toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
SIYOSIY TAVAKKALCHILIKLARDAN SUG‘URTA QILISH BO‘YICHA “O‘ZBEKINVEST INTERNESHL” KOMPANIYASI FAOLIYATINI MAQBULLASHTIRISH BO‘YICHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarining hajmlari ko‘payishi sharoitida xorijiy investorlarning ishonchli sug‘urta himoyasini yanada ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Amerikan Interneshl Grup” (AIG) sug‘urta kompaniyasi tomonidan “O‘zbekinvest Interneshl” siyosiy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish kompaniyasining ta’sischilari tarkibidan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasining:
O‘zbekiston ta’sischisi — O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasining 40 mln AQSh dollari miqdoridagi ulushi bilan “O‘zbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustav kapitali miqdorini 50 mln AQSh dollarigacha kamaytirish;
“O‘zbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustav kapitaliga hissasi 10 mln AQSh dollari bo‘lgan strategik investorni jalb qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. O‘zbekinvest” Milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda “O‘zbekinvest Interneshl” kompaniyasiga strategik xorijiy investorni jalb qilish choralarini ko‘rsin;
“O‘zbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustaviga ro‘yxatga olingan mamlakat (Buyuk Britaniya) qonunchiligi talablariga muvofiq zarur o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekinvest Interneshnl”, “Aig Uzbekinvest” qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini va “AIG Uzbekinvest” agentligini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 565-sonli qarori 1-bandining “a” kichik bandi va 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-yanvar,
PQ-1039-son