1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“JISMONIY ShAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA” GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida Hukumat, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlarini “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilsin hamda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqlar stavkasini tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
995-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 11-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)