toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Energetika sohasida davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ushbu sohada taʼsirchan davlat nazoratini taʼminlash maqsadida:
1. Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va Energetika vazirligining Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Oʻzenergoinspeksiya) uning faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Oʻzenergoinspeksiya yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
2. Oʻzenergoinspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda energiya samaradorligi boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
yillik energiya isteʼmoli 500 tonna shartli yoqilgʻidan yuqori boʻlgan barcha sanoat korxonalarida energiya isteʼmolini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;
sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;
energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy oʻlchov laboratoriyalari boʻyicha minimal talablarni belgilash.
3. Belgilansinki:
Oʻzenergoinspeksiya bevosita Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
Oʻzenergoinspeksiya faoliyati respublika budjeti mablagʻlari va uning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, uning oʻrinbosarlari esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi maqomi jumladan, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, boshliq oʻrinbosari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PF-110-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzenergoinspeksiya boshligʻiga, zarur hollarda, Oʻzenergoinspeksiya tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
6. Iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalarda energiya samaradorligini oshirish, sanoat korxonalarining bu boradagi ishini muvofiqlashtirish hamda energetika sohasidagi davlat nazorati tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish maqsadida Oʻzenergoinspeksiyaning markaziy apparati tuzilmasida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan saqlanadigan mavjud shtat birliklari doirasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etilsin.
7. Oʻzenergoinspeksiya:
a) bir oy muddatda:
ushbu Farmonga muvofiq Oʻzenergoinspeksiyaning tashkil etilayotgan tarkibiy boʻlinmalarini yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzenergoinspeksiya faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar xalqaro va xorijiy institutlarni, yuqori malakali xorijiy hamda mahalliy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda sanoat tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari energiya sigʻimining joriy holatini tahlil qilib, 2040-yilgacha moʻljallangan energiya samaradorlik boʻyicha milliy dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Yoqilgʻi-energetika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish masalalarini tahlil qilish, shuningdek, energiya samaradorligi koʻrsatkichlarini aniqlash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
energiya tejovchi texnologiyalar va energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tayyor texnik yechimlar ishlab chiqish hamda ushbu sohadagi ijobiy xorijiy tajribani tahlil qilish va yoritib borish;
budjet tashkilotlariga texnik va moliyaviy konsultantlar xizmatlari, shuningdek, sohalar kesimida zamonaviy namunali texnik yechimlarni bepul asosda taqdim etish;
energiya samaradorligini oshirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun inson resurslarini shakllantirish, shu jumladan, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
energiya auditorlar malakasini oshirib borish.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Oʻzenergoinspeksiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-avgust,
PF-118-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-son Farmoniga
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
TASHKILIY TUZILMASI

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi boshqarmalar

(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi

(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)*

* Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi xodimlari davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PF-110-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-son Farmoniga
2-ILOVA
Energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

S.I. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari

I.I. Norqulov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

B.E. Zaxidov

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

I.Yu. Abdurahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri

Sh.R. Xamrayev

Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri

Sh.S. Xidoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

I.R. Maxkamov

Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri

J.T. Mirzamahmudov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri

B.F. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri

A.A. Xudayarov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

E.G. Karimova

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

K.A. Sharipov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri

O.A. Nazarbekov

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

A.R. Jumanazarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

Sh.X. Xodjayev

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori

D.A. Isakulov

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

F.J. Pulatov

Soliq qoʻmitasi raisi

Z.B. Badriddinov

Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori

S.Q. Eshquvvatov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

Oʻ.B. Suvonqulov

Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori oʻrinbosari, Respublika komissiyasi kotibi

Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-118-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga 2-ilovaning 23 va 24-pozitsiyalari “Negizida tashkil etilayotgan organ nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
“8. Energetika vazirligi” boʻlimining 1-pozitsiyasi va unga izoh qismi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “28. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi” boʻlimi bilan toʻldirilsin:

28. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

30

25

5

shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni

1

1

;

quyidagi mazmundagi “29. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” boʻlimi bilan toʻldirilsin:

29. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

474

354

120

shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni

2

2

;

8.2.-kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
9.1.-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9.1. Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi”;
quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar bilan toʻldirilsin:
“31. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi
32. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi”;
8.1 va 8.2-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
9.1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

9.1

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Kontexnazorat

Gortexnadzor

;

quyidagi mazmundagi 29 — 32-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

29.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi

Komitet promishlennoy bezopasnosti

30.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi

“Oʻzatom” agentligi

Agentstvo “Uzatom”

31.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

Energetika bozori regulatori

Regulator rinka energetiki

32.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

Oʻzenergoinspeksiya

Uzenergoinspeksiya

.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmoni 6-bandining birinchi xatboshisidagi “Energetika vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qarori bilan tasdiqlangan Formali kiyim kiyilishi nazarda tutilayotgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar roʻyxatining “Idoraviy formali kiyim” boʻlimi quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4142-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridan, 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridan, 7-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridan “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Oʻzenergoinspeksiya” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 1-ilovadan “Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” hamda “Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi” bloklari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “Energetika vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzenergoinspeksiyaning Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv shtat birliklari soni 357 ta, shu jumladan Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlarining soni 2 nafar” soʻzlari “jami boshqaruv shtat birliklari soni 474 ta, shundan Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan shtat birliklari 354 ta, shu jumladan Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi oʻrinbosarlarining soni 2 nafar hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan shtat birliklari 120 ta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 4-bandning oltinchi xatboshisidagi “energetika vaziri J.T.Mirzamahmudov” soʻzlari “Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “energetika vaziriga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzenergoinspeksiya tomonidan hamda Oʻzenergoinspeksiya materiallari asosida sud tomonidan qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalar va iqtisodiy sanksiyalar boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 50 foizi”;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Oʻzenergoinspeksiya vazifalarini samarali amalga oshirish hamda axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish;
qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlarda.
Maxsus gʻazna hisobvaragʻiga yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar boʻyicha undirilgan zarar summasidan kelib tushayotgan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda boshqa organlarga yoʻnaltirilishi mumkin”;
e) quyidagi mazmundagi ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi PQ-54-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlar

Boshliq

19

Boshliq oʻrinbosari

17

Boshliq maslahatchisi, departament boshligʻi

15

Boshqarma boshligʻi

14

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

14 (-5%)

Boʻlim boshligʻi, boshliq yordamchisi

13

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari

13 (-5%)

Bosh mutaxassis

11

Yetakchi mutaxassis

10

Izoh: Inspeksiya boshqaruv xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,5 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi hamda oshirilgan koeffitsiyentlar boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/118/0642-son; 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)