1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Soʻnggi yillarda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qoʻllash, saqlash, ularning noqonuniy muomalasini cheklash, jismoniy shaxslar tomonidan ulardan foydalanish hamda ularni yoʻq qilish tartiblarini belgilash zarurati mavjud.
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tibbiyot amaliyotida qoʻllash va ularning muomalasini tartibga solish, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit oʻtkazishda nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va tibbiyotda qoʻllashga ruxsat etilgan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mazkur qaror kuchga kirgunga qadar ulgurji realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziya rasmiylashtirilmasdan realizatsiya qilishga hamda giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalarni yoʻq qilish faoliyati uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslarga dalolatnoma asosida oʻtkazilishiga va yoʻq qilinishiga ruxsat etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlarida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati va ushbu moddalarni deklaratsiyalash majburiyati toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlarni joylashtirish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga qiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b. A.A. Xudayarov va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-oktabr,
632-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 632-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni olish, joʻnatish, hisobga olish, berish, tashish, saqlash, sotish, taqsimlash, yoʻq qilish, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalardan tibbiy va ilmiy tadqiqot maqsadida foydalanuvchi, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalar muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar, shuningdek, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar — notibbiy maqsadda foydalanish yoki dozalarning oshirilishi natijasida inson salomatligi va ruhiyatiga faol taʼsir koʻrsatuvchi, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatida “*”bilan belgilangan moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalari;
dori vositalari uchun aniqlangan ehtiyoj — davolash-profilaktika muassasalarining doimiy faoliyat koʻrsatadigan hayʼati tomonidan bemorlar uchun zarur boʻlgan dori vositalari yoki tibbiy jihozlarning bemorlar soni, kasallanish darajasi, davolash kurslari va boshqa mezonlarni inobatga olgan holda aniqlangan miqdori;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar — giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan, notoʻgʻri qoʻllanilishi oqibatida inson hayoti va sogʻligiga xavfli taʼsir koʻrsatadigan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik boʻlgan moddalar;
miqdoriy-buyum hisobi — tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun dori vositalarining muomalasi bilan bogʻliq jarayonlarni qayd etish uchun maxsus kitoblarda dori vositalarining miqdori va (yoki) holati oʻzgarib turadigan muomalasi bilan bogʻliq har qanday jarayonlarni koʻrsatish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
5. Tibbiy maqsadda foydalaniladigan yangi turdagi alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar davlat roʻyxatidan Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻtkaziladi.
2-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni respublikaga olib kirish yoki olib chiqish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
6. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan olib kirish va olib chiqishga ruxsat beriladi:
mamlakatda boʻlish davrida, ikki haftalik ehtiyojdan ortiq boʻlmagan miqdorda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa, xususan, bemor yashagan mamlakatdagi tibbiyot muassasasining shifokori tomonidan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiruvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarining turi, buyurilgan qabul qilish va davomiylik muddati koʻrsatilgan hujjati (shifokor xulosasi) yoki retsept nusxasi mavjud boʻlsa;
respublika hududida va uning hududidan tashqarida yashab turgan bemorni davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tasdiqlangan tibbiy koʻrsatma asosida davolash kursi doirasida davolash uchun moʻljallangan boʻlsa;
diplomatik vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan, ular bilan birga yashab turgan oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan boʻlsa;
respublika hududiga kirib kelayotgan yoki uning hududidan chiqib ketayotgan transport vositasining yoʻlovchilariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan va tibbiy dorilar qutichasi tarkibiga kiritilgan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy, madaniy, sport tadbirlari ishtirokchilarini hamda xalqaro ekspeditsiyalar ishtirokchilarini davolash uchun moʻljallangan boʻlsa.
7. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni pochta va kuryerlik joʻnatmalarida, shu jumladan, xalqaro pochta joʻnatmalaridan joʻnatish taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
8. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni ikki haftalik ehtiyojdan ortiq boʻlmagan miqdorda olib kirish va olib chiqishda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona organlariga boʻlish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan uning shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdorini koʻrsatgan holda, muayyan jismoniy shaxsga berilgan hujjat taqdim etiladi.
9. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni ikki haftalik ehtiyojdan ortiq boʻlmagan miqdorda olib chiqishga tibbiyot muassasasining davolash-maslahat komissiyasining muhri bilan tasdiqlangan xulosasi mavjud boʻlganda ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
10. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni ikki haftalik ehtiyojdan ortiq boʻlmagan miqdorda olib kirishga yashash yoki boʻlish mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, davolash kursining tavsiya etiladigan soni koʻrsatilgan hujjatlar mavjud boʻlganda ruxsat beriladi.
11. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilishi lozim.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
12. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatlar mavjudligini va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning jismoniy shaxsdagi alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning nomlariga va soniga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladilar.
13. Jismoniy shaxslarga tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatda va deklaratsiyada koʻrsatilgan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning nomi va miqdoridan ortigʻini olib oʻtish taqiqlanadi.
14. Jismoniy shaxs alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni shaxsiy foydalanish uchun olib kirish va olib chiqishda taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
3-bob. Yuridik shaxslar tomonidan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni respublikaga olib kirish yoki olib chiqish va tashish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
15. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish psixotrop moddalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibi asosida amalga oshiriladi.
16. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni respublika hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sertifikat, respublika hududidan tranzit tarzida oʻtkazishda 3-ilovada koʻrsatilgan shaklda ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
17. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tashish yuridik shaxslar tomonidan avto, temir yoʻl va havo transportida amalga oshiriladi.
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar avto, temir yoʻl va havo transportining yuk boʻlinmalarida (qoʻl yuki sifatida emas) masʼul shaxs nazorati va kuzatuvi ostida tashiladi.
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni koʻp miqdorda tashish belgilangan masʼul xodimlar nazorati va kuzatuvi hamda qoʻriqlash boʻlinmalari qoʻriqlovi ostida amalga oshiriladi. Bunda tashish jarayonini tashkil etish yuk joʻnatuvchi yoki yuk oluvchi tomonidan taʼminlanadi.
4-bob. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tayinlash va tayinlanganligini qayd etish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
18. Davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tashxis qoʻyish va davolash standartlari asosida bir martalik, kunlik va kurs dozalarini aniqlash orqali kasallikning turi, ogʻirligi va xususiyatiga hamda bemorning yoshi va dori vositalarini tibbiyotda qoʻllanishiga doir yoʻriqnomada koʻrsatilgan dorilarining oʻzaro taʼsirini hisobga olingan holda davolovchi shifokor tomonidan tayinlanadi va bemorning tibbiy hujjatlari, yaʼni kasallik tarixi, ambulator kartasida qayd etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
19. Davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokori retseptda alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning xalqaro patentlanmagan nomi, tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma koʻrsatmasi lotin tilida koʻrsatadi, shuningdek, tayinlashda alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar uchun retsept psixotrop moddalar olish uchun retsept blankasida rasmiylashtiradi.
Qoʻshimcha ravishda retseptga davolash-profilaktika muassasasi rahbari buyrugʻi bilan vakolatlangan, retsept yozgan shifokorning imzosi qoʻyiladi va davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.
20. Ambulatoriya sharoitida davolanishni davom ettirish zarur boʻlgan hollarda, davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bemorga uning tibbiy hujjatlaridan olingan koʻchirmasi asosida davolovchi shifokor tavsiya qilgan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga bir oylik ehtiyoj miqdorida retsept yozib beriladi.
21. Dorixonalardan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar retsept asosida beriladi va retsept dorixonada bir yil davomida saqlanadi.
22. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga retsept berilganda, retseptning orqa qismida dori vositasining miqdori va berilgan sanasi koʻrsatiladi, retseptning yirtma koreshogida esa ushbu dori vositalarining nomi, seriya raqamini koʻrsatgan holda dorixonaning shtampi qoʻyiladi va bu haqda dorixonada retseptlarni qayd etish kitobiga qayd qilinadi.
5-bob. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga ehtiyojni aniqlash va ularning hisobotini olib borish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
23. Respublikaning barcha xususiy va davlat davolash-profilaktika muassasalari sogʻliqni saqlash hududiy organlari orqali, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari har yili tibbiyot maqsadlarida foydalaniladigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga keyingi yilga boʻlgan ehtiyojni hisoblab chiqadilar hamda oʻz buyurtmanomalarini yigʻma ehtiyojni shakllantirish uchun hisobot yilining 1-iyuniga qadar vakolatli organga taqdim etadilar.
24. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar miqdoriy-buyum jihatdan hisobga olinadi va hisobi raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, tashkilot yoki korxona rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan, mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq dorixonalarda alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni hisobga olish kitobida (keyingi oʻrinlarda — hisobga olish kitobi) yuritiladi.
Har bir alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi modda va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarining dori shakli, dozasi uchun alohida sahifa ochiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
25. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni olish, joʻnatish, saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish psixotrop moddalarni olish, joʻnatish, saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish tartibi boʻyicha amalga oshiriladi.
26. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar davolash-profilaktika muassasalarining dorixonasidan boʻlimlarga (xonalarga) alohida talabnomalarda yozilgan va boʻlim boshligi tomonidan imzolangan holda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq beriladi. Talabnoma 2 nusxada yoziladi va ularda boʻlim yoki xonaning nomi, alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning dori shakli, oʻlchov birligi, talab qilinayotgan miqdori koʻrsatiladi.
27. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni hisobga olish kitobini yuritish va saqlashga masʼul xodim yuridik shaxs rahbari tomonidan tayinlanadi.
28. Davolash-profilaktika muassasalarining boʻlimlarida (xonalarida) va navbatchi tibbiyot xodimlarida saqlanadigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning hisobini yuritish belgilangan shakl boʻyicha raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, davolash muassasasi rahbarining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan, mazkur Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq maxsus kitoblarda qayd etib boriladi.
29. Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasidagi alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar zaxirasi uch oylik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
30. Davolash-profilaktika muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan belgilangan boʻlimlardagi (xonalardagi) alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar zaxirasi oʻn toʻrt kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
31. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar har oyning 3-sanasigacha kitobiy qoldiq bilan haqiqiy (amaldagi) qoldiqni solishtirish ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq xatlovdan oʻtkaziladi.
32. Oʻtkazilgan xatlov natijasida avvalgi xatlov roʻyxatidagi maʼlumotlarga toʻgʻri kelmagan yoki farq qilgan holatlar aniqlanganda, mazkur holat yuzasidan darhol saqlash uchun javobgar shaxs tashkilot rahbarini, u esa bu haqida uch ish kunida ichki ishlar organiga xabar berishi lozim.
33. Hisobga olish kitobi qulflanadigan temir javonda saqlanadi, javon kaliti hisobot kitobini yurituvchi va saqlovchi masʼul shaxsda turadi.
34. Toʻldirilgan hisobga olish kitobi belgilangan tartibda saqlanadi.
35. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda yuridik shaxslar oʻz faoliyati toʻgʻrisida (ishlab chiqarilgan, tayyorlangan, olib kelingan (olib ketilgan), sotilgan, foydalanilgan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar miqdori toʻgʻrisida) choraklik hisobotni hisobot davrdan keyingi oyning 25-sanasidan kechikmasdan, yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha boʻlgan muddatda mazkur Nizomga 9 — 11-ilovalarga muvofiq taqdim etadi.
Hisobotlar vakolatli organga bevosita yoki pochta aloqa vositasi orqali buyurtma xat bilan taqdim etiladi. Ushbu holatda pochta shtempelida qoʻyilgan sana hisobotni taqdim etish sanasi hisoblanadi.
Yuridik shaxslar choraklik va yillik hisobotlari nusxalarini hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalariga taqdim qilishlari lozim.
6-bob. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni yoʻq qilish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
36. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarni yoʻq qilish:
ularning yaroqlilik muddati tugaganda;
ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik taʼsirga uchraganda;
ularning alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga mansubligini aniqlashning imkoni boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.
37. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni yoʻq qilish giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yoʻq qilishga litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
38. Mazkur Nizomga 36-bandida koʻrsatilgan hollarda alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni yoʻq qilishda ichki ishlar, sogʻliqni saqlash va atrof muhitni muhofaza qilish organlari vakillaridan iborat boʻlgan komissiya tuziladi va dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda yoʻq qilinadi.
Yoʻq qilish jarayoni foto yoki videosuratga olinadi.
Yoʻq qilish dalolatnomasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
qoʻllash uchun yaroqsiz alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarini yoʻq qilish sanasi, vaqti va joyi;
qoʻllash uchun yaroqsiz alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarning nomi (seriya raqami, yaroqlilik muddati, oʻramlari soni, miqdori (ishlab chiqaruvchining nomi koʻrsatilgan holda);
moddiy javobgar shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
yoʻq qilish usuli;
komissiya aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.03.00 Dalillar va isbot qilinishi lozim boʻlgan holatlar]
39. Noqonuniy muomaladan olingan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov davrida qaysi organ tomonidan aniqlangan boʻlsa shu organing ashyoviy dalillarni saqlash xonalarida saqlanadi.
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar markazlashtirilgan holda saqlash uchun ekspertiza xulosasi olinganidan soʻng, zarurat qolmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlariga topshiriladi.
Ular bir yilda bir marotaba (alohida hollar bundan mustasno) yoqish usulida yoʻq qilinadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Ushbu Nizom talablariga muvofiq davolash maqsadida foydalaniladigan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha yuridik shaxslarning rahbarlari miqdoriy-buyum jihatdan hisobga olinishi zarur boʻlgan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tayinlash meʼyorlari uchun javob beradi.
41. Ushbu Nizomning qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi
Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni olib kirish uchun
000001-son SERTIFIKAT
1. Olib kelinayotgan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar nomi
(xalqaro patentlanmagan nomi, dori shakli, dozasi, miqdori)
Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi
Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni olib chiqish uchun
000001-son SERTIFIKAT
1. Olib chiqilayotgan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar nomi
(xalqaro patentlanmagan nomi, dori shakli, dozasi, miqdori)
Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi
Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni
Oʻzbekiston Respublikasi orqali tranzit tarzda oʻtkazish uchun
000001-son RUXSATNOMA
Ariza bergan tashkilot nomi va manzili ______________________________________________________
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning nomi, dori shakli, dozirovkasi
Oʻlchov birligi
Hisobot davri boshidagi qoldiq
Kirim
Hisobot davrida sotilgani
(berilgani)
Hisobot davri oxiridagi holatiga koʻra qoldiq
1
2
3
4
5
6
20____ y. “____” _____________
Tashkilot rahbari ______________________________
______________
____________________________(F.I.O.)
(imzo)
Ijrochining familiyasi, ismi,
otasining ismi va telefon raqami
Moddiy javobgar shaxs
___________________________________
_______________________________________________
______________
______________________(F.I.O.)
(imzo)
Izoh:
1. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni sotish (berish) boʻyicha hisobot shakli har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.
2. Oʻlchov birligi — ampulalar, flakonlar, tabletkalar, shamdorilar, kapsulalar, transdermal plastirlar.
3. Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
20____ yilda alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalardan foydalangan holda, kombinatsiyalashtirilgan dori vositalari ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi korxonalarning
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar substansiyasi nomi
Tayyor mahsulotning nomi, dori shakli, dozirovkasi
Tayyor mahsulotning oʻlchov birligi
Hisobot davri boshiga qoldiq
Hisobot davridagi substansiya kirimi
Hisobot davrida ishlab chiqarish, tayyorlash uchun foydalanilgan substansiya
Substansiyaning tabiiy kamayishi
Hisobot davrida sotilgan tayyor mahsulot
Hisobot davri oxiridagi substansiya qoldigʻi
Hisobot davri oxiridagi tayyor mahsulot qoldigʻi
substansiya
tayyor mahsulot
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
20____ y. “____” _____________
Tashkilot rahbari _______________________________
__________________
______________________________(F.I.O.)
(imzo)
Ijrochining familiyasi, ismi,
otasining ismi va telefon raqami
__________________________________
Moddiy javobgar shaxs
____________________________
(F.I.O.)
____________________________
(imzo)
Izoh:
1. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning har bir turi va dori preparatining har bir turi boʻyicha hisobot shakli alohida toʻldiriladi.
2. Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
20____ yil ___________da tibbiyot ehtiyojlarida alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot
__________________________________________
(yuridik shaxsning nomi, STIR kodi)
Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar nomi, dori shakli, dozirovkasi
Oʻlchov birligi
Har bir tur boʻyicha yillik ehtiyoj
Hisobot davri boshidagi qoldiq
Kirim
Chiqim
Hisobot davri oxiridagi holatiga koʻra qoldiq
1
2
3
4
5
6
7
20____ y. “____” ____________
Tashkilot rahbari _______________________________
_______________
______________________________(F.I.O.)
(imzo)
Ijrochining familiyasi, ismi,
otasining ismi va telefon raqami
Moddiy javobgar shaxs
__________________________________
________________________
(F.I.O.)
________________________
(imzo)
Izoh:
1. Alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalardan foydalanish boʻyicha hisobot shakllari har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.
2. Yuqori tashkiloti boʻlgan yuridik shaxslar hisobotni oʻzlarining yuqori tashkilotlari orqali taqdim etishlari mumkin, xususiy davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar hisobotlarni viloyatlar sogʻliqni saqlash boʻlimlarining Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalari orqali taqdim etadilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 632-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-sentabrdagi 818-son qarorda:
60-pozitsiyaning “Xalqaro patentlanmagan nomi” ustuni “Sibutramin, shuningdek, oʻxshash psixoaktiv taʼsirga ega boʻlgan uning strukturaviy analoglari” soʻzlaridan keyin “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
b) jadvaldan keyingi “*Chakana realizatsiya (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshiriladi” jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Ushbu moddalar alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hisoblanib, ular faqat giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali ulgurji va chakana realizatsiya qilinadi (sotiladi)”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi qoshidagi Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori oʻrinbosari, Ekspert guruhi raisi
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi Narkovaziyatni tahlil qilish va prognozlash boʻlimi boshligʻi, Ekspert guruhi raisi oʻrinbosari
Lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi Narkovaziyatni tahlil qilish va prognozlash boʻlimi bosh ilmiy xodimi
Lavozimiga koʻra
—
Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti rahbari
Lavozimiga koʻra
—
Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika sohasini tartibga solish va dori vositalari ehtiyojlarini aniqlash boʻlimi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori — psixiatriya va narkologiya xizmati boʻyicha bosh mutaxassis
Lavozimiga koʻra
—
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya ilmiy-klinik boʻlimi shifokori — toksikologiya xizmati boʻyicha konsultant
Lavozimiga koʻra
—
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi raisi
Lavozimiga koʻra
—
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmakologiya qoʻmitasi raisi
Lavozimiga koʻra
—
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi mudiri
Kelishuv boʻyicha
—
Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi
Kelishuv boʻyicha
—
Bosh prokuratura masʼul xodimi
Lavozimiga koʻra
—
Ichki ishlar vazirligi Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi
Lavozimiga koʻra
—
Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi eksperti
Kelishuv boʻyicha
—
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi masʼul xodimi
Lavozimiga koʻra
—
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi “Zaharli moddalarni kriminalistik tadqiqoti” mutaxassisligi boʻyicha bosh eksperti
Kelishuv boʻyicha
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi masʼul xodimi
Kelishuv boʻyicha
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi masʼul xodimi
Kelishuv boʻyicha
—
Savdo-sanoat palatasi masʼul xodimi
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 28-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi “m” kichik band bilan toʻldirilsin:
“m) alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilishda quyidagi talablar belgilanadi:
faoliyatni giyohvandlik vositalari va/yoki psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat uchun litsenziya asosida amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish uchun belgilangan tartib asosida sertifikat, shuningdek, respublika hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish;
alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarini saqlash uchun moʻljallangan xonalar giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga moslashtirish;
alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar va/yoki ulardan tayyorlangan dori vositalarini yoʻq qilinishi psixotrop moddalarni yoʻq qilinishi tartibi asosida amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/632/0778-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son; 11.07.2026-y., 09/26/359/0724-son)