Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son “Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2309, 2012-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 19-modda)
1-ilovasida:
“davlat soliq inspeksiyasida” degan soʻzlar “soliq inspeksiyasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʻzstandart” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.