Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
SHNQ 2.08.04-22 “Maʼmuriy binolar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 294]
1. SHNQ 2.08.04-22 “Maʼmuriy binolar” shaharsozlik normalari va qoidalari
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2004-yil 19-apreldagi 26-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.08.04-04 “Maʼmuriy binolar” qurilish meʼyorlari va
qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 14-avgustdagi 01/2-56-son
buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.08.04-24 “Maʼmuriy binolar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) respublika ijro etuvchi hokimiyat (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar), mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, koʻp kvartirali uylarni boshqarish, sud, prokuratura organlari, loyiha-konstruktorlik va ilmiy muassasalarning (maxsus laboratoriya va eksperimental ishlab-chiqarish korpuslari bundan mustasno) maʼmuriy binolarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlisi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari, konsulliklari, Davlat xavfsizligi xizmati, muayyan tartibga boʻysunuvchi obyektlar, bojxona, yopiq arxivlar, telekommunikatsiya aloqalari operatorlari maʼmuriy binolari hamda koʻchma binolarning xonalarini loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
QMQ 2.01.18-19 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari”;
SHNQ 2.09.02-19 “Ishlab chiqarish binolari”;
GOST 31173-2016 Poʻlat eshik bloklari. Texnik shartlar (rasmiy manba: Bloki dvernie stalnie. Texnicheskiye usloviya);
GOST R 57327-2016 Yongʻinga qarshi metall eshiklar. Umumiy texnik talablar va sinash usullari (rasmiy manba: Dveri metallicheskiye protivopojarnie. Obshiye texnicheskiye trebovaniya i metodi ispitaniy);
GOST R 53307-2009 Qurilish konstruksiyalari. Olovbardoshlikka sinash usullari (rasmiy manba: Konstruksii stroitelnie. Protivopojarnie dveri i vorota. Metod ispitaniy na ognestoykost).
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
maʼmuriy bino — respublika ijro etuvchi hokimiyat (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar), mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish hamda koʻp kvartirali uylarni boshqarish sud, prokuratura organlari, loyiha-konstruktorlik va ilmiy muassasalarning binolari;
tambur-shlyuz — binoni yonuvchi gazlardan, bugʻlardan, changlardan va boshqa xavfli omillardan himoya qiluvchi, uning kirish qismida, zina katagi yoki boshqa xonalarga kirishdagi ikki eshik orasidagi joy;
texnik xonalar — binoning muhandislik jihozlariga xizmat koʻrsatuvchi (elektr shchit, liftlar, issiqlik punkti, nasos xonasi) xonalar.
3. Maʼmuriy binolarning sigʻimi boshqarma va boʻlimlardagi xodimlarning shtat miqdoridan kelib chiqib aniqlanishi, bunda hisob sigʻimiga quyidagi xonalar kiritilmasligi zarur:
xizmat koʻrsatish xodimlari (oshxona va tibbiyot punkti xizmatchilari, haydovchilar);
foydalanishda faoliyat yurituvchi xodimlar (farroshlar, vaxtyorlar, koʻcha tozalovchilar, elektromontyorlar, mexaniklar).
4. Maʼmuriy binolarning sigʻimi loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq belgilanishi lozim.
5. Maʼmuriy binolarning yer uchastkalarining oʻlchami va ularning tuzilishi, binolarga kelish yoʻllari hamda avtoturargohlar
SHNQ 2.07.01-23 ga muvofiq loyihalanishi zarur.
6. Maʼmuriy binolarning qavatlari soni bosh rejaga (yoki bosh reja loyihasi) va
SHNQ 2.08.02-23 hamda QMQ 2.01.03-19 ga muvofiq belgilanishi kerak.
Bunda, maʼmuriy binolarning qavatlari soni 16 qavatdan oshmasligi lozim.
Qavatlar sonini 16 qavatdan oshirishga maxsus texnik-iqtisodiy asoslar va texnik shartlar ishlab chiqish bilan yoʻl qoʻyiladi.
7. Maʼmuriy binolar qavatlari soni va hajmiy-rejalashtirish tarkibini belgilashda
SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sharoitlar inobatga olingan holda loyihalanishi lozim.
Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun liftlar yoki maxsus koʻtargich moslamalarini loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
9. Binolarning hajmiy-rejalashtirish va muhandislik-texnikaviy yechimlariga quyidagilar kiritilishi kerak:
odamlarni qutqarish va binolardan atrofdagi hududga tez evakuatsiya qilish;
yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini yetib kelishi va yongʻin oʻchogʻiga oʻt oʻchirish moddasini yetkazib berish;
balandligi 10 qavat yoki undan ortiq boʻlgan binolarda yoʻlovchi liftlaridan biri yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini yetkazib berish uchun moʻljallangan boʻlishi.
11. Binoning yertoʻla qavatidagi xonalar va yoʻlaklar atrium bilan yongʻin vaqtida havo beriladigan tambur-shlyuz orqali bogʻlanishi lozim.
12. Loyihalash yechimlarida binolarni texnik xizmat, taʼmirlash va uskuna elementlarini almashtirish imkoniyati hisobga olinishi kerak.
Qurilish koʻtarma vositalarini (lyulkalar) mahkamlash vositalari yuqori qavatli binolar uchun loyihalash topshirigʻida belgilanishi zarur.
13. Yongʻin postlari xonalarini tabiiy yoritilishini taʼminlagan holda binoning birinchi yoki yarim yertoʻla (sokol qavati)da joylashtirish kerak.
Yongʻin postlarini hisob sigʻimi 200 xodimdan kam boʻlgan binolarda vestibyul maydonida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
14. Maʼmuriy binolarning xonalari balandligini
SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq loyihalash lozim.
Turar joy obyektlaridagi maʼmuriy binolarni SHNQ 2.08.01-19 ga muvofiq loyihalanishi kerak.
Yoʻlaklar va xollarning sof balandligi 2,4 m dan kam boʻlmasligi lozim.
evakuatsiya yoʻllarini tashkil etishni;
konferensiya, majlislar zallari va auditoriyalarning joylashishi.
16. Evakuatsiya yoʻllari va yoʻlaklarning eni
SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq boʻlishi, bunda yoʻlaklarning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kirish zonasidagi yoʻlaklar eni 1,8 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Yoʻlaklar enini 1,8 m qilib loyihalash imkoni boʻlmaganda, ularning enini 1,6 m boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Tashrif buyuruvchilar uchun kutish joylarini joylashtirish bilan vestibyullar va dam olish yoʻlaklari kamida 2,4 m kenglikda boʻlishi kerak.
17. Uzunligi 60 m dan ortiq boʻlgan yoʻlaklar 2-turdagi yongʻinga qarshi devorlar va 3-turdagi oʻzi yopiladigan yongʻinga qarshi eshiklar bilan ajratilishi kerak.
Bunda, ular bir-biridan 60 m dan ortiq boʻlmagan masofada va yoʻlaklarning boshida joylashtirilishi zarur.
Yongʻinga qarshi eshiklar GOST 31173-2016, GOST R 57327-2016 hamda GOST R 53307-2009 ga muvofiq boʻlishi lozim.
18. Yoʻlovchi liftlaridan chiqishlar, lift xollari orqali, shuningdek vestibyul yoki boshqa vazifalarga moʻljallangan xollarni, agar ularning maydoniga kirgan boʻlsa, lift xoli tomonidan loyihalash kerak.
Lift xollariga ombor uchun moʻljallangan xonadan, yonuvchi moddalar va materiallarni saqlash uchun moʻljallangan xonalardan chiqishni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi SHNQ 2.04.09-07ga muvofiq loyihalanishi lozim.
Zallardan evakuatsiya chiqish eshiklari, yoʻlaklarda va zina kataklari ustida chiqish yoʻnalishini koʻrsatuvchi chiroqli “Chiqish” koʻrsatkichlari oʻrnatilishi zarur.
Bunda, koʻrsatkichning elektr taʼminoti ishonchliligining 1-toifasi boʻyicha bajarilishi lozim.
20. Umumiy yoʻlaklarga olib boradigan zina kataklarning eshiklari, lift xollari va tambur-shlyuzlarning eshiklari oʻz-oʻzidan yopiladigan moslamalar va zichlagichlarga ega boʻlishi, bunda eshiklarni kalitsiz ochishga toʻsqinlik qiluvchi qulflar oʻrnatilmasligi kerak.
Maʼmuriy binolarning issiqlik himoyasi, xonalarning ichki iqlim parametrlari, tabiiy va sunʼiy yoritilishi, quyosh nuridan himoyasi, isitilishi, ventilyatsiyasi va konditsiyalashtirilishi
SHNQ 2.01.04-18,
SHNQ 2.04.05-22 va QMQ 2.01.18-19 ga muvofiq boʻlishi kerak.
21. Xonalarning tabiiy va sunʼiy yoritilishi, quyosh nuridan himoyasi SHNQ 2.05.08-19 ga muvofiq boʻlishi lozim.
22. Maʼmuriy bino xonalarini yarim yertoʻla (sokol qavati) va yertoʻla qavatlarida joylashtirish
SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq boʻlishi kerak.
Yertoʻla qavatlarida joylashtiriladigan quyidagi xonalarni
SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq tabiiy yoritishsiz loyihalashga yoʻl qoʻyiladi:
vestibyullarni (bevosita tashqariga chiqish mavjud boʻlganda);
konferens-zallar, garderob xonalari, sanitar tugunlarini,
jismoniy sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari uchun xonalarni;
ovqatlanish xonalari, bufetlar, oshxonalarni;
maket tayyorlovchi ustaxonalar, uskunalarni taʼmirlash, texnologik sharoitlari boʻyicha ayrim laboratoriya xonalari va omborxonalar (yonuvchi suyuqliklar va yengil alanga oluvchi modda saqlanuvchilardan tashqari);
Tabiiy yoritishsiz loyihalashtirilgan xonalarni ikkinchi yorugʻlik bilan yoritishga yoʻl qoʻyiladi.
Havoni konditsiyalashtirish tizimi bilan jihozlangan xonalar derazalarini, yorugʻlik oʻtkazuvchi qoplamali ichki hovli tomoniga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Ikki tomonga, ichki hovli va koʻchaga qaratilgan derazalarga ega boʻlgan va koʻcha tomondan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari avtonarvon va avtokoʻtargichlar yordamida chiqishi mumkin boʻlgan xonalarda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
24. Maʼmuriy binolarni loyihalashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
nazorat qilish punktlari va kirish texnika nazorati vositalari qoʻllanilishini;
portlashdan himoya toʻsiq konstruksiyalari va maxsus toʻsiqlarni;
derazadagi himoya vositalarini;
maxsus xonalarning texnik jihozlarini binolarning chordoq va yertoʻlalarida qoʻllanilishini.
25. Maxsus xonalarda saqlanadigan axborot va qimmatbaho buyumlarni maxsus toʻsuvchi konstruksiyalar va eshiklar loyihalashtirish topshirigʻida belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
26. Yertoʻla, yarim yertoʻla (sokol qavati) va birinchi qavat xonalari derazalari hamda boshqa qavatlar derazalariga ularga birlashtirib (taqab) qurilgan binodan kirishda panjaralar oʻrnatilishi lozim.
Bunda, yongʻin paytida odamlarni toʻsiqsiz evakuatsiya qilinishi taʼminlanishi kerak.
27. Bino hajmiy-rejalashtirish yechimini tanlash va bino fasadlarini tashqi oynavandlashni tanlash QMQ 2.01.18-19ga muvofiq boʻlishi lozim.
28. Bino fasadlarini oynavandlash vaqtida piyodalar ustiga oyna tushib ketishidan (soyabonlar, toʻsiqlar va boshqalar yordamida) himoyalangan boʻlishi lozim.
29. Odamlarni favqulodda holatlarda 12 h gacha vaqtinchalik saqlanishi uchun yertoʻla xonalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
30. Vestibyul va navbatchilar (qorovullar) xonasidan yertoʻlaga kirish, hududga kirish va chiqishni nazorat qilish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi lozim.
31. Bino hududini toʻsiqlar bilan oʻrash zaruriyati (toʻsiq turi, uning balandligi) loyihalashtirish topshirigʻi boʻyicha oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
32. Bino atrofida aylanib oʻtish yoʻllari boʻlishi, hududlarni koʻkalamzorlashtirish loyihalashtirish topshirigʻiga koʻra belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
33. Maʼmuriy binolarni loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va foydalanishda material va energetik resurslarni iqtisod qilish choralari boʻlishi lozim.
Maʼmuriy binolarni ochiq ofislar “Open space” tamoyili asosida loyihalash kerak.
Bunda, ochiq ofislarning tashqi derazalari hamda ularning ochilish joylari 3 h dan kam boʻlmagan olovbardoshlikda loyihalanishi kerak.
Maʼmuriy binolar joylashgan hudud va uning oʻzida ijaraga beriladigan boʻsh maydonlarga alohida kommunikatsiya tizimlari va kirish-chiqish yoʻllari inobatga olinishi kerak.
Loyiha-konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot muassasalarining maʼmuriy binolari xonalarining tarkibi va maydoni mazkur SHNQning
1-ilovasiga muvofiq olinishi kerak.
34. Maʼmuriy binolarning xonalari quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:
a) 1-guruh — ishchi, axborot va ilmiy-texnikaviy vazifasiga oid:
tarkibiy boʻlinmalar ishchi xonalari (ishchi xonalar yoki ishchi zallar), kafedralar, laboratoriyalar, rahbar xonalari va qabulxonalar);
majlislar zallari, konferens-zallar;
kutubxonalar, arxivlar, loyiha xonalari.
b) 2-guruh — yordamchi vazifalarga oid:
sanitar-maishiy xonalar (hojatxonalar, yuvinish xonalari, shaxsiy gigiyena xonalari, dushxonalar);
xizmat koʻrsatish xonalari (tibbiyot punkti va sogʻlomlashtirish xonalari, oshxona, bufet);
vestibyul — kirish xonalari (vestibyul, garderob, ruxsatnomalar byurosi, yongʻin posti, qorovul xonalari);
binoning xoʻjalik xizmati xonalari (omborlar va taʼmirlash ustaxonalari);
binoning texnik uskunalari xonalari (ventkameralar, elektroshchitlar).
Maxsus laboratoriya va eksperimental ishlab-chiqarishga moʻljallangan ishlab-chiqarish xonalari SHNQ 2.09.02-19 talablarini hisobga olgan holda loyihalashtirilishi kerak.
35. Xonalarning tarkibi va ularning maydoni, xonalarning funksional oʻzaro aloqalari ushbu SHNQga muvofiq loyihalash topshirigʻi boʻyicha oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
36. Respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari (vazirliklar, qoʻmitalar agentliklar va inspeksiyalar) xonalarining oʻlchami va tarkibi quyidagi 1-jadvalga muvofiq loyihalanishi kerak.
| | 2-jadval |
T/r | Lavozim nomlari | Maydoni (m2)* |
1. | Rahbar | 20 — 30 |
2. | Rahbar oʻrinbosari | 10 — 20 |
3. | Departament boshligʻi | 8 — 12 |
4. | Departament oʻrinbosari | 8 — 10 |
5. | Boshqarma boshligʻi | 8 — 10 |
6. | Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari | 6 — 8 |
7. | Boʻlim boshligʻi | 6 — 8 |
8. | Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari | 6 — 8 |
9. | Boshqaruv xodimlari | 6 |
10. | Texnik xodimlar* | 4 |
11. | Konferens-zal | 150 |
12. | Konferens-zallarning yordamchi xonalari | 12 — 30 |
13. | Texnik (ilmiy) kengash majlislar zali | 60 |
14. | Kasaba (jamoat) uyushmalari xonasi | 18 — 30 |
15. | Arxivlar | 10 — 70** |
16. | Server xonasi | 15 |
17. | Bufet-oshxona, pazandalik doʻkoni | 30 — 350** |
18. | Sanitar tugunlar | 12 — 80** |
19. | Xizmat koʻrsatish xodimlarining xonasi | 8 — 15 |
20. | Omborlar | 6 — 30** |
37. Rahbarlar xonalaridagi qabulxonalar 1 xonaga 12 m2, ikki xonaga 18 m2 dan kam boʻlmasligi, bunda ular 36 m2 dan koʻp boʻlmasligi kerak.
38. Respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar) huzuridagi tashkilotlarning xonalari oʻlchami va tarkibi quyidagi 2-jadvalga muvofiq loyihalanishi zarur.
| | 1-jadval |
T/r | Lavozim nomlari | Maydoni (m2)** |
1. | Rahbar | 30 — 35 |
2. | Rahbar oʻrinbosari va unga tenglashtirilgan lavozimlar (maslahatchi) | 15 — 25 |
3. | Departament boshligʻi | 10 — 15 |
4. | Departament oʻrinbosari | 10 — 12 |
5. | Boshqarma boshligʻi | 10 — 12 |
6. | Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari | 8 — 10 |
7. | Boʻlim boshligʻi | 8 — 10 |
8. | Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari | 8 — 10 |
9. | Boshqaruv xodimlari | 6 |
10. | Texnik xodimlar* | 4 |
11. | Konferens-zal (estrada zallari bilan) | 150 — 200*** |
12. | Konferens-zallarning yordamchi xonalari | 24 — 30 |
13. | Kichik kengash zali | 60 |
14. | Kasaba (jamoat) uyushmalari xonasi | 20 — 30 |
15. | Arxivlar | 12 — 30 |
16. | Kutubxona | 25 — 30 |
17. | Server xonasi (ATS bilan birgalikda) | 15 |
18. | Oshxona (bufet) | 30 — 350*** |
19. | Sanitar tugunlar | 12 — 80*** |
20. | Xizmat koʻrsatish xodimlarining xonasi | 8 — 15 |
21. | Omborxonalar | 6 — 30 |
39. Respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar) huzuridagi tashkilotlarning boʻysunuvidagi hududiy boʻlinmalarning xonalari oʻlchami va tarkibi quyidagi 3-jadvalga muvofiq loyihalanishi kerak.
| | 3-jadval |
T/r | Lavozim nomlari | Maydoni (m2)* |
1. | Rahbar | 10 — 20 |
2. | Rahbar oʻrinbosari | 10 — 15 |
3. | Boʻlim (shuʼba) boshligʻi | 6 — 8 |
4. | Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari | 6 — 8 |
5. | Boshqaruv xodimlari | 6 |
6. | Texnik xodimlar* | 4 |
7. | Konferens-zal | 36 — 80** |
8. | Kanselyariya-qabulxona | 12 — 18 |
9. | Arxiv | 6 — 18 |
10. | Vestibyul | 18 — 70** |
11. | Bufet (yordamchi xonalar bilan) | 30 — 120** |
12. | Sanitar tugunlar | 6 — 30** |
13. | Ombor | 4 — 12 |
40. Respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari (vazirliklar, qoʻmitalar agentliklar va inspeksiyalar) huzuridagi tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlinmalari xonalari oʻlchami va tarkibi quyidagi 4-jadvalga muvofiq loyihalanishi kerak.
| | 4-jadval |
T/r | Lavozim nomlari | Maydoni (m2)* |
1. | Rahbar | 10 — 15 |
2. | Rahbar oʻrinbosari | 6 — 8 |
3. | Boʻlim (shuʼba) boshligʻi | 6 — 8 |
4. | Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari | 6 |
5. | Boshqaruv va texnik xodimlar* | 4 |
6. | Kanselyariya-qabulxona | 4 — 6** |
7. | Arxiv | 4 — 6** |
8. | Sanitar tugunlar | 6 — 8** |
41. Mahalliy davlat hokimiyati organlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari) xonalarining oʻlchami va tarkibi mazkur SHNQning 5-jadvaliga muvofiq loyihalanishi kerak.
Ushbu SHNQning
42-bandida keltirilgan maʼmuriy binolarning birinchi hamda yuqori qavatlari, tom qismida umumiy ovqatlanish, savdo va servis obyektlarini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarida deputatlar xonasi 12 — 18 m2 qilib loyihalanishi, bunda 150 — 200 xodimli binolarda kasaba uyushmasi va jamoat tashkilotlari xonalarining maydoni 16 — 18 m2, 200 — 300 xodimlar faoliyat yuritadigan binolarda 24 — 30 m2 boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
42. Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining qabulxonalarida hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga tashrif buyuruvchilarni kutish maydoni bir keluvchiga 1,5 — 2 m2 hisobida belgilanishi kerak.
Eni 2,4 m dan kam boʻlmagan yoʻlaklarda kutish oʻrnini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Tashrif buyuruvchilarning taxminiy soni binoning vazifasi, oʻxshashligiga koʻra aniqlanadi.
| | 5-jadval |
T/r | Lavozim nomlari | Maydoni (m2)** |
1. | Hokim | 30 — 35 |
2. | Hokimning birinchi oʻrinbosari | 15 — 25 |
3. | Hokim oʻrinbosari va unga tenglashtirilgan lavozimlar | 10 — 15 |
4. | Boshqaruv xodimlari | 6 |
5. | Texnik xodimlar* | 4 |
6. | Konferens-zal (estrada bilan) | 80 — 280 |
7. | Konferens-zalda yordamchi xonalar (videoproyeksiya, tovush apparati, inventar, prezidium xonasi) | 12 — 24 |
8. | Kengash zali | 60 — 80 |
9. | Keluvchilarni qabul qilish va ular bilan muzokaralar olib borish xonasi | 20 — 40 |
10. | Keluvchilarni kutish xoll-xonasi | 30 — 50 |
11. | Jamoat tashkilotlari xonasi | 18 — 30 |
12. | Arxiv | 18 |
13. | Kutubxona maʼnaviy-maʼrifiy xona | 24 — 40 |
14. | Bufet-oshxona | 30 — 250 |
15. | Sanitar tugunlar | 12 — 60 |
16. | Xizmat koʻrsatish xodimlarining xonasi | 8 |
17. | Omborlar | 10 — 14 |
18. | Yigʻishtirish inventarlari xonasi | 6 |
43. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xonalarining tarkibi va maydoni mazkur SHNQning
2-ilovasiga muvofiq loyihalanishi lozim.
44. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birga quyidagilarni bitta maʼmuriy binoda joylashtirib loyihalashga yoʻl qoʻyiladi:
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarini.
45. Shahar va tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarining xonalari oʻlchami va tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
xodimlarni ishchi xonalari va tantanali roʻyxatga olish xonalari bilan 20 — 24 m2;
mehmonxona-xolli hamda zal bilan 30 — 36 m2.
46. Koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar va uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xonalarining tarkibi va maydoni mazkur SHNQning
3-ilovasiga muvofiq loyihalanishi lozim.
47. Sud binolaridagi sud kengashi zallarining soni loyihalashtirish topshirigʻi boʻyicha sudyalar soniga muvofiq loyihalanishi kerak.
48. Sud majlislari zallarining soni va maydoni quyidagi 6-jadvalga muvofiq belgilanishi kerak.
| | | | | | 6-jadval |
Sud majlis zallari | Maydoni, m2 | Zaldagi oʻrinlar soni (jamoat uchun) | Zallar soni sudyalar soniga koʻra, kishi |
2 | 3 | 5-6 | 7-8 |
Maʼmuriy, fuqarolik, iqtisodiy ishni koʻrish uchun | 40 | 20 | - | 1 | 1 | 1 |
60 | 40 | 1 | 1 | 1 | 1 |
Jinoiy ishlarni koʻrish uchun | 40 — 50 | 20 — 30 | - | - | - | 1 |
80 | 40 — 50 | - | - | 1 | 1 |
100 — 110 | 60 — 80 | 1 | 1 | 1 | 1 |
49. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining majlislari zallarining soni va maydoni quyidagi 7-jadvalga muvofiq belgilanishi kerak.
| | | 7-jadval |
Sud majlislar zali | Maydoni m2 | Oʻrinlar soni (jamoat uchun) |
Jinoyat ishlarini koʻrish | 150 | 150 — 180 |
Ishlarni birinchi instansiya boʻyicha koʻrish | 30 — 40 80 | 15 — 20 50 — 60 |
Ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrish | 30 80 | 20 60 |
50. Sudyalar ishlaydigan xonaning maydonini ushbu SHNQning 8-jadvalida keltirilgan kattaliklarni hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.
| | | | | 8-jadval |
Xonaning nomi | Maydon m2, sudyalar soniga koʻra, kishi |
Tuman (shahar) sudlarida | Oliy sudlarda, viloyat sudlarida |
5 gacha | 5 — 7 | 8 va undan ortiq | 30 gacha | 30 dan ortiq |
Sud raisining xonasi | 20 — 24 | 24 — 30 | 30 — 36 | 36 — 48 | 48 — 60 |
Raisning dam olish xonasi | - | - | - | 18 | 18 |
Sud raisining qabulxonasi | 18 | 18 — 24 | 24 — 30 | 30 | 30 |
Rais yordamchisining xonasi | 12 — 18 | 12 — 18 | 12 — 18 | 15 — 18 | 15 — 18 |
Sudyaning xonasi | 18 | 18 — 20 | 18 — 24 | 18 — 24 | 18 — 24 |
Sudya yordamchisining xonasi | 12 | 12 | 12 | 15 | 15 — 18 |
Sudyaning qabul xonasi | 18 | 18 — 20 | 18 — 20 | - | - |
51. Sudya yordamchilarining xonalari tarkibi va maydoni, buxgalteriya, kadrlar boʻlimi, huquqiy axborot, sud statistikasi, moddiy-texnik taʼminot, ishlarni boshqarish va sud jarayoni ishlari, sudlanuvchi va konvoy xonalari, bino soqchilari uchun shtat xodimlari sonidan kelib chiqib, loyihalash topshirigʻiga muvofiq belgilanishi kerak.
52. Sud binolarida ashyoviy dalillarni vaqtinchalik saqlash uchun 6 — 8 m2 maydonli xona boʻlishi kerak.
53. Devonxona va keluvchilarni qabul qilish xonalarining maydoni 14 — 18 m2 boʻlishi kerak.
Tashrif buyuruvchilar kutish joyini eni 2,4 m kam boʻlmagan xoll va yoʻlaklarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
54. Prokuratura binosi xonalarining tarkibi loyihalashtirish topshirigʻi hamda ularning aholi soniga bogʻliq holda oʻlchamlari ushbu SHNQning
4-ilovasiga muvofiq olinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bosh prokuraturaning maʼmuriy binosining xonalari oʻlchami loyihalash topshirigʻiga muvofiq belgilanishi lozim.
Prokuratura rahbarlarining xonalari maydoni quyidagicha olinishi kerak:
viloyat prokurorining xonasi — 36 — 40 m2;
shahar prokurori, viloyat prokurori oʻrinbosarining xonasi — 24 m2;
tuman prokurorining xonasi — 18 — 20 m2;
prokuror yordamchisi yoki tergovchisining xonasi — 12 — 15 m2.
Prokuratura binosidagi kengashlar zalining oʻlchami shahar prokuratura binolari uchun 50 m2 va viloyat prokuratura binolari uchun 60 m2 kattalikda qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
55. Prokuratura binolarida maydoni 36 m2 kam boʻlmagan kriminalistika laboratoriyasi va xonalari hamda ashyoviy dalillarni vaqtinchalik saqlash xonalari 6 — 8 m2 boʻlishi lozim.
Prokuratura arxivlari maydoni tumanda 8 m2, shaharda 12 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Prokuratura faoliyatini taʼminlash va qoʻriqlash uchun xonalar loyihalashtirish topshirigʻi boʻyicha qabul qilinadi.
56. Har xil maqsaddagi maʼmuriy binolardagi ishchi xonalar va tarkibiy boʻlinmalar (boʻlimlar) bir nafar xodim uchun kompyuter yoki maxsus chizma stoli bilan jihozlangan ish joyiga 6 m2 hisobidan belgilanishi lozim.
57. Oddiy ish stollaridan foydalanilganda bir ishchi joyining maydoni
SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq 4 m
2 boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
58. Ishchi zallarini joylashtirilgan va koʻchma seksiyali uskunalar bilan ishchi joylarini ajratib loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
59. Xonalar chuqurligi (eni) tabiiy yoritish va shamollatish talablarini hisobga olib aniqlanishi kerak.
60. Katta oʻlchamli maxsus uskunali ishchi joylarning maydoni loyihalashtirish topshirigʻi boʻyicha belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
61. Maʼmuriy bino tarkibida joylashgan laboratoriyalar uchun xonalar maydonlari joylashtiriladigan uskunalarga koʻra bir ishchi joyga 6 — 12 m2 hisobi bilan belgilanishi kerak.
62. Ishchi xonalarda, xizmat hujjatlari uchun oʻrnatilgan shkaflar bitta xodim uchun 0,1 m2 hisobidan olinishi lozim.
63. Hayʼat, boshqaruv, kengash uchun majlislar zallarining maydonlari, zal stollar bilan jihozlanganda bir oʻrin uchun 2 m2 hisobida va zal qator oʻrindiqlar bilan jihozlanganda esa bir oʻrin uchun 0,8 — 1,0 m2 hisobida belgilanishi lozim.
64. Sigʻimi 250 xodim va undan ortiq maʼmuriy binolar uchun konferensiya zallari, estradali tomosha zallari va prezidium xonalari loyihalashtirish topshirigʻi bilan belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Konferensiya zallari hamda estradali tomosha zallarini loyihalashtirish
SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
65. Ilmiy-tekshirish institutlarining binosidagi konferensiya zallari, ilmiy kengashning majlis zallari sigʻimi, doktorantlar mashgʻulotlari uchun auditoriya va lingafon xonalarining soni va sigʻimi loyihalashtirish topshirigʻi boʻyicha oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
66. Arxiv xonasining maydoni saqlanadigan hujjatlarining hajmiga koʻra 1 ming dona saqlash birligi uchun 2,5 m2 hisobidan boʻlishi kerak.
Bunda, maʼmuriy binolarning sigʻimiga koʻra arxiv maydoni quyidagicha loyihalanishiga yoʻl qoʻyiladi:
50 — 100 xodimga moʻljallangan binolar uchun 10 — 1 m2;
100 dan ortiq 200 gacha xodimga moʻljallangan binolar 15 — 18 m2;
200 dan ortiq 400 gacha xodimga moʻljallangan binolar 20 — 25 m2.
Arxiv xonasida xodimlar uchun 5-6 m2 ish oʻrni va tashrif buyuruvchilarga esa 3 m2 joylar inobatga olinishi kerak.
67. Ilmiy tekshirish institutlari binolarida ilmiy-texnik axborot boʻlimlari va ilmiy arxiv xonalarining maydoni bir shtatdagi xodimga 0,2 m2 hisobidan qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Loyihalash tashkilotlaridagi loyiha xonalari va texnik arxivlar maydoni loyiha topshirigʻiga asosan belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
68. Kutubxonalar maydoni binoning hisob boʻyicha sigʻimi, saqlanadigan adabiyotlar fondi sigʻimi va oʻquv zalining oʻrin joylari hisobidan loyiha topshirigʻi boʻyicha oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
69. Kutubxonalarni rejalashtirish yechimlari SHNQ 2.08.02-24ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
70. Bir yilda 30 mingdan ortiq hujjat almashinadigan tashkilotlarda 12 m2 dan kam boʻlmagan ekspeditsiya xonasi boʻlishi lozim.
Tashrif buyuruvchilar bilan suhbatlashish va jamoat tashkilotlari uchun xonalarning maydoni 15 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Bir vaqtning oʻzida 3 — 5 nafar tashrif buyuruvchilarni qabul qilish uchun xonalar maydoni 16 — 18 m2, 7 — 10 tashrif buyuruvchiga esa 25 — 30 m2 inobatga olib loyihalanishi kerak.
71. Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish xizmati va muqovalab tikish ishlari xonalari loyihalash topshirigʻi boʻyicha har biri 14 m2 dan kam boʻlmagan holda qabul qilinishi kerak.
72. Ofset usulida bosmadan foydalanadigan boshqarma binolarida quyidagilar hisobga olinishi lozim:
muharrirlik bezatish boʻlimi xonalari — ikkita xona 12 m2 dan;
bosma qoliplarini tayyorlovchi va yasovchi xonalar — ikkita xona 12 m2 dan;
bosma bosish boʻlimi xonasi — 18 m2.
73. Vestibyul maydoni (garderobsiz) bitta xodim uchun 0,17 m2 dan, biroq 15 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Xodimlar soni 220 dan kam boʻlmagan binolarda yongʻin postlarini vestibyulda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
74. Vestibyullardagi garderoblar bir garderob oʻrni 0,08 m2 boʻlishi, bunda ular konferens-zallar va sud kengashida qatnashuvchilar ham hisobga olinishi kerak.
75. Oshxonalarning sigʻimi 200 xodimdan ortiq kishiga hisoblanib, xizmatchilarning 20 — 30 foiz uchun moʻljallanishi kerak.
Xodimlar soni 200 dan kam boʻlgan binolarda bufet loyihalanishi lozim.
76. Xodimlar soni 50 kishidan kam boʻlgan binolarda suv isitkich va yuvish asboblari bilan jihozlangan xonalar hamda ovqat isteʼmol qilish xonalarini moʻljallashga yoʻl qoʻyiladi.
77. Xodimlar soni 300 kishidan ortiq boʻlganda tibbiyot xizmatining xonasi boʻlishi, bunda ularning tarkibi loyihalashtirish topshirigʻi boʻyicha belgilanishi kerak.
Tibbiyot xizmatining maydoni 12 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
Tibbiyot xizmatining issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
78. Sanitar uzellarni odamlarni doimo turadigan eng uzoq joydan 75 m dan koʻp boʻlmagan masofada joylashtirish kerak.
Sanitar-texnik jihozlarining soni quyidagi hisob boʻyicha qabul qilinishi lozim:
50 nafar erkakka bitta unitaz va bitta pissuar;
25 — 30 nafar ayolga bitta unitaz;
ayollar sanitar tugunida shaxsiy gigiyena kabinasi 70 nafar ayolga bitta xona (biroq bittasiga 15 — 20 ayoldan kam boʻlmasligi).
79. Har bir tambur-shlyuzidagi sanitar tugunlarda hojatxonadagi 3-4 unitaz (pissuar) hisobidan, biroq bittadan kam boʻlmagan qoʻl yuvgich joylanishi lozim.
Tambur-shlyuzlarda yoʻlak va xollar tomonidan oʻzi yopiluvchi eshiklar boʻlishi kerak.
Oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun
SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq jihozlangan sanitar tugunlar loyihalanishi lozim.
80. Konferensiya zallar va sud kengashi zallaridagi sanitar tugunlar zalning sigʻimiga koʻra
SHNQ 2.07.02-22 ga asosan belgilanishi kerak.
81. Xodimlar soni 15 kishigacha boʻlgan binolarda bitta unitaz va bitta qoʻl yuvgich boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
82. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish zallarida erkak va ayollar sanitar tugunlari boʻlishi lozim.
83. Sud binolarining har bir maslahatlashish xonalarida va hibsga olinganlar xonalari uchun bitta sanitar tugun hisobga olinishi lozim.
84. Xizmat koʻrsatish xodimlariga xonalar ishlovchilar soni smenasiga 50 kishigacha boʻlganda bir kishiga 0,75 m2 hisobidan qabul qilinadi va 0,2 m2 har bir ortiqcha kishi uchun, biroq 8 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
85. Texnik (foydalanishda) xodimlar shtat roʻyxati hisobining kamida 4 — 6 foizni tashkil etadi.
Qorovul va navbatchi xodimlar xonalari 8 m2 maydondan kam boʻlmasligi lozim.
86. Taʼmirlash ustaxonalari, uskunalar, materiallar uchun omborlar maydoni, omborxonalar texnologik talab boʻyicha loyihalashtirish topshirigʻida hisobga olinishiga yoʻl qoʻyiladi.
87. Hojat inventarlari omborlari har bir qavatda maydoni 3 m2 dan kam boʻlmagan holda koʻzda tutilishi va qoʻl yuvish uskunasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
88. Yordamchi xonalar guruhi tarkibida simobli lampalar (utilga joʻnatguncha) vaqtinchalik saqlash omborlari koʻrsatilishi lozim.
89. Maʼmuriy binoda 300 va undan ortiq xodim boʻlganida maydoni 6 m2 dan kam boʻlmagan qogʻoz chiqindilarini yigʻish xonasi koʻzda tutilishi lozim.
90. Texnik xonalarning tarkibi va maydoni loyihalash topshirigʻiga binoan belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi.
91. Bino energotejamkorligi va energiya samaradorligi quyidagicha taʼminlashi lozim:
toʻsuvchi konstruksiyalarda issiqlik oʻtkazishga keltirilgan qarshilik, havo oʻtkazuvchanlik va issiqlikka chidamlilik koʻrsatkichlari
SHNQ 2.01.04-18 da belgilangandan past boʻlmasligi;
muhandislik tizimlari va isitish, shamollatish, havoni konditsyalashtirish hamda issiq suv taʼminoti uskunalari energiya tejamkor, shuningdek avtomatik va qoʻlda sozlashga ega boʻlishi hamda
SHNQ 2.04.05-22,
SHNQ 2.04.16-23 ga muvofiq.
92. Bino optimal texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga erishish va isitish hamda konditsiyalashtirishga energiya solishtirma xarajatini kamaytirish maqsadida quyidagilarni qoʻllash lozim:
bino hajmining birligiga tashqi toʻsuvchi konstruksiyalarning eng kichik maydoniga ega boʻlgan eng ixcham hajmiy-rejalashtirish yechimi;
bino va uning xonalarini sovuq shamol va quyosh radiatsiyasi oqimlari asosan janubiy yetakchi yoʻnalishlarini hisobga olgan holda yoʻnaltirilganligi;
mos nomenklatura qatoriga tegishli yuqori FIK (foydali ishlash koeffitsiyenti)ga ega samarali injenerlik uskunasi;
chiqayotgan havo issiqligi va koʻlmak suvlarni utillashtirish, tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish (quyosh, shamol).
93. Yangi qurilayotgan binolarni loyihalashtirishda ularning energotejamkorligi va seysmik xavfsizligini kompleks taʼminlash maqsadida toʻsuvchi konstruksiyalar materiallarini tanlashni ular xususiy massalarini sezilarli kamaytirishni taʼminlash, qishki sharoitlarda issiqlik himoyasi va yozgi qizib ketishdan, issiqlik turgʻunligi yuqori koʻrsatkichlarini jamlashtirishni hisobga olgan holda QMQ 2.01.03-19 hamda
SHNQ 2.01.04-18 ga muvofiq amalga oshirish lozim.
94. Odamlardan va orgtexnika yuqori issiqlik chiqishiga ega xonalarni binolarning shimoliy fasadlari tomonida joylashtirish lozim.
95. Foydalanishda eng issiq va nam xonalar ichki devorlar yonida joylashtirishda tashqi toʻsuvchi konstruksiyalarga ega boʻlmasligi kerak.
96. Hajmiy-rejalashtirish yechimlarni ishlab chiqishda derazalarning maydoni 40 m2 gacha boʻlgan burchakdagi xonalarni ikki tashqi tomoniga joylashtirmaslik lozim.
97. Ikki tomoni ochiq yoʻllar (yoʻlaklar) ustida joylashgan hajmlar (bloklar), asosiy hajmdan chiquvchi hajmlar yoki bloklar, burchakda joylashgan ikki tashqi devorli xonalar, mansarda qavatlaridagi xonalar samarali issiqlik himoyasini taʼminlashi lozim.
98. Isitilmaydigan verandalar, lodjiyalar, birlashtirib (taqab) qurilgan binolarni isitiladigan xonalardan tashqi eshikli tashqi devorlar bilan ajratish lozim.
99. Isitilmaydigan xona isitiladigan xona ustida yoki ostida joylashgan boʻlsa ajratuvchi ora yopmalar
SHNQ 2.01.04-18 ga muvofiq isitilgan boʻlishi lozim.
100. Binolarni optimal oynavandlash maydoni yoʻnaltirilganlik va oynalash konstruksiyalari orqali yoʻl qoʻyilgan issiqlik yoʻqotilishini hisobga olib, tabiiy yoritish taʼminlagan holda koʻzda tutilishi lozim.
101. Oynalashning minimal yetarli maydoni binoning shimoliy fasadlarida taʼminlanishi lozim.
Yorugʻlik oʻrinlarining maydoni umuman loyihalashtirish topshirigʻida belgilanadi va tashqi devorlar umumiy maydonining 25 foiz oraligʻida qabul qilish kerak.
102. Shaffof toʻsiqlar maydonini oshirishga binolarning janubiy fasadlarida quyoshdan himoya qiluvchi qurilmalardan foydalangan holda yoʻl qoʻyiladi.
Gʻarbiy fasadlarning oynavandliligi 40 foizdan oshmasligi lozim.
103. Bino yuqori shovqinli fonga ega tumanda joylashgan boʻlsa shovqin va issiqlikdan himoyalash xossalari boʻyicha belgilanganga qaraganda yuqori issiqlik uzatilish qarshiligiga ega samarali deraza konstruksiyalaridan ikki yoki uch qavatli steklopaketlar, samarali fasad shaffof toʻsiqlaridan (havo qatlamli, nur akslantiruvchi qoplama bilan) foydalanish lozim.
104. Sovuq havo bostirib kirishidan himoya qilish uchun tashqi eshiklarga prujinali berkituvchilar oʻrnatilishi lozim.
105. Tashrif buyuruvchilarning katta oqimi boʻlgan binolarda avtomatik ochilib-yopiluvchi eshiklar yoki avtomatlashtirilmagan toʻrt tabaqali aylanma eshiklar boʻlishi lozim.
106. Kirishlar yengil konstruksiyalardagi, shu qatorda shaffof isitilmaydigan tamburlar bilan jihozlash kerak.
107. Binolarda suvni tejab sarflashni taʼminlash maqsadida, vodoprovod kranlari va richagli yoki bosimli ishlaydigan aralashtirgichlar hamda ikki rejimli unitazlarni oʻrnatish lozim.
108. Binolar va inshootlarda maksimal energetik samaradorlikka erishish uchun quyosh energiyasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
109. Quyosh energiyasidan foydalanish tabiiy yoritilganlikni oshirish va xonalar insolyatsiyasi, yilning issiq davrida tabiiy shamollatishni yaxshilash bilan birga qoʻllanishi kerak.
110. Xoʻjalik-maishiy zaruriyat uchun qoʻshimcha quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Issiq suv tayyorlash uchun quyosh qurilmalarini loyihalashtirish
SHNQ 2.04.16-23 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
111. Qoʻshimcha elektr taʼminotni yetkazib berish uchun
SHNQ 2.04.15-23 talablariga mos fotoelektrik stansiyalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
112. Yangi maʼmuriy binolarni loyihalashtirish va qurishda quyidagi talablar inobatga olinishi lozim:
atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi taʼminlangan boʻlishi;
hududdagi daraxt va butalar hamda yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik;
hosil boʻladigan chiqindilarning oʻz vaqtida bartaraf etish;
changlar tarqalishini kamaytirish uchun namlatib turish tizimlaridan foydalanish;
quriladigan bino va inshootlari uning obyektlarning oʻz hamda tutash hududlarida “yashil bogʻ” va “yashil belbogʻ”lar barpo etish.
SHNQ 2.08.04-24 “Maʼmuriy binolar” shaharsozlik normalari va
qoidalariga 1-ILOVA
Loyiha-konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot muassasalarining maʼmuriy binolari xonalarining tarkibi va maydoni
T/r | Maydonlar nomi | Xona maydoni, m2, bino sigʻimi boʻyicha, shtat xodimlarining soni |
50 | 100 | 200 | 300 | 400 |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
1. | Asosiy ishchi xonalar (xonalar, qabulxonalar, ishchi xonalar bilan birgalikda) | 350 | 700 | 1300 — 1400 | 2000 — 2100 | 2700 — 2800 |
2. | Konferens-zal | - | - | - | 150 | 200 |
3. | Konferens zalning yordamchi xonalar | - | - | - | 12 — 20 | 20 — 30 |
4. | Kuluar-koʻrgazma zali | - | - | - | 40 — 50 | 60 |
5. | Texnik (ilmiy) kengash majlislar zali | 40 | 50 | 60 — 80 | 60 | 60 |
6. | Kasaba uyushmasi (jamoat) tashkilotlari xonasi | - | - | 18 | 18 — 20 | 24 — 30 |
7. | Hujjat arxivlari | 10 — 15 | 15 — 30 | 30 — 50 | 30 — 50 | 30 — 70 |
8. | Ilmiy-texnik kutubxona | - | 25 — 35 | 36 — 50 | 50 — 100 | 60 — 120 |
9. | Nusxa koʻchirish xizmati va muqovalash xonasi | 15 | 20 | 30 — 40 | 30 — 40 | 30 — 50 |
10. | Faks xonasi | - | 9 | 12 | 12 | 12 |
11. | Server xonasi | - | 15 | 15 | 15 | 15 |
12. | ATS | - | - | - | - | 12 — 15 |
13. | Garderobli vestibyul | 20 | 30 | 60 | 90 | 120 |
14. | Bufet-oshxona, pazandalik doʻkoni | - | 30 | 200 | 300 | 350 |
15. | Sanitar tugunlar | 12 | 20 | 40 | 60 | 80 |
16. | Xizmat koʻrsatish xodimlarining xonasi | 8 | 8 | 8 | 12 | 12 — 15 |
17. | Taʼmirlash ustaxonalari | - | 15 — 20 | 30 | 36 | 36 |
18. | Omborlar | 6 | 8 — 12 | 20 | 25 | 30 |
19. | Qogʻoz chiqindilarini yigʻish va joylash xonalari | - | - | 6 | 6 | 9 |
20. | Yigʻishtirish inventarlari xonasi | 3 | 5 | 6 | 6 | 6 — 9 |
SHNQ 2.08.04-24 “Maʼmuriy binolar” shaharsozlik normalari va
qoidalariga 2-ILOVA
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xonalarining namunaviy tarkibi va maydoni
T/r | Xonalar nomi | Maydon, m2, mahalla aholisining hisob soni boʻyicha |
3 ming kishidan kam | 3-5 ming kishi | 5 ming kishidan ortiq |
1. | Rahbar xonasi (oqsoqol, rais) | 14 | 16 | 18 |
2. | Masʼul kotib xonasi | 12 | 14 | 14 |
3. | Xotin-qizlar kengashining xonasi | - | 14 | 14 |
4. | Pedagog tarbiyachi xonasi | 12 | 14 | 14 |
5. | Madaniyat va maʼrifat xonasi (kutubxona oʻqish xonasi) | - | 20 | 30 |
6. | Toʻgarak xonasi | - | - | 30 |
7. | Universal zal (majlis, ommaviy tadbirlar) | 60 | 80 | 110 |
8. | Inventar ombori | 8 | 10 | 12 |
9. | Sanitar tugunlar yigʻishtirish inventarlari bilan | 4 | 8 | 10 |
SHNQ 2.08.04-24 “Maʼmuriy binolar” shaharsozlik normalari va
qoidalariga 3-ILOVA
Koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlardagi xonalarining tarkibi va maydoni
T/r | Xonalar nomi | Xonalar maydoni, m2, uy-joy fondiga xizmat koʻrsatganda, ming m2, umumiy maydon / aholi. ming. |
600 dan ortiq 35 — 40 | 400 25 — 30 | 200 12 — 15 | 100 6 — 8 |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
Boshqarish xonalari |
1. | Rahbar xonasi | 20 | 20 | 20 | 14 |
2. | Oʻrinbosar xonasi | 14 | 14 | 12 | 12 |
3. | Qabulxona — devonxona | 12 | 12 | 12 | 12 |
4. | Kadrlar boʻlimi | 12 | 10 | - | - |
5. | Reja ishlab chiqarish boʻlimi (iqtisodchilar, muhandislar) | 20 | 18 | 18 | - |
6. | Hisobxona va kassa | 25 | 20 | 16 | 16 |
7. | Taʼminlash boʻlimi | 12 | 12 | 9 | 9 |
8. | Arxiv | 12 | 12 | 10 | 8 |
9. | Texnika xavfsizligi va mehnatni tashkil etish xonasi | 20 | 18 | 15 | 12 |
Uy-joy foydalanish uchastkasi xonalari |
10. | Boshliq xonasi | 12 | 12 | 12 | 12 |
11. | Muhandis va texniklar xonalari | 12+12 | 10+10 | 9+9 | 10 |
12. | Hisobxona | 16 | 16 | 14 | 14 |
| Jami: | 52 | 48 | 44 | 36 |
Dispetcherlik punkti |
13. | Operator (pult) xonasi | 16 | 16 | 14 | - |
14. | Apparat xona | 14 | 14 | 12 | - |
15. | TP nazoratchisining xonasi (uskunalar mavjud boʻlsa) | 12 | 10 | 10 | - |
16. | Katta dispetcher xonasi | 12 | 12 | 12 | - |
17. | Ustalar xonasi | 15 | 12 | 10 | - |
18. | Omborlar | 30 | 30 | 30 | - |
19. | Garderob xodimlari xonalari | 20 | 20 | 18 | - |
20. | Dushli sanitar tugunlar | 12 | 10 | 10 | - |
Xonalarni taʼmirlash boʻyicha yordam xizmati hududi |
21. | Buyurtmalarni qabul qilish xonasi | 16 | 16 | 16 | - |
22. | Inventar ombori | 18 | 12 | 8 | - |
T/r | Xonalar nomi | Maydon, m2, uy-joy fondi hisobi boʻyicha (ming m2) yoki aholiga xizmat koʻrsatish (ming aholi) |
30 — 50 ming m2 2,0 — 3,0 ming aholi | 60 — 90 ming m2 3,0 dan yuqori 5,0 gacha ming aholi |
1. | Rahbar xonasi | 12 | 14 |
2. | Hisobxona kassa bilan | 14 | 20 –––– 14+6 |
3. | Iqtisodchi xonasi | 9 | 12 |
4. | Navbatchi texnik xonasi | 12 | 14 |
5. | Inventar ombori | 10 | 10 |
SHNQ 2.08.04-24 “Maʼmuriy binolar” shaharsozlik normalari va
qoidalariga4-ILOVA
Prokuratura binolari xonalarining tarkibi va maydoni
T/r | Maydonlar nomi | Xonalar maydoni, m2, aholi hisobi soni, ming kishi |
20 — 30 | 35 — 45 | 50 — 70 | 75 — 100 |
1. | Prokurorning xonasi | 18 | 20 | 20 | 20 |
2. | Qabulxona-kotibiyat | 16 | 18 | 18 | 18 |
3. | Prokuror yordamchilarining xonalari | 14 | 14 | 30 (2x15) | 45 (3x15) |
4. | Tergovchilarning xonalari | 15 | 30 (2x15) | 45 (3x15) | 60 (4x15) |
5. | Kengashish zali | 50 | 50 | 60 | 60 |
6. | Devonxona | 14 | 16 | 18 | 18 |
7. | Fotolaboratoriya | 10 | 10 | 12 | 14 |
8. | Arxiv | 9 | 9 | 9 | 12 |
9. | Ashyoviy dalillar ombori | 6 | 6 | 12 | 12 |
Umumiy xonalar |
1. | Vestibyul va xollar — foye | 60 | 80 | 100 | 100 |
2. | Garderob | 10 | 12 | 18 | 20 |
3. | Navbatchi qoʻriqchilar xonasi | 10 | 10 | 10 | 10 |
4. | Omborlar | 6 | 8 | 10 | 12 |
5. | Sanitar tugunlar | 16 | 18 | 20 | 24 |