Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son
Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son
Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-oktabrdan boshlab tibbiyot xodimlari ish haqi miqdori 15 foizga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
1-ilovaning
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: