1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3360-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 31-martdagi 52-ICH-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3360, 2022-yil 1-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 10/22/3360/0260-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-iyul,
2024/3-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 19-iyul
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2024-yil 16-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-son buyrugʻiga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqning nomi va 1-banddagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) nomidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida, Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda (bundan buyon matnda tibbiy-ijtimoiy muassasa deb yuritiladi) pullik xizmat koʻrsatish tartibini belgilaydi.”;
3) 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya sohasidagi ayrim tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqlash haqida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“6. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlarning preyskurant narxlari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda ularga Agentlik tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.”;
6) 7-banddagi “tibbiy-ijtimoiy muassasa rahbari” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “statsionar sharoitda” degan soʻzlardan keyin “yoxud mobil shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “statsionar sharoitda” degan soʻzlardan keyin “yoxud mobil shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 13-banddagi “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida” degan soʻzlar “Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 15-banddagi “olinishi mumkin” degan soʻzlar “olinadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisi va nomidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish” degan soʻzlar “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“1-bob. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari, Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda koʻrsatiladigan pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
1. Mutaxassis koʻrigi;
2. Yotoq oʻrin bilan taʼminlash;
3. Oziq-ovqat, shu jumladan ratsional va parhez taomlar bilan taʼminlash;
4. Klinik tahlillar;
5. Bioximik tahlillar;
6. Funksional tashxislash;
7. Fizioterapevtik muolajalar;
8. Uqalash;
9. Davolash badantarbiyasi;
10. Dori yuborish (mushak orasiga, qon tomir ichiga, boʻgʻim ichiga);
11. Dori vositalari;
12. Tibbiy buyumlar;
13. Xonalarni tozalash (yigʻishtirish);
14. Kiyim-kechaklarini yuvish;
15. Gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
16. Sayrga, madaniy va maʼrifiy hamda sport tadbirlariga borishda hamrohlik qilish yoki olib borish;
17. Qarindosh va doʻstlar bilan yozishmalarda hamda aloqa oʻrnatishda koʻmaklashish;
18. Birinchi tibbiy yordam;
19. Yotoq yaralarni, tashqi jarohatlarni qayta ishlash va bogʻlash;
20. Tozalash klizmasini bajarish;
21. Palliativ yordam koʻrsatish;
22. Uy sharoitida tibbiy parvarish qilish asoslarini oʻrgatish;
23. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturida belgilangan sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
24. Konsertlar, tomoshalar, tarixiy qadamjolarga hamda ziyoratgohlarga ekskursiyalar uyushtirish;
29. Qiziqishni inobatga olgan holda turli xil toʻgaraklar tashkil etish.”;
11) 2-ilovaning ilova belgisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish” degan soʻzlar “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)