toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekinvest Interneshnl” va “AIG Uzbekinvest” qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini tashkil qilish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Oldingi tahrirga qarang.
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalarning sug‘urta himoyasini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga muvofiq, mamlakatimiz va chet el investorlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sug‘urtaning zamonaviy tizimini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
1. “Amerikan Interneshnl Grup” (“AIG”) bilan:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-yanvardagi PQ-1039-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
b) ustav sarmoyasi 200 ming AQSH dollarini, shu jumladan:
“O‘zbekinvest” ulushi — 98 ming AQSH dollarini,
Oldingi tahrirga qarang.
AIG ulushi — 102 ming AQSH dollarini tashkil etgan “AIG Uzbekinvest” obunaviy agentligi;
(1-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi 350-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
2. Quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilansin:
“O‘zbekinvest Interneshnl” kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasiga yo‘naltirilayotgan xususiy chet el investitsiyalarini siyosiy tavakkalchiliklardan sug‘urtaviy himoya qilishni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
“AIG Uzbekinvest” obunaviy agentligining sug‘urta shartnomalarini ekspertiza qilish va tuzish bo‘yicha “O‘zbekinvest Interneshnl” kompaniyasining agentligi funksiyalarini amalga oshirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi 350-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-yanvardagi PQ-1039-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekinvest Interneshnl” kompaniyasi va “AIG-O‘zbekinvest” obunaviy agentligini, ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin 30 kun mobaynida ularning ustav sarmoyalariga badallar summasining 5 foizi miqdorida dastlabki ulush to‘lovini hamda ustav sarmoyasidagi “O‘zbekinvest” ulushini qolganini teng miqdordagi ulushlar bilan bir yil mobaynida Respublika valyuta fondi hisobidan to‘lasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 564-modda)
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
ustav sarmoyasining tuzilmasiga muvofiq “O‘zbekinvest — Interneshnl” kompaniyasi direktorlari Kengashining 5 a’zosidan 4 nafari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tayinlanadi;
“O‘zbekinvest Interneshnl” kompaniyasi aktivlarini boshqa strategiyasi va shakllari uning direktorlar Kengashi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 564-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy milliy faoliyat banki, “O‘zbekinvest” kompaniyasi, yetakchi chet el sug‘urta kompaniyalarini jalb etgan holda, kelgusida qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini tashkil qilish ishlarini davom ettirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
(7—9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 564-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-noyabr,
565-son