toggle_night_mode
Hujjat 08.11.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Soliq qoʻmitasi:
2024-yil 20-noyabrga qadar umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha avtomatlashtirilgan dastur ishlab chiqsin hamda ushbu dasturni doimiy takomillashtirib borish choralarini koʻrsin;
2024-yil 1-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratsin.
Bunda 2024-yil 1-dekabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan naqd pulga xarid qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron shaklda soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilishi soliq solish maqsadlarida kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.
3. Belgilansinki:
mazkur qarorni amalga oshirish doirasida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlar Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;
mazkur qarorga muvofiq toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadlar qismida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan qaytariladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati soliq organlarining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilingan axborot tizimi orqali Soliq qoʻmitasiga onlayn taqdim etilishini va doimiy tarzda yangilab borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Savdo-sanoat palatasi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng targʻib qilinishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-noyabr,
745-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
VAQTINCHALIK NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan hisobot davrida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (keyingi oʻrinlarda — soliq) bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Vaqtinchalik nizom qoidalari aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vaqtinchalik nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
2. Vaqtinchalik nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
avtomatlashtirilgan dastur — umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
mehmonxona — mehmonxona xizmatlarini (joylashtirish boʻyicha xizmatlarni) koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaning naqd pulsiz qismi — soliq davrida umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha aylanmaning toʻlov terminallari, kontaktsiz onlayn toʻlov tizimlari yoki banklar orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar;
tadbirkorlik subyekti — soliq organlari maʼlumotlar bazasiga muvofiq aniqlangan, soliq davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadining kamida 90 foizini tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi — soliq davrida umumiy ovqatlanish, mehmonxona, turoperatorlik xizmatlaridan birini koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilgan Soliq kodeksining 239-moddasiga muvofiq eʼtirof etilgan aylanma;
Keyingi tahrirga qarang.
turoperator — turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish uchun litsenziya asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt — umumiy ovqatlanish sohasida pazandalik, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxslar;
Gʻaznachilik — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi.
3. Toʻlangan soliqning bir qismi ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
2-bob. Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish tartibi
4. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ushbu Vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqib toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytariladi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) umumiy ovqatlanish korxonalariga ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
60 foiz va undan yuqori boʻlganda — budjetga toʻlangan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam boʻlganda — budjetga toʻlangan soliqning 20 foizi;
b) turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga toʻlangan soliqning 20 foizi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tadbirkorlik subyekti Soliq kodeksining 80-moddasiga asosan soliq hisobotida jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha ajratib koʻrsatadi.
6. Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin uch oydan kechiktirmasdan toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali koʻrib chiqiladi.
7. Tadbirkorlik subyekti tomonidan kamaytirish uchun taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot berish orqali toʻlangan soliq summasi oʻzgargan taqdirda, kamaygan summaga mutanosib ravishda soliqning qaytarilgan qismi budjetga toʻlanishi shart.
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismini aniqlash hamda tadbirkorlik subyektining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
8. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi mezonlar inobatga olingan holda, avtomatlashtirilgan dastur asosida aniqlanadi:
tadbirkorlik subyektlarining oylik jami tovar aylanmasi hajmida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarining umumiy ulushi ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiya kodi) boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, 90 foiz va undan ortiq boʻlishi;
soliq organlarida mavjud maʼlumotlar asosida umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi 60 foizgacha yoki 60 foiz va undan yuqori boʻlishi;
ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga asosan tadbirkorlik subyektining hisobot oyida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan soliq summasi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Avtomatlashtirilgan dastur orqali tadbirkorlik subyektining ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan koʻrsatkichlari aniqlangandan soʻng soliq organining xulosasi shakllantiriladi va tadbirkorlik subyektining murojaati berilgandan keyin bir ish kuni ichida avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi Gʻaznachilikka yuboriladi.
10. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi asosida bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga milliy valyutada oʻtkazib beradi.
Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Gʻaznachilik tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan toʻlangan soliqning bir qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
11. Mazkur Vaqtinchalik nizomga asosan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa cheklariga tuzatish kiritish ushbu tuzatish kiritilayotgan summa boʻyicha qaytarib olingan soliq summasining tegishli qismi budjetga toʻliq toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
4-bob. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslari
12. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi.
hisobot davrida soliq boʻyicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga toʻliq toʻlanganda;
hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam boʻlmaganda;
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.
Bunda turoperatorlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlar barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80 foizini tashkil etganda, toʻlangan soliqning bir qismi qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi.
14. Soliq organi toʻlangan soliqning bir qismini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa berganda, bu toʻgʻrisida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliqning bir qismini qaytarib berishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
15. Tadbirkorlik subyekti soliq summasini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi va “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunlari.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlangan soliqning bir qismi asossiz qaytarib olinganligi (yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilish, hujjatlarni soxtalashtirish) holatlari aniqlanganda, asossiz qaytarib olingan summa belgilangan tartibda penya hisoblagan holda budjetga undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismini qaytarib olish uchun mobil ilova yoki my.soliq.uz orqali murojaat yuboriladi.

QQS hisoboti taqdim etish muddatidan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan

2-bosqich

Avtomatlashtirilgan axborot tizim orqali

Toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish hisobot davrida tadbirkorlik subyektining shaxsiy hisobvaragʻida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan QQS summasi hisob-kitob qilinadi.

Har oyning 25-sanasigacha

3-bosqich

Soliq organi

Tadbirkorlik subyektining murojaati asosida dastur orqali soliq organining toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish boʻyicha xulosasi avtomatik ravishda Gʻaznachilikka yuboriladi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Gʻaznachilik

Respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar doirasida (yetarli mablagʻlar mavjud boʻlganda) avtomatik tarzda soliq summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.

Bir ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga
2-ILOVA
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan naqd pulga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
qishloq xoʻjaligi mahsuloti — dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtiriladigan sabzavotlar, kartoshka, poliz mahsulotlari, mevalar, guruch, dukkakli ekinlar, goʻsht va sut;
Keyingi tahrirga qarang.
sotuvchi — dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti hisoblanmagan jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
xaridor — hisobot davrida umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning kamida 90 foizini tashkil etadigan umumiy ovqatlanish korxonalari;
Keyingi tahrirga qarang.
xarid qilish dalolatnomasi — belgilangan tartibda soliq organlari maʼlumotlar bazasida elektron shaklda shakllantiriladigan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan hamda ularning jismoniy shaxslardan sotib olinganligini tasdiqlovchi elektron hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizom xaridorlar tomonidan xarid qilish dalolatnomasini (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda birlamchi hisob hujjatlari yuritishni istisno etmaydi.
4. Xaridorlar tomonidan sotuvchilardan naqd pulga xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilganda bir tomonlama elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Soliq va moliyaviy hisobotlardagi koʻrsatkichlarning toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlash maqsadida soliq organlari tomonidan elektron tarzda shakllantirilgan dalolatnomalar reyestri yuritiladi.
2-bob. Dalolatnomani rasmiylashtirish tartibi
6. Xaridorlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bevosita umumiy ovqatlanish mahsulotlarini tayyorlash maqsadida sotuvchilardan naqd pulga xarid qilganda, mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnomani soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti yoki soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali elektron shaklda shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Dalolatnoma sotuvchi tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
8. Xaridorlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotuvchilardan naqd pulga xarid qilishda dalolatnoma mahsulot xarid qilingan kundan kechiktirmasdan rasmiylashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma tasdiqlanganda, real vaqt rejimida soliq organlari maʼlumotlar bazasida matritsali shtrix-kod (QR-kod) qoʻyilgan holda shakllantiriladi.
9. Dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
hujjat raqami va sanasi;
umumiy ovqatlanish korxonasining STIR va nomi,
mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha mahsulot nomi va identifikatsiya kodi;
mahsulotning oʻlchov birligi, miqdori, narxi va qiymati.
Bunda hujjat raqami va sanasi, umumiy ovqatlanish korxonasining barcha maʼlumotlari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotining qiymati avtomatik shaklda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Dalolatnomaga tuzatish kiritish tartibi
10. Xaridorlar tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha quyidagi hollarda xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatiga uni koʻpaytirishga (kamaytirishga) qaratilgan tuzatish kiritiladi va ushbu tuzatish qoʻshimcha dalolatnoma tuzish orqali kiritiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi va (yoki) miqdori oʻzgarganda;
Keyingi tahrirga qarang.
maʼlumotlar xato kiritilganligi aniqlanganda.
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan holatlarda qoʻshimcha dalolatnoma mazkur holatlar roʻy bergan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
11. Qoʻshimcha dalolatnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
dalolatnoma qoʻshimcha ekanligi toʻgʻrisidagi belgi;
qoʻshimcha dalolatnomaning tartib raqami va sanasi;
tuzatish kiritilayotgan dalolatnomaning tartib raqami va sanasi;
tuzatish kiritish miqdori (koʻpaytirish yoki kamaytirish);
narxlarga tuzatish kiritish (koʻpaytirish yoki kamaytirish).
12. Qoʻshimcha dalolatnomani tuzishda tuzatish kiritilayotgan dalolatnomaning tartib raqami va sanasi kiritilganda, barcha maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllanadi.
13. Xaridorlar tomonidan dalolatnomani rasmiylashtirmaslik holatlari Soliq kodeksiga muvofiq soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb eʼtirof etiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Xaridorlarning rahbarlik hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslari elektron shaklda shakllantirilgan dalolatnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javobgar hisoblanadi.
15. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII bobi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Xarid qilish dalolatnomasi

_______________

 

_____________________

(hujjat raqami)

 

(rasmiylashtirilgan sana)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

STIR:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Nomi:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Quyidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilindi:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

T/r

Mahsulot nomi va identifikatsiya kodi

(Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha)

Oʻlchov birligi

Miqdori

Narxi

Qiymati

1.

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

...

 

 

 

 

 

Jami:

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

QR-kod

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Keyingi tahrirga qarang.