Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1. “Amerikan Interneshnl Grup” (“AIG”) bilan:
b) ustav sarmoyasi 200 ming AQSH dollarini, shu jumladan:
“Oʻzbekinvest” ulushi — 98 ming AQSH dollarini,
AIG ulushi — 102 ming AQSH dollarini tashkil etgan “AIG Uzbekinvest” obunaviy agentligi;
2. Quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilansin:
“Oʻzbekinvest Interneshnl” kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasiga yoʻnaltirilayotgan xususiy chet el investitsiyalarini siyosiy tavakkalchiliklardan sugʻurtaviy himoya qilishni taʼminlash;
“AIG Uzbekinvest” obunaviy agentligining sugʻurta shartnomalarini ekspertiza qilish va tuzish boʻyicha “Oʻzbekinvest Interneshnl” kompaniyasining agentligi funksiyalarini amalga oshirish;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekinvest Interneshnl” kompaniyasi va “AIG-Oʻzbekinvest” obunaviy agentligini, roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin 30 kun mobaynida ularning ustav sarmoyalariga badallar summasining 5 foizi miqdorida dastlabki ulush toʻlovini hamda ustav sarmoyasidagi “Oʻzbekinvest” ulushini qolganini teng miqdordagi ulushlar bilan bir yil mobaynida Respublika valyuta fondi hisobidan toʻlasin.
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
ustav sarmoyasining tuzilmasiga muvofiq “Oʻzbekinvest — Interneshnl” kompaniyasi direktorlari Kengashining 5 aʼzosidan 4 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tayinlanadi;
“Oʻzbekinvest Interneshnl” kompaniyasi aktivlarini boshqa strategiyasi va shakllari uning direktorlar Kengashi tomonidan belgilanadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy milliy faoliyat banki, “Oʻzbekinvest” kompaniyasi, yetakchi chet el sugʻurta kompaniyalarini jalb etgan holda, kelgusida qoʻshma sugʻurta kompaniyalarini tashkil qilish ishlarini davom ettirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.