imzosini qo‘yadi.
15. Nomzodlarga diktantni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
III. Yakuniy qoidalar
16. Diktant natijalari bo‘yicha qabul komissiya tomonidan shu kunning o‘zida mazkur Metodikaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
17. Yozma ish (diktant) natijalarni shu kunning o‘zida maktab-internat qabul komissiyasining e’lonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.
18. Qaydnoma yozma ishni o‘tkazishda ishtirok etgan qabul komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida nomzodlarning raqamlangan daftarlari qabul komissiyasi kotibiga topshirilishi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
I. Umumiy qoidalar
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari zarur darajada jihozlangan yopiq joylarda (zallar, maydonchalar va h.k.) o‘tkaziladi
2. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlarida sport kiyimida bo‘lishi lozim.
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
to‘sinda (turnikda) tortilish;
60 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
5. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari zarur darajada jihozlangan ochiq va yopiq joylarda (zallar, maydonchalar va h.k.) o‘tkaziladi.
6. Umumjismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oralig‘ida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
7. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
8. Nomzodlarga umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovlardan qayta o‘tishga ruxsat berilmaydi.
II. Mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
10. 60 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi.
11. 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
12. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning o‘zida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan mazkur metodikaning 1-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga asosan baholanadi.
III. Yakuniy qoidalar
13. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari bo‘yicha shu kunning o‘zida mazkur Metodikasining 2-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
14. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari shu kunning o‘zida maktab-internatning e’lonlar taxtasiga joylashtirish orqali nomzodlar e’tiboriga yetkaziladi.
15. Qaydnoma qabul komissiyasining umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ishtirok etgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning o‘zida qabul komissiyasining mas’ul kotibiga topshiriladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga 1-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovni baholash
MEZONLARI
1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari “5” ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Mashqlar nomi
Bajarish
ko‘rsatkichi
Sinov natijalarini baholash mezonlari
5 ball
4 ball
3 ball
0 ball
O‘g‘il bolalar
to‘sinda (turnikda) tortilish
marta
6
4
2
2 dan kam
60 metrga yugurish
soniya
(sek:)
10,0 gacha
10,1 dan
10,6 gacha
10,7 dan
11,2 gacha
11,3 dan ortiq
1000 metrga yugurish
daqiqa
(min:sek)
5,50 gacha
5,51 dan
6,10 gacha
6,11 dan
6,50 gacha
6,50 dan ortiq
2. Nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargandan so‘ng, unga har bir mashq uchun qo‘yilgan ballari umumlashtirilib nomzodga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi. Bunda jismoniy tayyorgarlik mashqlari uchun qo‘yilgan ballar yig‘indisi quyidagicha hisoblanadi:
14 — 15 ball to‘plaganda — “5” ball;
11 — 13 ball to‘plaganda — “4” ball;
6 — 10 ball to‘plaganda — “3” ball;
6 dan kam to‘plaganda — “0” ball.
3. Nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovda 2 ta mashqni “0” ballga bajarganda, nomzodga “0” ball qo‘yiladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga 2-ILOVA
Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijalari yuzasidan QAYDNOMA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
__________________________________
(Qabul komissiyasi raisining unvoni,
F.I.O. va imzosi)
20 ___ yil “____” __________________
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab internatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasining yig‘ilish
BAYONNOMASI
___-son
20__ yil “____” _____________________
______________________________
(yig‘ilish o‘tkazilgan hudud nomi)
Raislik qiluvchi:
Qatnashganlar:
_____________________________________________
(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)
_____________________________________________
(qabul komissiyasi a’zolari)
KUN TARTIBI:
Nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
Qabul komissiyasi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga nomzodlarning yozma ish (diktant) va umumjismoniy tayyorgarlik tanlov bosqichlarining natijalarini ko‘rib chiqib, yig‘ilish qaror qiladi:
T/r
Nomzodning F.I.O.
Yozma ish (diktant) natijasi
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov natijasi
Umumiy ball
Test sinoviga qo‘yilganligi yoki qo‘yilmaganligi haqida yozuv
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar o‘tkazish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
__________________________________
(Qabul komissiyasi raisining unvoni,
F.I.O. va imzosi)
20 ___ yil “____” __________________
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasining yig‘ilish
BAYONNOMASI
___-son
20__ yil “____” _____________________
______________________________
(yig‘ilish o‘tkazilgan hudud nomi)
Raislik qiluvchi:
Qatnashganlar:
_____________________________________________
(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)
_____________________________________________
(qabul komissiyasi a’zolari)
KUN TARTIBI:
Nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga nomzodlarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan test sinovlari natijalariga asosan, yig‘ilish qaror qiladi:
T/r
Nomzodning F.I.O.
Nomzodning maxsus kodi
Test sinovlarida to‘plagan balli
Imtiyoz
Umumiy ball
O‘qishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqidagi yozuv
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 10/18/3089/2222-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 25.11.2024-y., 10/24/3089-1/0960-son; 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son; 25.11.2025-y., 10/25/3089-2/1085-son)