Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 30-maydagi OʻRQ-928-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 30-oktabrdagi 51-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3082, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3082/2141-son) bilan tasdiqlangan Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan, retseptsiz sotiladigan dori vositalari roʻyxatiga muvofiq” degan soʻzlar “retseptsiz” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 28-apreldagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3430, 2023-yil 4-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2023-y., 10/23/3430/0253-son) bilan tasdiqlangan Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Retseptsiz beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi axborot dori vositalarining tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda, shuningdek Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida koʻrsatiladi. Retseptsiz beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida va ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda ham berilishi mumkin.”.