1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 11-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 12-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar tomonidan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari naqd pulga xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
2024-yil 20-noyabrga qadar umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha avtomatlashtirilgan dastur ishlab chiqsin hamda ushbu dasturni doimiy takomillashtirib borish choralarini koʻrsin;
2024-yil 1-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratsin.
Bunda 2024-yil 1-dekabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan naqd pulga xarid qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron shaklda soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilishi soliq solish maqsadlarida kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.
3. Belgilansinki:
mazkur qarorni amalga oshirish doirasida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlar Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;
mazkur qarorga muvofiq toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadlar qismida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan qaytariladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati soliq organlarining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilingan axborot tizimi orqali Soliq qoʻmitasiga onlayn taqdim etilishini va doimiy tarzda yangilab borilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
5. Savdo-sanoat palatasi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng targʻib qilinishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-noyabr,
745-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga 1-ILOVA
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.03.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish. Maishiy xizmatlar]
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan hisobot davrida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (keyingi oʻrinlarda — soliq) bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
Mazkur Vaqtinchalik nizom qoidalari aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vaqtinchalik nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
2. Vaqtinchalik nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avtomatlashtirilgan dastur — umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
mehmonxona — mehmonxona xizmatlarini (joylashtirish boʻyicha xizmatlarni) koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaning naqd pulsiz qismi — soliq davrida umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha aylanmaning toʻlov terminallari, kontaktsiz onlayn toʻlov tizimlari yoki banklar orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar;
tadbirkorlik subyekti — soliq organlari maʼlumotlar bazasiga muvofiq aniqlangan, soliq davrida turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadining kamida 90 foizi hamda umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadining kamida 80 foizini tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlari;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi — soliq davrida umumiy ovqatlanish, mehmonxona, turoperatorlik xizmatlaridan birini koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilgan Soliq kodeksining 239-moddasiga muvofiq eʼtirof etilgan aylanma;
turoperator — turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish uchun litsenziya asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt — umumiy ovqatlanish sohasida pazandalik, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxslar;
Gʻaznachilik — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi.
3. Toʻlangan soliqning bir qismi ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
2-bob. Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
4. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ushbu Vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqib toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytariladi:
Umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarishda, mazkur subyektlar tomonidan tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlovlar marketpleyslar orqali qabul qilinganda, ushbu toʻlovlar naqd pulsiz toʻlovga tenglashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
5. Tadbirkorlik subyekti Soliq kodeksining 80-moddasiga asosan soliq hisobotida jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha ajratib koʻrsatadi.
6. Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin uch oydan kechiktirmasdan toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali koʻrib chiqiladi.
7. Tadbirkorlik subyekti tomonidan kamaytirish uchun taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot berish orqali toʻlangan soliq summasi oʻzgargan taqdirda, kamaygan summaga mutanosib ravishda soliqning qaytarilgan qismi budjetga toʻlanishi shart.
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismini aniqlash hamda tadbirkorlik subyektining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
8. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi mezonlar inobatga olingan holda avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlanadi:
tadbirkorlik subyektlarining oylik jami tovar aylanmasi hajmida turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarining umumiy ulushi ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiya kodi) boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, 90 foiz va undan ortiq boʻlishi;
umumiy ovqatlanish xizmatlarining oylik jami tovar aylanmasi hajmida umumiy ulushi ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi identifikatsiya kodi boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, 80 foiz va undan ortiq boʻlishi;
soliq organlarida mavjud maʼlumotlar asosida umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi 60 foizgacha yoki 60 foiz va undan yuqori boʻlishi;
ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga asosan tadbirkorlik subyektining hisobot oyida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan soliq summasi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
9. Avtomatlashtirilgan dastur orqali tadbirkorlik subyektining ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan koʻrsatkichlari aniqlangandan soʻng soliq organining xulosasi shakllantiriladi va tadbirkorlik subyektining murojaati berilgandan keyin bir ish kuni ichida avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi Gʻaznachilikka yuboriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
10. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi asosida bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga milliy valyutada oʻtkazib beradi.
Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Gʻaznachilik tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan toʻlangan soliqning bir qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
11. Mazkur Vaqtinchalik nizomga asosan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa cheklariga tuzatish kiritish ushbu tuzatish kiritilayotgan summa boʻyicha qaytarib olingan soliq summasining tegishli qismi budjetga toʻliq toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
4-bob. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslari
12. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi.
hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar budjetga toʻliq toʻlanganda, bunda hisobot davridan oldingi oylarda ortiqcha toʻlangan soliq summasi ham inobatga olinadi;
hisobot davrida turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam boʻlmaganda;
hisobot davrida umumiy ovqatlanish xizmatlari boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 80 foizidan kam boʻlmaganda;
Bunda turoperatorlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlari barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80 foizini tashkil etganda, toʻlangan soliqning bir qismi qaytariladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
13. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi.
14. Soliq organi toʻlangan soliqning bir qismini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa berganda, bu toʻgʻrisida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliqning bir qismini qaytarib berishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
15. Tadbirkorlik subyekti soliq summasini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
16. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlangan soliqning bir qismi asossiz qaytarib olinganligi (yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilish, hujjatlarni soxtalashtirish) holatlari aniqlanganda, asossiz qaytarib olingan summa belgilangan tartibda penya hisoblagan holda budjetga undiriladi.
161. Elektron hisobvaraq-fakturalarda, nazorat-kassa texnikasi cheklarida yoki elektron tijorat platformalarida (marketpleys) faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlarining toʻgʻri aks ettirilishiga tadbirkorlik subyektlari masʼul va javobgar hisoblanadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
17. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga ILOVA
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish
Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismini qaytarib olish uchun mobil ilova yoki my.soliq.uz orqali murojaat yuboriladi.
QQS hisoboti taqdim etish muddatidan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan
2-bosqich
Avtomatlashtirilgan axborot tizim orqali
Toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish hisobot davrida tadbirkorlik subyektining shaxsiy hisobvaragʻida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan QQS summasi hisob-kitob qilinadi.
Har oyning 25-sanasigacha
3-bosqich
Soliq organi
Tadbirkorlik subyektining murojaati asosida dastur orqali soliq organining toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish boʻyicha xulosasi avtomatik ravishda Gʻaznachilikka yuboriladi.
Bir ish kunida
4-bosqich
Gʻaznachilik
Respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar doirasida (yetarli mablagʻlar mavjud boʻlganda) avtomatik tarzda soliq summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga 11-ILOVA
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga ular tomonidan hisobot davrida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (keyingi oʻrinlarda — soliq) bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
Vaqtinchalik nizom qoidalari aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vaqtinchalik nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
avtomatlashtirilgan dastur — chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
yirik va mayda shoxli mollar — yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarish qilinadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari — qoramol, qoʻy va echki;
Gʻaznachilik — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik);
chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari — mulk yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega boʻlgan, soliq davrida oʻzida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti hamda parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) goʻshti va tuxumini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadining kamida 90 foizini tashkil qiladigan chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari boʻlgan yuridik shaxslar.
3. Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarining faoliyat turi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida aniqlanadi.
4. Sanoatda qayta ishlangan goʻsht, sut hamda parranda goʻshti va tuxumi uchun toʻlangan soliqning bir qismi qaytarib berilmaydi.
2-bob. Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish tartibi
5. 2025-yil 1-apreldan boshlab chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) ushbu Vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqib toʻlangan soliqning 50 foizi respublika budjetidan qaytariladi.
6. Toʻlangan soliqning bir qismi ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
7. Tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 80-moddasiga asosan soliq hisobotida jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha ajratib koʻrsatadi.
8. Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin uch oydan kechiktirmasdan toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali koʻrib chiqiladi.
9. Tadbirkorlik subyekti tomonidan kamaytirish uchun taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot berish orqali toʻlangan soliq summasi oʻzgargan taqdirda, kamaygan summaga mutanosib ravishda soliqning qaytarilgan qismi budjetga toʻlanishi shart.
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismini aniqlash hamda uni tadbirkorlik subyektining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
10. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi mezonlar inobatga olingan holda avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlanadi:
mulk yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega ekanligi;
soliq davrida oʻzida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti hamda parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) goʻshti va tuxumini realizatsiya qilishdan umumiy tushum Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning 90 foizi va undan ortiq boʻlishi;
ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga asosan tadbirkorlik subyektining hisobot oyida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan soliq summasi.
11. Avtomatlashtirilgan dastur orqali tadbirkorlik subyektining ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan koʻrsatkichlari aniqlangandan soʻng soliq organining xulosasi shakllantiriladi va tadbirkorlik subyektining murojaati asosida bir ish kuni ichida avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi Gʻaznachilikka yuboriladi.
12. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi asosida bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga toʻlangan soliqning bir qismini milliy valyutada oʻtkazib beradi.
Bunda tadbirkorlik subyektining soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Gʻaznachilik tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan toʻlangan soliqning bir qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
13. Mazkur Vaqtinchalik nizomga asosan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa cheklariga oʻzgartirilayotgan summa boʻyicha qaytarib olingan soliq summasining tegishli qismi budjetga toʻliq toʻlangandan soʻng tuzatish kiritiladi.
4-bob. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslari
14. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
mulk yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega boʻlganda;
hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar budjetga toʻliq toʻlanganda, bunda hisobot davridan oldingi oylarda ortiqcha toʻlangan soliq summasi ham inobatga olinadi;
hisobot davrida oʻzida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti hamda parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) goʻshti va tuxumini realizatsiya qilishdan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadning kamida 90 foizini tashkil qilganda;
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.
15. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 14-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi.
16. Soliq organi toʻlangan soliqning bir qismini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida xulosa berganda, bu haqida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliqning bir qismini qaytarishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
17. Tadbirkorlik subyekti soliq summasini qaytarishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlangan soliqning bir qismini asossiz qaytarib olish (yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilish, hujjatlarni soxtalashtirish) holatlari aniqlanganda, asossiz qaytarib olingan summa belgilangan tartibda penya hisoblagan holda budjetga undiriladi.
19. Elektron hisobvaraq-fakturalarda, nazorat-kassa texnikasi cheklarida yoki elektron tijorat platformalarida (marketpleys) faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlarining toʻgʻri aks ettirilishiga tadbirkorlik subyektlari masʼul va javobgar hisoblanadi.
20. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga ILOVA
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tadbirkorlik subyekti
Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismini qaytarib olish uchun mobil ilova yoki my.soliq.uz orqali murojaat qiladi.
QQS hisobotini taqdim etish muddatidan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan
2-bosqich
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish hisobot davrida tadbirkorlik subyektining shaxsiy hisobvaragʻida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan QQS summasini hisob-kitob qiladi.
Har oyning 25 sanasigacha
3-bosqich
Soliq organi
Tadbirkorlik subyektining murojaati asosida dastur orqali soliq organining toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish boʻyicha xulosasini avtomatik ravishda Gʻaznachilikka yuboradi.
Bir ish kunida
4-bosqich
Gʻaznachilik
Respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar doirasida (yetarli mablagʻlar mavjud boʻlganda) avtomatik tarzda soliq summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Bir ish kunida
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga 12-ILOVA
Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan hisobot davrida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini (keyingi oʻrinlarda — soliq) qaytarish tartibini belgilaydi.
Ushbu Vaqtinchalik nizom qoidalari aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vaqtinchalik nizom 2030-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
2. Vaqtinchalik nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avtomatlashtirilgan dastur — bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga (keyingi oʻrinlarda — budjet) toʻlangan soliqni qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
bolalar uchun moʻljallangan kontentlar — yuridik shaxslar tomonidan yaratiladigan bolalarga milliy madaniyat, sanʼat, adabiyot, tarix va maʼnaviy qadriyatlar haqida tushunchalar berishga, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish hamda sogʻlom turmush tarzi koʻnikmasini rivojlantirishga hamda milliy qadriyatlarga hurmat va ona Vatanga sadoqat hissini tarbiyalashga xizmat qilishga moʻljallangan milliy kontentlar, shuningdek, chet el kontentlarining bolalarning ongi va qalbiga taʼsir etuvchi zararli trendlar, xatarli chellenjlarga qarshi yaratiladigan kontentlar, jumladan, audiovizual va sanʼat asarlari, noshirlik va raqamli mahsulotlar;
Gʻaznachilik — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi;
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi — soliq davrida umumiy bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish boʻyicha amalga oshirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 239-moddasiga muvofiq eʼtirof etilgan aylanma;
yuridik shaxslar — bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar va Bolalar kontentini rivojlantirish markazi.
3. Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyat turi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi hamda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiya kodi) asosida soliq organlarining maʼlumotlar bazasidagi mavjud ichki va tashqi manba maʼlumotlarida taqqoslash yoʻli bilan avtomat tarzda aniqlanadi.
2-bob. Toʻlangan soliqni qaytarish tartibi
4. Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) ushbu Vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqib toʻlangan soliq summasi budjet hisobidan qaytariladi.
5. Toʻlangan soliq ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
6. Yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 80-moddasiga asosan soliq hisobotida jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha ajratib koʻrsatadi.
7. Yuridik shaxslar tomonidan kamaytirish uchun taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot berish orqali toʻlangan soliq summasi oʻzgargan taqdirda, kamaygan summaga mutanosib ravishda soliqning qaytarilgan qismi budjetga toʻlanishi shart.
3-bob. Yuridik shaxslarning tovar aylanmasi va toʻlangan soligʻini aniqlash hamda yuridik shaxslarning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
8. Yuridik shaxslarning tovar aylanmasi va toʻlangan soligʻi quyidagi mezonlarni inobatga olingan holda, avtomatlashtirilgan dastur asosida aniqlanadi:
yuridik shaxsning soliq davrida bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi (elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida) jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etishi;
ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga asosan yuridik shaxsning hisobot oyida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻliq toʻlanganligi.
9. Avtomatlashtirilgan dastur orqali yuridik shaxsning ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan koʻrsatkichlari aniqlangandan soʻng soliq organining xulosasi shakllantiriladi va yuridik shaxsning murojaati berilgandan keyin bir ish kuni ichida avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi Gʻaznachilikka yuboriladi.
10. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi asosida bir ish kuni ichida yuridik shaxsning bankdagi asosiy hisobvaragʻiga toʻlangan soliqni milliy valyutada oʻtkazib beradi.
Bunda yuridik shaxsda soliqlar, soliqqa oid huquqbuzarlik boʻyicha tayinlangan moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliq birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Gʻaznachilik yuridik shaxsning bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
11. Mazkur Vaqtinchalik nizomga asosan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa cheklariga tuzatish kiritish ushbu tuzatish kiritilayotgan summa boʻyicha qaytarib olingan soliq summasining tegishli qismi budjetga toʻliq toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
4-bob. Yuridik shaxslarga toʻlangan soliqni qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslari
12. Yuridik shaxslarga toʻlangan soliq quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar budjetga toʻliq toʻlanganda (bunda hisobot davridan oldingi oylarda ortiqcha toʻlangan soliq summasi ham inobatga olinadi);
hisobot davrida bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda.
13. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, yuridik shaxslarga toʻlangan soliqni qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi.
14. Soliq organi toʻlangan soliqni qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa berganda, bu toʻgʻrisida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetiga soliqni qaytarib berishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
15. Yuridik shaxslar soliq summasini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Yuridik shaxslar tomonidan toʻlangan soliqni asossiz qaytarib olinganligi (yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilish, hujjatlarni soxtalashtirish) holatlari aniqlanganda, asossiz qaytarib olingan summa belgilangan tartibda penya hisoblagan holda budjetga undiriladi.
17. Elektron hisobvaraq-fakturalarda, nazorat-kassa texnikasi cheklarida yoki elektron tijorat platformalarida (marketpleys) faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlarining toʻgʻri aks ettirilishiga yuridik shaxslar masʼul va javobgar hisoblanadi.
18. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga ILOVA
Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish
Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini(QQS) qaytarib olish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasi yoki Elektron soliq xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti orqali murojaat yuboradi.
QQS hisoboti taqdim etish muddatidan soʻng
2-bosqich
Avtomatlashtirilgan axborot tizim
Toʻlangan QQSni qaytarish hisobot davrida yuridik shaxsning shaxsiy hisobvaragʻida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan QQS summasi hisob-kitob qiladi.
Har oyning 25-sanasigacha
3-bosqich
Soliq organi
Elektron soliq xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti orqali murojaati asosida soliq organining toʻlangan QQSni qaytarish boʻyicha xulosasi avtomatlashtirilgan dasturdan avtomatik ravishda Gʻaznachilikka yuboradi.
Bir ish kunida
4-bosqich
Gʻaznachilik
Ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar doirasida avtomatik tarzda soliq summasini tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Bir ish kunida
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar tomonidan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari naqd pulga xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
1. Ushbu Nizom umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini naqd pulga xarid qilganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
2. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
qishloq xoʻjaligi mahsuloti — dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtiriladigan sabzavotlar, kartoshka, poliz mahsulotlari, mevalar, guruch, dukkakli ekinlar, goʻsht va sut;
sotuvchi — dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti hisoblanmagan jismoniy shaxs;
xaridor — hisobot davrida umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning kamida 90 foizini tashkil etadigan umumiy ovqatlanish korxonalari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar (keyingi oʻrinlarda — eksport qiluvchi korxonalar);
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
xarid qilish dalolatnomasi — belgilangan tartibda soliq organlari maʼlumotlar bazasida elektron shaklda shakllantiriladigan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan hamda ularning jismoniy shaxslardan sotib olinganligini tasdiqlovchi elektron hujjat.
3. Mazkur Nizom xaridorlar tomonidan xarid qilish dalolatnomasini (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda birlamchi hisob hujjatlari yuritishni istisno etmaydi.
4. Xaridorlar tomonidan sotuvchilardan naqd pulga xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilganda bir tomonlama elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish talab etilmaydi.
5. Soliq va moliyaviy hisobotlardagi koʻrsatkichlarning toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlash maqsadida soliq organlari tomonidan elektron tarzda shakllantirilgan dalolatnomalar reyestri yuritiladi.
6. Xaridorlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bevosita umumiy ovqatlanish mahsulotlarini tayyorlash, eksport qiluvchi korxonalar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida sotuvchilardan naqd pulga xarid qilganda, mazkur Nizomga ilovaga muvofiq elektron shakldagi dalolatnomani soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti yoki soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali shakllantiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
7. Dalolatnoma sotuvchi tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
8. Xaridorlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotuvchilardan naqd pulga xarid qilishda dalolatnoma mahsulot xarid qilingan kundan kechiktirmasdan rasmiylashtiradi.
9. Dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
hujjat raqami va sanasi;
umumiy ovqatlanish korxonasi hamda eksport qiluvchi korxonaning STIR va nomi;
sotuvchining shaxsiy identifikatsiya raqami (ixtiyoriy ravishda);
mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha mahsulot nomi va identifikatsiya kodi;
mahsulotning oʻlchov birligi, miqdori, narxi va qiymati.
Bunda hujjat raqami va sanasi, umumiy ovqatlanish korxonasi hamda eksport qiluvchi korxonaning barcha maʼlumotlari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotining qiymati avtomatik tarzda shakllantiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
10. Xaridorlar tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha quyidagi hollarda xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatiga uni koʻpaytirishga (kamaytirishga) qaratilgan tuzatish kiritiladi va ushbu tuzatish qoʻshimcha dalolatnoma tuzish orqali kiritiladi:
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan holatlarda qoʻshimcha dalolatnoma mazkur holatlar roʻy bergan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
11. Qoʻshimcha dalolatnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
dalolatnoma qoʻshimcha ekanligi toʻgʻrisidagi belgi;
qoʻshimcha dalolatnomaning tartib raqami va sanasi;
tuzatish kiritilayotgan dalolatnomaning tartib raqami va sanasi;
tuzatish kiritish miqdori (koʻpaytirish yoki kamaytirish);
narxlarga tuzatish kiritish (koʻpaytirish yoki kamaytirish).
12. Qoʻshimcha dalolatnomani tuzishda tuzatish kiritilayotgan dalolatnomaning tartib raqami va sanasi kiritilganda, barcha maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllanadi.
13. Xaridorlar tomonidan dalolatnomani rasmiylashtirmaslik holatlari Soliq kodeksiga muvofiq soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb eʼtirof etiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Xaridorlarning rahbarlik hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslari elektron shaklda shakllantirilgan dalolatnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javobgar hisoblanadi.
15. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII bobi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Quyidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilindi:
T/r
Mahsulot nomi va identifikatsiya kodi
(Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha)
Oʻlchov birligi
Miqdori
Narxi
Qiymati
1.
2.
3.
...
Jami:
* Ixtiyoriy ravishda toʻldiriladi.
QR-kod
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)