1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga muvofiq, mamlakatimiz va chet el investorlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurtaning zamonaviy tizimini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Milliy bank ulushi — 980 ming AQSH dollarini tashkil qiladigan tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha “Chartis Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasi qoʻshma korxonasi tashkil etilsin.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 564-modda)
2. Quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
“Oʻzbekinvest Interneshnl” kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasiga yoʻnaltirilayotgan xususiy chet el investitsiyalarini siyosiy tavakkalchiliklardan sugʻurtaviy himoya qilishni taʼminlash;
“Chartis Uzbekinvest” obunaviy agentligining sugʻurta shartnomalarini ekspertiza qilish va tuzish boʻyicha “Oʻzbekinvest Interneshnl” kompaniyasining agentligi funksiyalarini amalga oshirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-avgustdagi 187-sonli qarori tahririda)
“Chartis Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasi qoʻshma korxonasiniki — Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 564-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-yanvardagi PQ-1039-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekinvest Interneshnl” kompaniyasi va “AIG-Oʻzbekinvest” obunaviy agentligini, roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin 30 kun mobaynida ularning ustav sarmoyalariga badallar summasining 5 foizi miqdorida dastlabki ulush toʻlovini hamda ustav sarmoyasidagi “Oʻzbekinvest” ulushini qolganini teng miqdordagi ulushlar bilan bir yil mobaynida Respublika valyuta fondi hisobidan toʻlasin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 564-modda)
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
ustav sarmoyasining tuzilmasiga muvofiq “Oʻzbekinvest — Interneshnl” kompaniyasi direktorlari Kengashining 5 aʼzosidan 4 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tayinlanadi;
“Oʻzbekinvest Interneshnl” kompaniyasi aktivlarini boshqa strategiyasi va shakllari uning direktorlar Kengashi tomonidan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 564-modda)
7. “Chartis Uzbekistan” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasi qoʻshma korxonasini Toshkent shahar, Turob Toʻla koʻchasi, 1-uydagi Xalqaro Bank va Moliya Markazi binosiga joylashtirilsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy milliy faoliyat banki, “Oʻzbekinvest” kompaniyasi, yetakchi chet el sugʻurta kompaniyalarini jalb etgan holda, kelgusida qoʻshma sugʻurta kompaniyalarini tashkil qilish ishlarini davom ettirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
(7—9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 564-modda)