1. SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 311-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.16-18 “Quyoshli issiq suv taʼminoti qurilmalari” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-fevral,
01/6-1-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-yanvar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-yanvar
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-yanvar
Energetika vaziri J. MIRZAMAXMUDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 01/6-1-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) quyosh suv isitish qurilmalarini loyihalashtirishga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQ talablari issiqlik punktlarini, shuningdek issiq suv taʼminoti tizimlari, korxonalar, binolar va inshootlarni texnologik ehtiyojlari hamda davolash profilaktika muassasalari binolarida va boshqa binolarda davolash tadbirlari uchun moʻljallangan texnik shartlarga muvofiq sanoatda ishlab chiqarilgan, komplektli maishiy quyoshli issiq suv taʼminoti qurilmalarini loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Normativ-huquqiy hujjat, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi normativ-huquqiy hujjat, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 16-martdagi 226-son qarori;
GOST 21.1101 — 2013 “Qurilish uchun loyiha hujjatlari tizimi. Loyiha va ishchi hujjatlarga qoʻyiladigan asosiy talablar” (rasmiy manba: Sistema proyektnoy dokumentatsii dlya stroitelstva. Osnovnie trebovaniya k proyektnoy i rabochey dokumentatsii).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
faol element — quyosh tizimining elementi boʻlib, u oʻzining maxsus shakli va geometrik parametrlari tufayli suyuqlik oqimining gidrodinamik koʻrsatkichlariga faol taʼsir koʻrsatadi hamda turli xil ijobiy energiya effektlariga erishishni taʼminlaydigan element;
dublyor — quyosh suv isitish qurilmalaridan olingan suvni isitish uchun moʻljallangan anʼanaviy issiqlik manbai;
oʻrnini bosish koeffitsiyenti — quyosh energiyasi bilan taʼminlangan issiqlik yuklamaning ulushi;
oʻz-oʻzini drenaj qiladigan qurilma — sirkulyatsiya nasosi toʻxtatilganda, issiqlik tashuvchisini muzlashdan himoyalash uchun avtomatik ravishda uni drenaj bakiga toʻkib, nasos ishga tushganidan keyin issiqlik tashuvchisi bilan qayta toʻldiriladigan qurilma;
stagnatsiya — issiqlik tashuvchisini sirkulyatsiyasi toʻxtagandagi tizimning ishlash rejimi;
suvning harorat stratifikatsiyasi — haroratga qarab suv zichligini oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan vertikal haroratning oʻzgarishi;
issiqlik qabul qilish konturi — bevosita quyosh energiyasi bilan issiqlik tashuvchisining qizdirishni amalga oshiradigan kontur.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Turarjoy, jamoat, ishlab chiqarish, yordamchi binolar va xonalarning quyosh suv isitish qurilmalarini ishonchli ishlashini taʼminlash uchun loyihalarda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
nasoslarni optimal tartibda ishlashini taʼminlash uchun ularni rostlash va sozlash ishlarini bajarish ketma-ketligi;
tanlangan avtomatlashtirish asboblarni mos ravishda sozlash ishlari;
qurilmalarning texnik foydalanish tadbirlari haqidagi koʻrsatmalar.
4. Quyosh suv isitish qurilmalaridan foydalanishning texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlash uslubi ushbu SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
5. Quyosh suv isitish qurilmalarining elektr moslamalari “Elektr uskunalarini tuzilishi qoidalari” (20-15-143/14-son, 2006-yil 18-iyul) talablariga javob berishi kerak.
6. Quyosh suv isitish qurilmalarining gaz moslamalari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari” talablariga javob berishi lozim.
7. Binolarning tomlarida joylashgan quyosh suv isitish qurilmalarida evakuatsiya yoʻllarining soni va joylashishi SHNQ 2.01.02-04da belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
8. Quyosh suv isitish qurilmalarini loyihalash mazkur SHNQ hamda QMQ 2.04.01-98 ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
4-bob. Quyosh suv isitish qurilmalarining asosiy jihozlari
9. Quyosh suv isitish qurilmalari uchun bir yoki ikki qavat oynali yassi oqib oʻtuvchi quyosh suv isitish qurilmalarini, shuningdek ikki qavat oynali quvursimon vakuumli suvga bevosita issiqlik uzatiladigan U-simon quvurlar yoki issiqlik quvurlari bilan jihozlangan quyosh suv isitish qurilmalarini qoʻllash lozim.
Konsentratsiyalaydigan quyoshli yoki oynasiz yassi quyosh suv isitish qurilmalarini, shuningdek plastikli quyosh suv isitish qurilmalarini qoʻllanilishi texnik-iqtisodiy asoslangandagina yoʻl qoʻyiladi.
10. Quyosh suv isitish qurilmalaridan foydalanishda binolarning issiq suv taʼminoti va isitish tizimlarida ishlatiladigan suv nasoslarini qoʻllash lozim.
11. Quyosh suv isitish qurilmalarida antifrizlardan foydalanilganda hoʻl rotorli yoki zichligi jihatidan oʻxshash boʻlgan boshqa nasoslardan foydalanish kerak.
Elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar paytidagi sirkulyatsiya nasoslarining stagnatsiya rejimidagi favqulodda toʻxtash vaqtida qurilmaning qizib ketishini oldini olish uchun ikki konturli antifrizga ega boʻlgan tizimlarda oʻz-oʻzini drenaj qiladigan qurilmalardan foydalanish lozim.
12. Bir va ikki konturli quyosh suv isitish qurilmalarida oʻz-oʻzini drenaj qiladigan qurilmalardan foydalanilganda, issiqlik tashuvchisining sirkulyatsiyaga sarflanadigan elektr energiyasini tejash hamda nasoslarni toʻxtash va ishga tushurish vaqtida gidravlik zarbalarni oldini olish maqsadida torayuvchan moslamalar koʻrinishga ega boʻlgan faol elementlarni qoʻllash lozim.
13. Faol elementlar issiqlik qabul qilish konturida drenaj bakining ulanish joylarida quyosh suv isitish qurilmalaridan suvni toʻkilishini taʼminlash uchun pastroqda oʻrnatilishi, bunda uning toraygan kesimi drenaj baki bilan ulanishi hamda faol elementning oʻzi esa sirkulyatsiya nasosining soʻrish quvurchasida oʻrnatilishi lozim.
Torayish moslamasi shaklidagi oʻzini-oʻzi boshqaruvchi faol elementning geometrik va gidrodinamik koʻrsatkichlarini hisoblash usuli mazkur SHNQning 2-ilovasida keltirilgan.
14. Oʻz-oʻzini drenaj qiladigan quyosh suv isitish qurilmalarining issiqlik qabul qilish konturida antifriz (suv yoki moy) bilan toʻldirgandan soʻng elektr energiyasini tejashda issiqlik tashuvchisini aylantirish uchun chastota regulyatsiyasi bilan ishlaydigan sirkulyatsiya nasoslaridan foydalanish lozim.
15. Turarjoy binolarida sirkulyatsiya nasoslari oʻrnatilganda kam shovqinli hoʻl rotorli nasoslar ishlatilishi yoki QMQ 2.01.08-19da keltirilgan shovqin va tebranishni kamaytirish choralari koʻrilishi lozim.
16. Quyosh suv isitish qurilmalarini bir konturdan boshqasiga tezkor issiqlik uzatilishi va plastinkali issiqlik almashtirgichlari yoki issiqlik almashtirgichli bak akkumulyatorlar bilan amalga oshirilishi kerak.
Issiqlik almashtirgichlarning sirtlarini hisoblashda harorat bosimining oʻrtacha logarifmik qiymati 5 °S dan oshmagan holda olinishi lozim.
17. Quyosh suv isitish qurilmalarining ishlash samaradorligini, qurilmaning foydalanishga tayyorligini va tizimning issiqlik (toʻplash) akkumulyatsiyasini oshirish uchun quyosh suv isitish qurilmalarida suvning vertikal va gorizontal harorat oʻzgarishi sodir boʻladigan issiqlik akkumulyatorlaridan foydalanish zarur.
Akkumulyatorlarda suvning oʻzgarmas harorat stratifikatsiyasini taʼminlash uchun uning haroratiga qarab, tegishli harorat qatlamlariga selektiv taqsimlash va ulardan suvni olish uchun moʻljallangan teshikli (perforatsiyali) quvur shaklidagi oʻz-oʻzini boshqaruvchi faol elementlarni qoʻllash lozim.
18. 20 m2 gacha boʻlgan quyosh suv isitish qurilmalarida issiqlik akkumulyatorlariga suvni selektiv taqsimlash va olish uchun moʻljallangan perforatsiyali quvurlar bilan jihozlangan boylerlardan foydalanish kerak.
19. 20 m2 dan ortiq boʻlgan quyosh suv isitish qurilmalari issiqlik akkumulyatorlariga suvni selektiv taqsimlash va olish uchun moʻljallangan perforatsiyali quvurlarning geometrik va gidrodinamik koʻrsatkichlarini hisoblash yoʻli bilan aniqlash lozim.
20. Suvli issiqlik akkumulyatorlarining harorat qatlamlariga mos ravishda suvning haroratiga koʻra taqsimlash va olish uchun perforatsiyali quvur shaklidagi oʻzini-oʻzi boshqaruvchi faol elementning geometrik va gidrodinamik koʻrsatkichlarini hisoblash usuli mazkur SHNQning 3-ilovasida keltirilgan.
21. Ishlash samaradorligini va ishonchliligini oshirish maqsadida quyosh suv isitish qurilmalari suvining isitish haroratini boshqarish uchun avtomatlashtirilgan faol elementlardan foydalanilishi va ushbu qurilmalarning yechimlari, sxemalari loyihada nazarda tutilishi kerak.
22. Nasos sirkulyatsiyali quyosh suv isitish qurilmalarida isitish jarayonini boshqarish va holatini nazorat qilish uchun harorat datchikli elektron kontrollerlardan foydalanish zarur.
Quyosh suv isitish qurilmalarining energiya samaradorligini aniqlash usuli ushbu SHNQning 4-ilovasida keltirilgan.
5-bob. Quyosh suv isitish qurilmalarini konstruksiyalash
23. Quyosh suv isitish qurilmalarining turini tanlash binoning turi va vazifasiga koʻra iqtisodiy asoslantirgan holda bajarilishi zarur.
24. Quyosh suv isitish qurilmalarining asosiy sxemalari va ularni har xil turdagi suvli issiqlik akkumulyatorlari hamda suvni isitish uchun dublyor qurilmalar yordamida amalga oshirishga oid boʻlgan misollar mazkur SHNQning 5-ilovasida keltirilgan.
25. Quyosh suv isitish qurilmalarining sxemasini tanlashda bino va inshootning turi uning vazifasiga koʻra, shuningdek quyosh suv isitish qurilmalarining turiga, qurilmani ishlatish mavsumiga muvofiq boʻlishi, bunda quyosh suv isitish qurilmalarining qishda muzlashdan va yozgi mavsumda stagnatsiya rejimida qizib ketishidan himoya qilish usuliga qarab amalga oshirish lozim.
26. Tabiiy sirkulyatsiyali va toʻgʻri oqimli bir konturli sxemalarni, mavsumiy quyosh suv isitish qurilmalarining mustaqil (avtonom) qurilmalarida qoʻllash kerak.
27. Nasos sirkulyatsiyali bir konturli oʻzini-oʻzi drenaj qiladigan sxemani, umumiy maydoni 30 m2 dan oshadigan, issiqlik qabul qiluvchi konturi va yassi quyosh suv isitish qurilmalarini muzlashdan va qizib ketishdan himoya qilish uchun yuqori quvvatli toʻliq yil mobaynida ishlaydigan quyosh suv isitish qurilmalarida qoʻllash lozim.
28. Nasos sirkulyatsiyali ikki va uch konturli oʻzini-oʻzi drenaj qiladigan sxemalarni, yassi va quvursimon vakuumli quyosh suv isitish qurilmalari bilan jihozlangan, issiqlik qabul qilish konturida stagnatsiya holatida yoz mavsumida qizib ketishidan himoya qilish uchun muzlamaydigan suyuqlik (antifriz) ishlatiladigan, yil davomida foydalaniladigan quyosh suv isitish qurilmalarida qoʻllash lozim.
29. Mavsumiy qurilmalarda, geliokonturda issiqlik tashuvchisining tabiiy yoki nasos yordamida sirkulyatsiyalash bilan bir konturli sxemalarni qoʻllash kerak.
30. Tabiiy sirkulyatsiyali, alohida bak-akkumulyatorli bir moduldagi maydoni 30 m2 gacha boʻlgan quyosh suv isitish qurilmalarini qoʻllash lozim.
31. Tabiiy sirkulyatsiyali maydoni 30 m2 dan ortiq boʻlgan quyosh suv isitish qurilmalari bir geometrik sathda joylashgan, sovuq suv uzatiladigan va issiq suv olinadigan quvuroʻtkazgichlari bilan parallel bogʻlangan alohida bak-akkumulyatorlarga ega boʻlgan mustaqil modullarga boʻlish lozim.
32. Ikki konturli qurilmaning issiqlikni qabul qilish konturida issiqlik tashuvchisi sifatida deaeratsiyalangan suv yoki zaharli boʻlmagan va yonmaydigan antifrizdan yoki moylardan foydalanish kerak.
Dietilenglikol asosidagi antifrizlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu holatda ikkita bogʻliq boʻlmagan issiqlik almashtirgichli bak-akkumulyatorlar yoki uch konturli qurilma ishlatilishi lozim.
33. Quyosh suv isitish qurilmalari qoʻshimcha (dublyor) issiqlik manbalari (qozonxona, elektr qozoni va boshqalar) bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi kerak.
34. Yozgi dushlarda joʻmraklardagi bosim kamida 1,5 m olinishi, bunda har bir joʻmrak mustaqil ravishda issiq va sovuq suv yetkazib berishi kerak.
35. Quyosh suv isitish qurilmalarining fazoviy joylashtirilishini qurilish maydonining imkoniyatlarini, landshaft va iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlash lozim.
36. Binolarning tomida joylashtiriladigan quyosh suv isitish qurilmalari tayanchlarga oʻrnatilishi kerak.
37. Tomdan quyosh suv isitish qurilmalarining tagigacha boʻlgan masofa tomni taʼmirlashga imkoniyat berishi lozim.
38. Quyosh suv isitish qurilmalari optimal joylashishi janub hisoblanib, sharqqa 20° gacha, janubiy gʻarbga 30° gacha ogʻishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yil davomida ishlaydigan qurilmalar uchun quyosh suv isitish qurilmalarining gorizontga nisbatan qiyalik burchagi mahalliy kenglikka teng qilib olinishi, bunda yoz mavsumida mahalliy kengligidan 15° ayirib tashlab, isitish davrida esa mahalliy kengligiga 15° qoʻshib qabul qilish lozim.
39. Choʻkuvchi gruntlarda quyoshli issiq suv taʼminoti qurilmalarini loyihalashtirishda suv chiqarishda va qurilma suv qoʻyib yuborgan holda bino va inshootlar ostidagi gruntda suv toʻplanishini va tashlama suvlarini irrigatsiya yoki boshqa usullarda chiqarish choralari koʻrilishi lozim.
40. Bak-akkumulyatorlar, issiqlik almashtirgichlar va quvuroʻtkazgichlarda issiqlik izolyatsiyasini nazarda tutish lozim.
Quvuroʻtkazgichlar va uskunalarni issiqlik izolyatsiyasining termik qarshiligi issiqlik yoʻqolishining 5 foizdan oshmasligi kerak.
41. Gelio qabul qiluvchi konturining suvini toʻkish va toʻldirish uchun moslamalardan (toʻkish joʻmraklari va vodoprovod suvini uzatish uchun ventillar) foydalanish lozim.
42. Quyosh suv isitish qurilmalarida havoni chiqarish uchun klapan boʻlishi kerak.
43. Tabiiy sirkulyatsiyali qurilmalarda quyidagilardan foydalanish kerak:
suv uzatuvchi quvuroʻtkazgichlarni, vodoprovod suvini bak-akkumulyatorning pastki qismiga ulashda;
quyosh suv isitish qurilmalaridan isigan suvni olib ketuvchi va uni issiq suv taʼminoti tizimiga uzatuvchi quvuroʻtkazgichlarni bak-akkumulyatorning yuqori qismiga ulashda;
bak-akkumulyatori bilan ulash uchun oʻtish diametri 20 mm dan kam boʻlmagan quvurlardan.
44. Quyosh suv isitish qurilmalarining magistral quvuroʻtkazgichlari yotqizilganda, issiqlik tashuvchisi tabiiy aylanishli qurilmalar uchun 0,01 dan, issiqlik tashuvchisi nasosli sirkulyatsiyali qurilmalar uchun esa 0,002 dan kam boʻlmagan qiyalikda boʻlishi zarur.
45. Quyosh suv isitish qurilmalarini ulovchi quvurlarning qalinligi butun uzunligi boʻyicha 5 — 10 mm qabul qilish lozim.
46. Quyosh suv isitish qurilmalarini joylashtirishda qatorlar yoki qurilmaning bloklari orasida gorizontal boʻyicha masofani yil davomida ishlatiladigan qurilmalar uchun qator yoki quyosh suv isitish qurilmalari blokining 1,7 m balandligiga teng, yozda ishlatiladigan qurilmalar uchun esa qator balandligini 1,2 m ga teng qilib olish kerak.
47. Quyosh suv isitish qurilmalarini loyihalashtirish jarayonida ularning guruhidan (bu guruhlar parallel ulanganda) issiqlik almashtirgichlar, bak-akkumulyatorni kirish va chiqish joyida issiqlik tashuvchisi haroratini oʻlchash hamda issiqlik qabul qilish nuqtasida manometr oʻrnatish lozim.
48. Quyosh suv isitish qurilmalaridan chiqayotgan issiq suvning doimiy haroratini taʼminlash uchun issiqlik tashuvchisining sirkulyatsiyasi nasos yordamida boʻlgan qurilmalardan hamda avtomatik sozlagichlardan, tabiiy boʻlgan qurilmalarda esa oʻzini-oʻzi boshqaradigan elementlardan foydalanish kerak.
49. Issiqlik qabul qilish konturida issiqlik tashuvchisini doimiy sarfi bilan ishlaydigan quyosh suv isitish qurilmalarini sirkulyatsiyali nasoslar bilan boshqarish uchun differensial termosozlagichlarni qoʻllash lozim.
Bunda, bitta datchik issiqlik tashuvchisi yoʻnalishi boʻyicha oxirgi quyosh suv isitish qurilmalari plastinasi pastki yuzasiga oʻrnatilishi, ikkinchisi esa bak-akkumulyatorda sovuq suvni kirish quvurchasi sathida tezkorlik issiqlik almashtirgichda esa undan issiq suv chiqish quvurchasida oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
50. Quyosh suv isitish qurilmalari samarali ishlashi uchun ularni guruhlarga aralash (ketma-ket parallel va parallel ketma-ket) sxema boʻyicha ulanishi taʼminlanishi kerak.
Quyosh suv isitish qurilmalarida issiqlik tashuvchisining harakatini pastdan yuqoriga deb qabul qilish lozim.
Katta maydonli quyosh suv isitish qurilmalarining alohida seksiyalari nosoz holga kelganda, butun qurilmani toʻxtatmasdan ularni oʻchirish imkoniyati koʻzda tutilishi lozim.
51. Maydoni 30 m2 dan katta boʻlgan nasos yordamida sirkulyatsiya qilinadigan quyosh suv isitish qurilmalarining issiqlik qabul qilish konturida zaxira nasos oʻrnatilishi kerak.
52. Quyosh suv isitish qurilmalarining loyihalarida balandligi 0.9 m dan kam boʻlmagan hamda tagiga 0,1 m dan kam boʻlmagan yaxlit qoplamaga ega boʻlgan zina panjaralari bilan jihozlangan narvonlar va doimiy maydonchalar nazarda tutilishi, bunda oʻtish maydonchalari va narvonlar ikkiyoqlama toʻsiq (perila)larga ega boʻlishi zarur.
53. Silliq maydonchalar va zinapoyalardan foydalanmaslik lozim.
Narvonlarning eni kamida 0,6 m, pogʻonalar orasidagi balandligi koʻpi bilan 0,2 m, zinapoyalarning eni esa kamida 0,08 m boʻlishi kerak.
Balandligi 1,5 m dan katta boʻlgan narvonlar gorizontalga nisbatan 50° qiyalikda oʻrnatilishi lozim.
54. Quyosh suv isitish qurilmalari, armaturalari, oʻlchov nazorat asboblari va boshqa jihozlarga xizmat qilish uchun erkin oʻtish yoʻlaklarining eni 0,8 m dan kam boʻlmasligi zarur.
Yer yuzi, yopmalar yoki ishchi toʻshamalardan 5 m gacha balandlikda boʻlgan quyosh suv isitish qurilmalariga xizmat koʻrsatishda SHNQ 3.01.02-23 talablariga muvofiq tirkab qoʻyiladigan narvonlar va koʻchma vishkalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
55. Quyosh suv isitish qurilmalari loyihalarda keltirilgan koʻrsatmalarga asosan montaj qilinishi kerak.
6-bob. Quyosh suv isitish qurilmalarining hisobi
56. Quyosh suv isitish qurilmalarini hisoblashda qurilmaning turiga (mustaqil, yoki dublyor), yil davomida ishlash davriga (mavsumiy yoki yil davomida), issiqlik tashuvchisining issiqlik qabul qilish konturida sirkulyatsiya usuliga (tabiiy yoki nasosli) hamda ularni muzlashdan va stagnatsiya holatida qizib ketishdan himoya qilish usuliga qarab amalga oshirish lozim.
57. Issiq suv taʼminotida mavsumiy qurilmalarni hisoblash jadvallar va nomogrammalardan foydalangan holda soddalashtirilgan usulda bajarilishi, shuningdek yil davomida ishlaydigan qurilmalarni hisoblash mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Yakuniy hisob-kitoblarda quyosh suv isitish qurilmalari va issiqlik akkumulyatorining haqiqiy koʻrsatkichlari hisobga olinishi kerak.
58. Quyosh suv isitish qurilmalarining yuzasi 30 m2 dan ortiq boʻlgan yuqori quvvatli qurilmalarni qoʻllash hisob-kitoblar va modellar yordamida asoslangan holda amalga oshirilishi lozim.
59. Dublyor manbali qurilmalarning hamma turlari ish davrida quyosh radiatsiyasi yigʻindisi eng koʻp boʻlgan oy koʻrsatkichlari boʻyicha hamda dublyor manbasi mavjud boʻlmagan tizimlar esa eng kam boʻlgan oy koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblanish lozim.
60. Mavsumiy dublyorsiz qurilmaning quyosh suv isitish qurilmalarini nur yutuvchi yuzasining maydoni A, m2, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda (1)
bu yerda:
Vi.s. — issiq suvning oʻrtacha sutkalik sarfi, l/d, isteʼmolchilarning issiq suv sarfining meʼyori boʻyicha QMQ 2.04.01-98 ga muvofiq qabul qilinadi;
qi.s. — qurilmaning issiq suv boʻyicha oʻrtacha mavsumiy sutkalik solishtirma unumdorligi, l/(m2 d);
ηT — quvuroʻtkazgichlarning issiqlik yoʻqotishini hisobga oluvchi koeffitsiyent, ηT=0,8÷0,85 ga teng deb qabul qilinadi.
Mazkur SHNQning 1-rasmiga muvofiq qurilmaning issiq suv boʻyicha oʻrtacha mavsumiy sutkalik solishtirma unumdorligi qi.s, l/(m2d) ni quyosh energiyasining gorizontal yuzaga kelib tushadigan umumiy kunlik miqdori Eg, MJ/(m2d) ga qarab aniqlashda qurilish maydoni uchun qurilmaning ishlash davrining eng kam miqdordagi quyosh nuriga ega boʻlgan oy SHNQ 2.01.01-22 talablariga muvofiq qabul qilinadi.
1-rasm. Issiq suv taʼminoti qurilmasining oʻrtacha sutkalik solishtirma unumdorligi qi.s ni quyosh energiyasining gorizontal yuzaga kelib tushadigan umumiy kunlik miqdori Egga bogʻliqligi.
61. Yil davomida ishlaydigan dublyorli qurilmaning quyosh suv isitish qurilmalarini nur yutuvchi yuzasining dastlabki maydoni A, m2 quyidagi formula orqali aniqlanadi:
θ — oʻlchamsiz parametr (uning qiymati quyosh energiyasi hisobidan issiqlik yuklamasini oʻrnini bosish f koeffitsiyentiga bogʻliq holda aniqlanadi).
Quyosh energiyasi hisobidan issiqlik yuklamasini oʻrnini bosish f koeffitsiyentini θ oʻlchamsiz parametriga bogʻliqlik grafigi mazkur SHNQning 2-rasmida keltirilgan.
2-rasm. Quyosh energiyasi hisobidan issiqlik yuklamasini oʻrnini bosish
f koeffitsiyentini θ oʻlchamsiz parametriga bogʻliqlik grafigi.
Qn — hisobiy davrga nisbatan olingan issiqlik yuklama yozgi mavsum yoki 1 yil uchun J quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Qn=N Vi.s ρcr(ti.s.-ts.s.), (3)
bu yerda:
N — hisobiy davrdagi kunlar soni, d;
Vi.s. — issiq suvning oʻrtacha sutkalik sarfi, l/d, QMQ 2.04.01-98 ga muvofiq qabul qilinadi;
ρ — suvning zichligi, kg/m3;
cr — suvning solishtirma issiqlik sigʻimi, cr=4190 J/(kg oS);
ti.s. — issiq suvning minimal ruxsat etilgan harorati, oS, QMQ 2.04.01-98 boʻyicha qabul qilinadi;
ts.s. — vodoprovod sovuq suvining hisobiy harorati, oS;
Ek — hisobiy davrda quyosh suv isitish qurilmalarining 1 m2 sirt maydoniga tushayotgan quyosh energiyasining oʻrtacha yigʻindi miqdori, J/m2, quyosh suv isitish qurilmalarida ufqqa nisbatan nishab β burchagi bilan belgilanadi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ek= REg, (4)
bu yerda:
R — mos ravishda qiya va gorizontal yuzalarga tushadigan quyosh nurlarining oʻrtacha oylik miqdorining nisbati,
R=1,4 ga β=j+15o boʻlganda;
R=1,1 ga β=jboʻlganda;
R=1,05 ga β=j-15o boʻlganda;
Eg — hisobiy davrda gorizontal yuzaga tushayotgan quyosh energiyasining oʻrtacha yigʻindi miqdori, J/m2, qurilish maydoni uchun SHNQ 2.01.01-22 ga muvofiq qabul qilinadi.
Quyosh suv isitish qurilmalari janubiy yoʻnalishida 15° gacha ogʻganda yutilgan radiatsiya miqdori 5 foizga kamayadi, 30° ga ogʻganda esa — 10 foizga.
62. Yil davomida ishlaydigan dublyorli qurilmaning quyosh suv isitish qurilmalarini nur yutuvchi yuzasining yakuniy maydoni A, m2 quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(5)
bu yerda:
εk — quyosh suv isitish qurilmalarining W/(m2oS) qiymati uchun qurilgan f ni θ boʻyicha grafigiga uning texnik pasporti maʼlumotlari boʻyicha olingan haqiqiy koʻrsatkichlarining farqi taʼsirini hisobga oluvchi tuzatish koeffitsiyenti;
εak — issiqlik akkumulyatorining qabul qilingan solishtirma hajmini tayanch solishtirma 0,05 m 3/ m2 hajmidan farqini hisobga oluvchi tuzatish koeffitsiyenti.
W/ (m2oS)
3-rasm. Quyosh suv isitish qurilmalarining koʻrsatkichlaridan tuzalish koeffitsiyenti εk ning bogʻliqligi.
4-rasm. Issiqlik akkumulyatorining qabul qilingan solishtirma Va hajmini uning tayanch solishtirma Vakba 0,05 m3/m2 hajmiga boʻlgan nisbatiga Eak tuzatish koeffitsiyenting bogʻliqligi.
63. Nasos yordamida sirkulyatsiya qilinadigan quyosh suv isitish qurilmalarining maksimal soatlik ishlab chiqaruvchanligi suv taqsimlash grafigida belgilangan meʼyordan yuqori boʻlsa, qurilmalarga bak-akkumulyatorlar oʻrnatilishi lozim.
Bak-akkumulyatorlarning hajmi V, m3 qurilmada suv istilishining va suv isteʼmol qilinishining sutkalik grafiklari boʻyicha aniqlanishi kerak.
Sutkalik grafik mavjud boʻlmasa, iqlimiy hududga bogʻliq boʻlgan holda V=(0.06 — 0.08) A formula boʻyicha, bunda janubiy iqlimiy hududlar uchun kattaroq qiymatni qabul qilish lozim.
64. Issiqlik qabul qilish konturida issiqlik tashuvchisining sarfi oʻzgarib turganda nasoslarni tanlash sarfi maksimal kattaligi boʻyicha bajariladi.
Issiqlik tashuvchisining sarfi doimiy boʻlganda uning solishtirma sarfi 20 — 40 kg/(m2h) oraligʻida qabul qilinishi kerak.
65. Issiqlik tashuvchisi oʻzgaruvchan sarfli qurilmalarni loyihalashtirilgan issiqlik almashtirgichlarning hisobi issiqlik tashuvchisining va suv sarfining oʻrtacha soatlik qiymati boʻyicha bajarish lozim.
66. Quyosh energiyasidan foydalanish hisobiga iqtisod (tejalgan) qilingan yoqilgʻi miqdorining V, t.sh.yo./yil, hisobini quyidagi formulaga muvofiq bajarish kerak.
V= 0.0342 Q/ηyoq.is. (8)
bu yerda:
Q — mavsum (yil) boʻyicha quyosh suv isitish qurilmalari ishlab chiqargan yigʻindi issiqlik miqdori Q, Gj /yil, mazkur SHNQning 6-ilovasiga asosan aniqlanadi;
ηyoq.is — oʻrni bosilgan issiqlik manbaining foydali ish koeffitsiyenti.
7-bob. Quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish boʻyicha talablar
67. Quyosh suv isitish qurilmalarini montaj qilish ishlari ketma-ketligi ishchi chizmalar orqali amalga oshirilishi kerak.
Mavjud bino va inshootlarda quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi lozim.
68. Quyosh suv isitish qurilmalarini ochiq havoda quyidagi joylarda oʻrnatish lozim:
binolarning (yassi yoki nishabli) tomi va boshqa yondosh inshootlarga;
balkonlar, binoning meʼmoriy boʻrtib chiqqan qismiga;
yer sathi (quyoshli ochiq maydon)ga.
69. Quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatishda soya beradigan qoʻshni binolar, daraxtlar, elektr uzatish liniyalari, tutun quvurlari unga sezilarli taʼsir etmasligi lozim.
70. Quyosh suv isitish qurilmalari janubi-sharqqa yoki janubi-gʻarbga (optimali — janubga) qaratib oʻrnatish kerak.
Quyosh suv isitish qurilmalarini joylashtirishda janubiy yoʻnalishdan sharqqa 15° gacha ogʻish quyosh nurlanishining 5 foizga, gʻarbga esa 30° gacha ogʻish quyosh nurlanishining 10 foizga kamayishiga olib kelishini hisobga olish lozim.
71. Quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatishda mavjud bino va inshootlarning montaj qilish mumkin boʻlgan joylardagi konstruksiyalarning yuk koʻtara olish qobiliyatiga (mustahkamligiga) koʻra SHNQ 1.04.01-23 ga muvofiq texnik kuzatuv xulosalari boʻlishi kerak.
72. Quyosh suv isitish qurilmalari ostidagi tayanch konstruksiyalarni loyihalashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
shamol va qor yuklanishlarini;
quyosh suv isitish qurilmalarini joylashtirish rejasini;
hududlarning seysmik kuch taʼsirlarini.
73. Quyosh suv isitish qurilmalarini joylashtirishda qatorlar yoki bloklar orasidagi masofa gorizontal ravishda uskunaning yil davomida ishlashini hisobga olgan holda 1.7 m ga teng va yozgi mavsumda esa 1.2 m balandlikka teng olinadi.
74. Quyosh suv isitish qurilmalarining foydali ish koeffitsiyenti tushib ketishini oldini olish maqsadida yuza qismining tozaligini (qor, yomgʻir, changdan) taʼminlanishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar loyihada inobatga olinishi kerak.
75. Quyosh suv isitish qurilmalarining optimal qiyalik burchagi quyosh suv isitish qurilmalari va gorizont orasidagi burchak (vakuum naychali ushlab turuvchi rama) hisoblanadi.
76. Binolarning nishabli tom qismiga tizimni oʻrnatishda qiyalik burchagi tomning nishabiga asosan hisobga olinadi.
Eng katta energiya miqdori vakuum naychalari boʻlgan ramaning insolyatsiya yoʻnalishiga toʻgʻri burchak ostida joylashuvi boʻyicha qabul qilinadi.
5-rasm. Qish va yoz mavsumida quyoshning holati.
77. Quyosh suv isitish qurilmalarining tepa qismida hech qanday qoʻshimcha qurilmalar boʻlmasligi kerak.
78. Quyosh suv isitish qurilmalarini oʻrnatishdan oldin u oʻrnatiladigan gidravlik tizimning butunligi va ishga yaroqliligiga ishonch hosil qilish, shuningdek suv taʼminoti tarmogʻining toʻgʻri ulanganligi va germetikligi (suv sizib chiqishi)ni tekshirish lozim.
Magistral quvurlarda issiqlik yoʻqotilishini kamaytirish maqsadida quyosh suv isitish qurilmalarini issiq suv ishlatiladigan joyga yaqin qilib oʻrnatish lozim.
79. Quyosh suv isitish qurilmalarini kunning salqin va bulutli paytida oʻrnatish tavsiya etiladi.
Oʻrnatish paytida vakuum naychalarni quyoshda qizishdan saqlash lozim.
Tizimni oʻrnatgandan soʻng, idishni suvga toʻldirib germetikligini tekshirish kerak.
Uskunaning toʻliqligini vizual tekshirgandan soʻng, tayanch konstruksiyani yigʻishga oʻtish lozim.
80. Quyosh suv isitish qurilmalarini quyidagi hollarda montaj qilinmasligi kerak:
yogʻingarchilik, tashqi havo harorati va shamol tezligi yuqori boʻlgan vaqtlarda;
quyosh suv isitish qurilmalarini korroziyaga faol moddalari (masalan, tuzlar, tuz tumanlari, shoʻr suvlar, faol kimyoviy bugʻlar, kislotali yomgʻir va boshqalar) mavjud muhitlarda;
quyosh suv isitish qurilmalarini nam holatda, texnika xavfsizligi talablarini taʼminlamasdan;
quyosh nurlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnaltiruvchi moslamalarni quyosh suv isitish qurilmalariga qaratib qoʻyishga;
quyosh suv isitish qurilmalarini montaj qilish ishlarini olib borishda ularning yuza qismini zarar yetkazilganda (qirilganda, darz ketganda);
quyosh suv isitish qurilmalarini bino va inshootlar tom qismining qoplamasiga.
81. Quyosh suv isitish qurilmalarini montaj qilish boʻyicha ishchi hujjatdagi chizmalarining asosiy tarkibi GOST 21.1101-2013 hamda quyidagi jadvalga muvofiq shakllantirilishi lozim.
Ishchi hujjatdagi chizmalarning asosiy tarkibi
Ishchi hujjatlarning asosiy toʻplamlarini nomi
MDHdagi qisqartmasi
Izoh
Arxitektura va qurilish yechimlari
AS
Arxitektura va konstruktiv yechimlar (KMdan tashqari) ishchi chizmalarini birlashtirganda
Isitish, shamollatish va havoni tozalash
OV
Elektr jihozlar
EM
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Quyosh suv isitish qurilmalarini qoʻllanilishining iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlash
Quyosh suv isitish qurilmalari quyidagi shart bajarilganda iqtisodiy maqsadga muvofiq deb hisoblanadi:
f < η,
bu yerda:
η — ushbu SHNQning 6-ilovasi boʻyicha aniqlanadigan quyosh suv isitish qurilmalarining mavsumiy yoki yillik foydali ish koeffitsiyenti;
f — quyosh suv isitish qurilmalarining iqtisodiy samaradorligining mezoni quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
EW — kapital xarajatlari samaradorligining meʼyoriy koeffitsiyenti;
a — foydalanish sarflarini qoplash uchun ajratmalar meʼyori (meʼyoriy maʼlumotlar boʻlmagan holda, kapital xarajatlardan 0,1 kattalikda qabul qilinadi);
K — quyosh suv isitish qurilmalariga sarflanadigan solishtirma kapital xarajatlar, soʻm/m2 quyosh suv isitish qurilmalariga;
S — aralashtirilgan issiqlikning solishtirma qiymati, soʻm/GJ.
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Torayish moslamasi shaklidagi oʻzini-oʻzi boshqaruvchi faol elementning geometrik va gidrodinamik koʻrsatkichlarini hisoblash
Torayish moslamasi shaklidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi faol elementning geometrik oʻlchamlarini quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim.
bu yerda:
D — torayish moslamasi keng kesimining diametri, m;
d — torayish moslamasi tor kesimining diametri, m;
a1, a2 — torayish moslamasining tor va keng kesimlaridagi koriolis koeffitsiyentlari, maʼlumotlar boʻlmagan hollarda a1=a2=1 deb qabul qilish lozim;
N — gelioqurilmaning geometrik balandligi, m;
g — erkin tushish tezlanishi, m/s2;
W2* — venturi quvurining keng kesimidagi suvning ruxsat etilgan tezligi, W2*=1÷1,5 m/s.
Torayish moslamasida oqimning torayish darajasi (D / d) gelioqurilmaning geometrik H balandligiga bogʻliq boʻlib, tizimning eng past sathidan eng yuqori nuqtasigacha boʻlgan balandlik 2 m dan 25 m gacha boʻlganda (D / d) 2 dan 5 gacha oʻzgarishi quyidagi 8-rasmga muvofiq boʻlishi lozim.
8-rasm. Torayish moslamasi shaklidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi faol elementning (D / d) diametrlar nisbatining gelioqurilmaning N balandligiga bogʻliqligi.
Torayish moslamasi shaklidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi faol elementning gidrodinamik koʻrsatkichlarini (mahalliy qarshilik koeffitsiyentini) quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
egrichiziq konfuzorli oʻtishlar uchun
toʻgʻrichiziq konfuzorli oʻtishlar uchun
bu yerda:
ζ — egrichiziq konfuzorli ζech va toʻgʻrichiziq konfuzorli ζtch torayish moslamasi uchun mahalliy qarshilik koeffitsiyenti;
— reynolds mezoni (soni);
u — tor kesimdagi tezlik, m/s;
δ — tor kesim devorlarning yon tomonlaridagi teshiklar diametri, m. Tenglamalar venturi quvuri koʻrinishidagi torayuvchi moslamalar uchun qoʻllaniladi, bunda toʻgʻrichiziqli diffuzorlarining konusli burchagi teng boʻlib, konfuzorlari esa egrichiziqli radiusda chizilgan yoki toʻgʻrichiziqli burchakda birlashgan boʻlishi, oraligʻida boʻlganda amal qiladi.
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Suvli issiqlik akkumulyatorlari uchun perforatsiyali quvur shaklidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi faol elementning geometrik va gidrodinamik koʻrsatkichlarini hisoblash
Suvli issiqlik akkumulyatorlarda suvni uning haroratiga qarab, tegishli harorat qatlamlariga selektiv taqsimlash va ulardan suvni olish uchun moʻljallangan perforatsiyalangan quvur shaklidagi oʻzini oʻzi boshqaruvchi faol elementlarning geometrik va gidrodinamik koʻrsatkichlarini hisoblash quyidagi 9-rasmga muvofiq amalga oshiriladi.
9-rasm. Stratifikatsiyali issiqlik akkumulyatorining oʻz oʻzini boshqaruvchi faol elementini hisoblash sxemasi.
Hisoblash jarayonida quyidagi kattaliklardan foydalanish kerak:
suv taqsimlagichning uzunligi l;
isituvchi (isitiladigan) issiqlik tashuvchisining sarfi G;
isituvchi (isitiladigan) issiqlik tashuvchisining harorati t;
akkumulyator bakdagi suvning harorati to;
perforatsiya teshiklarining diametri dn;
perforatsiya teshigining sarf koeffitsiyentim;
suv taqsimlagich ichki sirtining absolyut gʻadir-budirligi k.
suv taqsimlagichning koʻndalang kesimini yuzasi F;
suv taqsimlagichning perforatsiya teshiklarini yigʻindi yuzasi f;
suv taqsimlagichning 1 m uzunligiga toʻgʻri keladigan perforatsiya teshiklari soni m; suv taqsimlagichning toʻla gidravlik qarshiligi
Hisoblash ikki bosqichda amalga oshiriladi: dastlabki va yakuniy.
Dastlabki bosqichda:
1) ikki qatlamli stratifikatsiya uchun barqarorlik holati:
bu yerda:
N — ikki qavatli stratifikatsiya oqimning umumiy chuqurligi, m;
vs= v2 - v1 - yuqori va quyi qatlamlardagi tezliklarning farqi, m/s;
Δρ= ρ2 — ρ1 yuqori va quyi qatlamlardagi zichliklarning farqi, kg/m 3,
akkumulyator hajmidagi issiqlik tashuvchisining oqimi uchun modifikatsiyalangan Richardson mezonining kritik qiymatini hisobga olgan holda:
suv oqib chiqishining maksimal hisobiy tezligi vmaks quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
2) suv oqib chiqishining oʻrtacha hisobiy tezligi Voʼrt. quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
3) suv taqsimlagich shartli tirqishining hisobiy yuzasi quyidagi formula asosida topiladi:
4) shartdan kelib chiqib kattaligini dastlabki hisobiy sonli qiymatni bergan holda suv taqsimlagichning hisobiy koʻndalang kesim yuzasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
5) suv taqsimlagichning hisobiy ichki diametri quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
6) quvurlarning mavjud boʻlgan sortamenti boʻyicha suv taqsimlagich uchun eng yaqin oʻlchamlari boʻlgan standart quvur tanlanadi va uning haqiqiy diametri quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Df³Dp;
7) suv taqsimlagichning haqiqiy kesim yuzasi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
8) suv taqsimlagichning boshidagi suvning haqiqiy tezligi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
9) Reynolds mezoni quyidagi formulaga koʻra hisoblanadi:
10) ishqalanish qarshilik koeffitsiyenti quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
11) suv taqsimlagichning parametri quyidagi formulaga koʻra hisoblanadi:
12) quyosh suv isitish qurilmasi ichidagi issiqlik tashuvchisi oqimi uchun modifikatsiyalangan Richardson mezoni quyidagi formula asosida hisoblanadi:
13) uch holatning qaysi biri sodir boʻlishi aniqlanadi:
1-holat
2-holat
3-holat
Birinchi va ikkinchi holatlarda ishqalanishga bosim yoʻqolishi hisobga olinmaydi va haqiqiy qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Uchinchi holatda, suv taqsimlagich devorlarining uzunligi va gʻadir-budurligini hisobga olinishi kerak boʻlganda qiymati mazkur ilovaning 10-rasmidagi grafiklar orqali aniqlanadi.
14) qabul qilingan (p hisobiy qiymatini va olingan haqiqiy qiymati bilan solishtiriladi.
boʻlganda hisoblashning yakuniy bosqichiga oʻtiladi.
boʻlmaganda u holda ()p ga yangi hisobiy qiymat berilib, mazkur ilovaning 4-bandidan boshlab hisoblash qaytariladi.
Yakuniy bosqichda:
1) shartli tirqishning haqiqiy yuzasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
2) suv oqib chiqishining haqiqiy oʻrtacha tezligi quyidagi formulaga koʻra aniqlanadi:
3) suv oqib chiqishining haqiqiy maksimal tezligi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
4) akkumulyator hajmi ichidagi issiqlik tashuvchisining oqimi uchun modifikatsiyalangan Richardson mezonining haqiqiy qiymati quyidagi formula asosida hisoblanadi:
5) akkumulyator hajmi ichidagi issiqlik tashuvchisining stratifikatsiyali oqimini barqarorligi shartini tekshirish quyidagi formula asosida aniqlanadi:
6) suv taqsimlagichning qarshiligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
7) perforatsiya yoʻli bilan ochiladigan teshikchalar soni quyidagi formulaga koʻra hisoblanadi:
1, 2, 3 — eksperiment l`l = 0,28; 0,30; 0,36, 4 — elektron hisoblash usulida olib borilgan; 5 — hisoblash formulalar boʻyicha
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Quyosh suv isitish qurilmalarining energiya samaradorligini aniqlash
Quyosh suv isitish qurilmalarining energiya samaradorligini quyidagi formula orqali aniqlash lozim.
foiz
bu yerda:
— yil davomida foydalanish davrida quyosh suv isitish qurilmalari bilan saqlangan energiyaning hisobiy miqdori, MJ;
— yil davomida issiq suv taʼminoti ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasining hisobiy miqdori, MJ.
Yil davomida foydalanish davrida quyosh suv isitish qurilmalari bilan saqlangan energiyaning hisobiy miqdori gelioqurilma ishlab chiqargan issiqlik energiyasi bilan uning jihozlaridan foydalanish uchun sarflanadigan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan issiqlik energiyasi orasidagi farqi orqali aniqlanadi.
MJ,
bu yerda:
— yil davomida foydalanish davrida gelioqurilma tomonidan issiq suv taʼminoti ehtiyojlariga ishlab chiqargan issiqlik energiyasining miqdori MJ;
— gelioqurilma elektr jihozlari va tegishli asbob-uskunalarning isteʼmol qiladigan quvvati W;
— sutka davomida geliojihozlarning soatlarda ishlash vaqti h/d;
— yil davomida geliojihozlarning sutkalarda ishlash vaqti d/yil.
Issiq suv taʼminoti ehtiyoji uchun sarflanadigan issiqlik energiyasining hisobiy miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.
MJ,
bu yerda:
— QMQ 2.04.01-98 ga muvofiq aniqlangan isteʼmolchilar tomonidan issiq suvning sutkalik sarfining umumiy meʼyori kg/d;
— suvning solishtirma issiqlik sigʻimi =4,2 kJ/(kg×oS);
— issiq suvning hisobiy harorati oS;
— sovuq suvning hisobiy harorati oS;
— yil davomida issiq suv taʼminoti tizimining ishlash davomiyligi d/yil.
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Quyosh suv isitish qurilmalari
5-rasm. Quyosh suv isitish qurilmalarining sxemalari:
a) bir konturli tabiiy sirkulyatsiyali;
b) bir konturli toʻgʻri oqimli;
d) bir konturli oʻzini oʻzi drenaj qiladigan nasos sirkulyatsiyali;
e) ikki konturli oʻzini oʻzi drenaj qiladigan nasos sirkulyatsiyali;
f) suvning doimiy haroratli ikki konturli nasos sirkulyatsiyali;
g) uch konturli oʻzini oʻzi drenaj qiladigan nasos sirkulyatsiyali;
h) uch konturli oʻzini oʻzi drenaj qiladigan nasos sirkulyatsiyali va bak-akkumulyatorda ikkita ilonsimon quvur bilan;
1 — quyosh suv isitish qurilmasi;
2 — bak-akkumulyator;
3 — suv isitish dublyori;
4 — sirkulyatsiya nasosi;
5 — drenaj baki;
6 — torayish moslamasi koʻrinishidagi faol element;
7 — harorat regulatori;
8 — issiqlik almashtirgich;
9 — kengayish baki.
Quyosh suv isitish qurilmalari
a)
b)
6-rasm. Turli xil suvli issiqlik akkumulyatorlari va suvni isitish uchun dublyorlar bilan jihozlangan quyosh suv isitish qurilmalarining amalga oshirish sxemalariga misollar:
a) monovalentli issiqlik akkumulyatori va elektr qizdirgich bilan;
b) bivalentli issiqlik akkumulyatori, elektr qizdirgich va mavjud boʻlgan qozonxona bilan.
Quyosh radiatsiyasi intensivligining hisobi
Gorizontal yuzaga tushayotgan oʻrtacha oylik quyosh energiyasining sutkalik yigʻindi E va tarqoq (diffuziya) Ed solishtirma miqdori, MJ/(m2d), osmonning ravshanlik koeffitsiyenti Kr. va tashqi havoning harorati th,oS
Oylar
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XI
XII
Koʻrsatkichlar
Termez (oʻrt. 37o)
E
8,38
11,49
15,11
20,25
26,34
29,28
28,58
26,23
21,64
16,05
10,6
7,67
Ed
3,88
5,35
7,02
9,02
8,17
8,17
8,02
7,52
6,10
5,49
4,22
3,58
Kr
0,47
0,49
0,50
0,61
0,77
0,87
0,88
0,88
0,87
0,77
0,64
0,48
th
2,6
6,0
11,4
18,4
24,3
28,2
30,4
28,1
22,4
15,8
9,9
5,1
Fargʻona (oʻrt. 40o)
E
6,74
9,31
12,59
17,69
22,92
26,74
26,35
24,25
19,42
13,13
7,99
5,18
Ed
4,05
5,74
6,94
8,81
8,93
8,25
8,09
7,21
6,29
5,53
3,95
3,24
Kr
0,38
0,39
0,41
0,52
0,63
0,75
0,80
0,82
0,80
0,66
0,50
0,34
th
-1,7
1,5
7,9
15,6
20,8
25,0
26,9
25,0
19,7
13,1
5,7
0,7
Samarqand (oʻrt. 40o )
E
8,03
10,23
13,6
18,30
25,06
29,21
28,68
26,18
20,98
13,9
9,07
6,72
Ed
3,80
5,14
6,71
8,28
8,35
7,92
7,15
6,31
6,03
4,98
3,50
3,32
Kr
0,44
0,45
0,46
0,58
0,72
0,85
0,90
0,90
0,86
0,72
0,59
0,45
th
0,5
2,8
7,4
14,2
19,3
23,9
25,9
24,0
19,1
2,7
6,6
2,6
Toshkent (oʻrt. 41o)
E
6,21
8,64
12,15
17,51
23,22
26,34
27,13
24,43
19,46
12,69
7,64
5,4
Ed
3,10
4,02
5,26
6,25
6,75
5,84
5,13
4,59
4,31
4,05
3,06
2,7
Kr
0,44
0,45
0,46
0,52
0,59
0,63
0,68
0,68
0,68
0,60
0,49
0,42
th
-0,4
2,0
7,9
14,7
20,2
24,9
27,1
25,1
19,6
12,8
6,7
2,0
Zarafshon (oʻrt. 42o)
E
7,79
10,96
14,76
19,58
25,42
28,68
28,24
26,02
20,76
13,92
8,42
5,9
Ed
3,63
4,77
6,51
7,81
8,01
6,80
6,32
5,3 2
4,72
4,09
3,31
2,99
Kr
0,46
0,47
0,50
0,56
0,69
0,78
0,83
0,85
0,83
0,73
0,57
0,37
th
-2,1
0,0
6,3
14,8
21,6
25,8
28,7
27,0
20,7
13,0
5,1
1,0
Qoraqalpogʻiston (oʻrt. 45o)
E
6,23
10,33
14,05
19,14
25,08
26,06
25,99
24,04
18,88
11,99
4,74
4,66
Ed
3,47
5,05
6,72
8,57
8,66
8,97
8,06
6,76
5,47
4,34
1,27
2,70
Kr
0,16
0,46
0,46
0,55
0,71
0,72
0,75
0,80
0,76
0,62
0,43
0,29
th
-8,2
-7,9
-0,5
10,3
18,6
24,0
27,0
24,6
17,3
8,0
0,7
-4,4
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish qurilmalari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 6-ILOVA
Yillik (mavsumiy) foydali ish koeffitsiyenti va quyosh suv isitish qurilmalarining ishlab chiqaradigan yigʻindi issiqlik miqdorining hisobi
Yillik (mavsumiy) foydali ish koeffitsiyenti, issiqlik suv taʼminoti sutkali issiqlik yuklanish birligiga toʻgʻri keladigan va quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadigan quyosh suv isitish qurilmalari maydoniga va bak-akkumulyator sigʻimiga m3/(GJ/d) bogʻliq boʻlib mazkur ilovaning 7-rasmiga muvofiq aniqlanadi:
Qurilma ishlab chiqargan yigʻindi issiqlik miqdori Q, GJ, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda:
Z — qurilmaning ishlash oylarining soni;
j — oydagi kunlar soni;
i — kundagi ishlash soatlari soni.
7-rasm. Quyosh suv isitish qurilmalarining a-mavsumiy, b-yillik foydali ish koeffitsiyentini A va V qiymatlariga bogʻliqliligi.