Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 28-dekabrdagi
qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jismoniy shaxslarning mol-mulki boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari aʼzolarining bogʻ uychalari, grajdanlar va boshqa imoratlarga solinadigan soliq stavkalari ularni roʻyxatga olish qiymatining 0,25 foizi miqdorida, roʻyxatga olish qiymati boʻlmagan hollarda esa koʻrsatilgan obyektlarning majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha summasining 2,5 foizi miqdorida tasdiqlansin.
2. Motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalariga (avtomobillar, mototsikllar va boshqa pnevmatik oʻziyurar mashinalar hamda mexanizmlar bundan istisno) solinadigan soliq stavkalari
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jismoniy shaxslar mol-mulkini qayta baholash toʻgʻrisidagi
Nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlovchilarni hisobga olishning toʻliqligini va soliqlarning oʻz vaqtida tushishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.