toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MULKChILIK VA XOʻJALIK YURITIShNING BARChA ShAKLLARIDAGI KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING YAGONA DAVLAT REGISTRI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-sonli “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaning ehtiyojlariga va xalqaro reyestrlarini shakllantirish prinsiplariga muvofiq mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrlarini ishlab chiqish va yuritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri (KTYADR) toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining Bosh hisoblash markazi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrining bosh ishlab chiquvchisi va egasi deb belgilansin.
3. Mazkur qaror qabul qilingunga qadar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatga olingan mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar ikki oy muddatda ular faoliyat koʻrsatayotgan joylardagi tegishli davlat statistika organida ularning korxonalar va tashkilotlar Yagona davlat registriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olsinlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki, yangidan tashkil etilgan xoʻjalik obyektlariga hisob-kitob schyotlari ochish bank muassasalari tomonidan statistika organining uning korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registriga kiritilganligi toʻgʻrisida guvohnomasi boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
5. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tegishli statistika organlarida korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registriga oʻz vaqtida kiritilishi uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
6. Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda xarajatlar smetasiga muvofiq mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrini yuritish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
7. Davlat matbuot qoʻmitasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda roʻyxatga olish kartochkalari chiqarilishini hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlarni ular bilan taʼminlashni tashkil etsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududida joylashgan xoʻjalik subyektlarini davlat roʻyxatiga kiritish haqida” 1992-yil 10-iyuldagi 318-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 17-noyabr,
555-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 555-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri toʻgʻrisida
NI3OM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalari va tashkilotlarining Yagona davlat registri (KTYADR)ni tashkil etish va uning amal qilishi maqsadlarini, registrning xoʻjalik yurituvchi subyektlari tarkibini, registr axborot fondi mazmunini, KTYADRdan foydalanuvchilarning oʻzaro munosabatlari tartibini, KTYADRni yaratishda va uni yuritishda qatnashuvchi tashkilotlarning vakolatlarini belgilab beradi.
2. Mulkchilik va xoʻjalik yuritishning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha xoʻjalik subyektlarini qayd etuvchi asosiy kompleks avtomatlashtirilgan registr hisoblanadi.
II. KTYADRNI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYAT KOʻRSATIShI MAQSADLARI
3. KTYADRni tashkil etish va uni joriy etishning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar va tashkilotlarni yagona davlat hisobiga olishni taʼminlash;
KTYADRda nazarda tutilgan aniq moʻljalli va iqtisodiy koʻrsatkichlar negizida yalpi kuzatishni yuritish, shuningdek, bir yoʻla va tanlab oʻtkaziladigan tadqiqotlar va roʻyxatga olishlarni tashkil etish;
respublika va hududiy boshqaruv organlarining axborot almashishida ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning bir-biriga toʻgʻri kelishini va taqqoslanishini taʼminlash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning respublika axborot makoni doirasida oʻzaro hamkorlik qilishlarida ularni identifikatsiyalashtirishning yagona prinsiplarini taʼminlash;
ishonchli statistika axboroti toʻplash va ular bilan boshqaruv organlarini va boshqa foydalanuvchilarni taʼminlash.
III. KTYADRNING XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARI TARKIBI
4. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxona, tashkilotlar, muassasalar, korxonalarning birlashmalari, korxona va muassasalarning alohida boʻlinmalari, barcha tashkiliy-hududiy shakllardagi boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar KTYADR subyekti hisoblanadilar*.
* Keyingi oʻrinlarda korxona va tashkilotlar deb ataladi.
IV. KTYADR AXBOROT FONDINING MAZMUNI
5. KTYADR axborot fondi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
identifikatsiyalashtirish koʻrsatkichi — subyektning roʻyxatga olish kodi;
klassifikatsiya koʻrsatkichlari — subyektning tarmoq, hududiy jihatdan kimga tegishliligini, boʻysunishini, mulkchilik tashkiliy — huquqiy shaklini tavsiflaydi;
maʼlumotnoma tusidagi koʻrsatkichlar — manzillar, telefon raqamlari, muassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqalar;
iqtisodiy koʻrsatkichlar — subyektni tavsiflovchi alohida maʼlumotlar.
KTYADR axborot fondining koʻrsatkichlari tarkibi roʻyxatga olish kartasida keltirilgan (1-ilova).
Maʼlumotlar tarkibiga barcha oʻzgartirishlar “Oʻzistiqbol” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi.
6. Korxonalar va tashkilotlarning umumrespublika klassifikatori (KTUT), tarmoq (XXTUT) va hududiy (MXOBT) qarashlilik klassifikatorlari, mulkchilik shakllari (MShT) va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-hududiy shakllari (THShT) identifikatsiyalashtiruvchi va klassifikatsiyalash koʻrsatkichlari shakllantirish manbalari hisoblanadi, maʼlumotnoma va iqtisodiy koʻrsatkichlar— roʻyxatga olish kartasi maʼlumotlari.
7. KTYADRning amaldagi dasturiy texnologik va axborot muhiti quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
subyektlarni bir yoki bir nechta axborot belgilari boʻyicha istalgan jamlikda tanlash va guruhlarga ajratish;
boshqa idoralarning registrlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
KTYADR maʼlumotlarini qogʻozda, disketda, aloqa vositalari orqali tanlash va berish;
KTYADR maʼlumotlarini yangilash va dolzarblashtirish;
KTYADR maʼlumotlarini himoya qilish va ularning maxfiyligini taʼminlash.
V. KTYADRNING TUZILISh PRINSIPLARI
8. KTYADR xoʻjalik subyektlari toʻgʻrisidagi axborot-maʼlumotnoma tusidagi vaqti-vaqti bilan yangilanadigan maʼlumotlardan iborat boʻlgan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi hamda zarur axborotni shakllantirish, saqlash, yangilash, dolzarblashtirish va taqdim etishning yagona metodologik va dasturiy-texnologik prinsiplari asosida tuziladi.
9. Respublika va mintaqaviy darajalarda ishlovchi klassifikatorlarning avtomatlashtirilgan maʼlumotlar banki KTYADR tarkibidagi korxonalar va tashkilotlarni avtomatlashtirilgan hisobga olishning axborot asosi hisoblanadi.
10. Klassifikatorlarning avtomatlashtirilgan maʼlumotlar banki boʻlgan yagona dasturiy-texnologik muhit KTYADRni tashkil etishning asosiy prinsipi hisoblanadi.
VI. KTYADRNI YURITISh TARTIBI
11 Yangidan tashkil etilgan korxonalar, tashkilotlar KTYADR egasiga oʻzlarining tegishli organda roʻyxatga olinganliklari toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasini va manzil va iqtisodiy koʻrsatkichlarga tegishli qismi toʻldirilgan roʻyxatga olish kartasini taqdim etadilar.
Yangidan tashkil etilgan korxonalar, tashkilotlar maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda roʻyxatga olish kartasining 35-38-bandlarini toʻldirmaydilar.
KTYADR shakllanayotgan paytda mavjud boʻlgan korxonalar, tashkilotlar KTYADR egasiga faqat roʻyxatga olish kartasini toʻldiradilar va taqdim etadilar.
12. KTYADR egasi tomonidan korxona, tashkilot registrga kiritilayotganda KTUK kodi va uning tarmoq va hududiy jihatdan kimga tegishliligini, boʻysunishini, mulkchilik, tashkiliy-huquqiy shaklini belgilovchi kodlarni beradi hamda materiallar taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda statistika organining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bosilgan KTYADRga kiritilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi (2-ilova).
13. Roʻyxatga olish kartasiga kiritilgan koʻrsatkichlar oʻzgartirilganda korxonalar va tashkilotlar oʻn kun muddatda bu haqda KTYADR egasiga maʼlum qilishga majburdirlar.
14. Yuridik shaxs tugatilayotganda tugatish komissiyasi yoki uni tugatishga vakil qilingan boshqa organ oʻn kun muddatda bu haqda KTYADR egasini xabardor qilishi kerak.
Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda KTYADR egasi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organ tomonidan:
yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organ tomonidan ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi olingan kundan keyingi kundan kechikmay — yuridik shaxs tugatish jarayonida ekanligi;
tugatish toʻgʻrisida Davlat reyestriga yozuv qayd etilgandan keyin bir hafta muddatda — yuridik shaxs tugatilganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6iyundagi 109-sonli qarori asosida ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
15. KTYADRga tuzatishlar kiritish axborotning tushishiga qarab oʻzgartirilgan maʼlumotlarni olish esa yilning har choragida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. KTYADRga kiritilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etmaslik, taqdim etish muddatlariga rioya qilmaslik, ularni buzish, shuningdek, roʻyxatdan oʻtishdan bosh tortish Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
( 16 - band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
VII. KTYADR BILAN UNDAN FOYDALANUVChILARNING OʻZARO MUNOSABATLARI TARTIBI
17. Bunday axborotdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar KTYADRdan foydalanuvchilar boʻlishlari mumkin.
Maʼlumotlardan foydalanish tartibini amaldagi qonunchilik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi belgilaydi.
18. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar KTYADRdan boshqa foydalanuvchilarning KTYADR egasi bilan oʻzaro munosabatlari va axborotni taqdim etish shakli shartnoma asosida belgilanadi. Foydalanuvchilarga KTYADRdan olingan axborotni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
VIII. KTYADRNI TAShKIL ETISh VA UNI YURITIShDA QATNAShUVChI TAShKILOTLARNING FUNKSIYALARI
19. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika qoʻmitasining Bosh hisoblash markazi KTYADR egasi, KTYADRning viloyat va tuman (shahar) darajalaridagi egasi esa “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining tegishli organi hisoblanadilar.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi:
KTYADR subyektlarini davlat roʻyxatiga olishga uslubiy rahbarlik qilishni, muvofiqlashtirish va uni nazorat etishni hamda uning yuritilishini taʼminlaydi;
iqtisodiy koʻrsatkichlarning tarkibini, ularni olish tartibi va manbalarini, ularni hisoblab chiqish metodologiyasini yangilash, natijali axborotni dolzarblashtirish va shakllantirish tartibini belgilaydi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining Bosh hisoblash markazi:
toʻliq hajmda KTYADR maʼlumotlari bazasi egasi funksiyasini amalga oshiradi (yangilash, dolzarblashtirish, ishonchliligini, saqlanishini taʼminlash, ijozat berilganda tanishtirish);
davlat roʻyxatidan oʻtgan KTYADR subyektlarini yagona davlat roʻyxatiga olishni tashkil etadi;
respublika darajasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yangidan tashkil etiladigan korxonalar va tashkilotlarga KTUT identifikatsiyalashtirish kodlarini beradi;
KTYADRning axborot asosi sifatida korxonalar va tashkilotlarning umumrespublika klassifikatori (KTUT), shuningdek, boshqa klassifikatorlarning davlat etalonining avtomatlashtirilgan tartibda yuritilishini taʼminlaydi;
davlat statistikasining mintaqaviy organlaridan KTYADRga kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni hamda mana shuning asosida umuman respublika boʻyicha KTYADR maʼlumotlarining yangilanishi va dolzarblashtirilishini taʼminlaydi;
roʻyxatga oluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlikda KTYADR yuritilishni taʼminlaydi;
davlat boshqaruvi mintaqaviy organlarining registrlari va maʼlumot bazalari bilan KTYADRning oʻzaro munosabatlarini taʼminlaydi;
belgilangan tartibga muvofiq KTYADRdan foydalanuvchilarga maʼlumotnoma xizmati koʻrsatishni amalga oshiradi.
22. Davlat statistikasining mintaqaviy organlari quyidagilarni amalga oshiradilar:
hokimiyatning mintaqaviy organlarida roʻyxatdan oʻtgan KTYADR subyektlarini davlat hisobiga olish;
mintaqada davlat roʻyxatidan oʻtgan yangidan tashkil etilgan korxonalarga KTUT identifikatsiyalashtirish kodlarini berish;
mintaqa darajasida KTYADRni avtomatlashtirilgan tartibda yuritish;
KTYADR koʻrsatkichlari tarkibi boʻyicha statistika axboroti toʻplash va shakllantirish;
mintaqaviy darajada KTYADRga oʻzgartirishlar kiritish va ular, belgilangan tartibda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining Bosh hisoblash markaziga yuborish;
KTYADR subyektlari boʻyicha maʼlumotlarni dolzarblashtirish;
tegishli hududda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshiruvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
KTYADRdan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda axborot xizmati koʻrsatish.
IX. XOʻJALIK SUBYEKTLARINI DAVLAT REGISTRIDAN OʻTKAZISh BILAN BOGʻLIQ MASALALARDA DAVLAT STATISTIKA ORGANLARINING DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUV ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGI
23. KTYADR taqsimlangan, integratsiya qilingan registr subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki sifatida barcha maʼmuriy-hududiy darajalarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki registrlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Tomonlarning oʻzaro munosabatlari tegishli ikki tomonlama bitimlar asosida amalga oshiriladi.
X. KTYADRNI TAShKIL ETISh VA UNI YURITIShNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh
24. KTYADRni tashkil etish va yuritish, shuningdek, foydalanuvchilarga reglament xizmati koʻrsatish davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
XI. KTYADRNI TUGATISh
25. KTYADRni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
KTYADR tugatilayotganda undagi mavjud maʼlumotlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxiviga topshiriladi.
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
MULKChILIK VA XOʻJALIK YURITIShNING BARChA ShAKLLARIDAGI KORXONA VA TAShKILOTLARNING YAGONA DAVLAT REGISTRI
‎‎
ROʻYXATGA OLISh KARTASI

1.‎

Korxona, tashkilotlarning

2.KTUT kodi

‎‎
(toʻla va qisqartirilgan) nomi
3.

‎‎(oʻzbek tilida)

‎‎4.

‎‎(rus tilida)

‎‎
5.‎ ‎‎DBIBT boʻyicha boshqaruv organining nomi: DBIBT kodi
‎‎
6.‎ XXTUT boʻyicha asosiy faoliyat turi: XXTUT kodi
‎‎
7.‎ Faoliyatning boshqa turlari (tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan tashkilotlar uchun): XXTUT kodi
‎‎
‎‎
‎‎
8.‎ ‎‎Mulkchilik shakli:

MSh kodi‎

‎‎
9.‎ Tashkiliy-huquqiy shakli:

THSh kodi

‎‎
10.‎ Budjet - 1, xoʻjalik hisobi - 2‎‎
11.‎ Boʻlimlar (boʻlimlar, filiallar, shuʼba korxonalar) soni
12.‎‎ Yollanma ishchi kuchidan foydalaniladi ha- 1, yoʻq - 2
‎‎
13.‎ ‎‎Korxonaning joylashgan oʻrni kodi: MHOBT kodi
14.‎ ‎‎Pochta indeksi: ‎
15.‎ ‎‎Pochta manzili:‎‎
‎‎

(viloyat)‎‎

(tuman)‎‎

(shahar, aholi yashaydigan joy)‎‎

(koʻcha, uy, korpus, kvartira)‎‎

16. Telefon:‎

17.‎

Teleks:‎
18.‎ Teletayp:‎

19. ‎

Telefaks:‎‎‎
20.‎‎ ‎Yuqori tashkilot: (filiallar uchun) KTUT kodi
21.‎‎

‎‎(nomi)

22.‎ Bank boʻlimi‎

23.‎

Hisob-kitob schyoti

(FPM kodi)‎

‎‎‏24.
‎‎

‎‎(bank muassasasining nomi)

25.‎ Muassislar: (nomi)‎‎‎

Ustav fondidagi ulush

‎‎

KTUT kodi

Ustav fondi miqdori
‎(ming soʻm)‎

%‎

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎

Jami:‎‎

‎‎‎
26.‎ ‎‎Qoʻshma korxonaning xorijiy muassislari (sheriklar) (uzoq xorijiy mamlakatlari-1; MDH mamlakatlari-2; aralash-3)
27.‎ ‎‎Xorijiy muassis(sherik) mamlakatining nomi

XUTT kodi

‎‎
‎‎
‎‎
28.‎ Xususiylashtirish sanasi

29.‎

Mulkka egalik qilish huquqi orderining tartib raqami

‎‎DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh MAʼLUMOTLARI

30.‎ ‎‎Roʻyxatga oluvchi organ (nomi)‎:
‎‎
‎‎
31.‎ Roʻyxatga olish tartib raqami ( -son qaror)‎

32.‎

Roʻyxatga olingan sana

(kun, oy, yil)‎

32.‎ Tugatish toʻgʻrisidagi qaror tartib raqami

34.‎

Tugatilgan sana

(kun, oy, yil)‎‎

________ YILDAGI IQTISODIY KOʻRSATKIChLAR ‎‎

35.‎ Roʻyxatdagi xodimlar soni (oʻrindoshlardan tashqari) (kishi)‎‎
36.‎ Balansdagi foyda (zarar) (ming soʻm)‎‎
37.‎ Mahsulot (ishlar, xizmatlar) jami (ming soʻm)‎‎
38.‎ Asosiy fondlarning qoldiq qiymati (ming soʻm)‎‎
‎‎Korxona rahbari (F.I.O.)‎‎ ‎‎
‎‎ ______________________________‎‎

MU‎‎

(imzo)‎‎

Roʻyxatga olish kartasini va kodlar ____________________________________________________
berilishi

‎‎(statistika organining nomi)

‎‎--------------------------------------------------- ekspertizadan oʻtkazdi
‎‎______________________‎ ‎‎_______________________________

(F.I.O.)‎

(imzo)

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
2-ILOVA
MULKChILIK VA XOʻJALIK YURITIShNING BARChA ShAKLLARIDAGI KORXONA VA TAShKILOTLARNING YAGONA DAVLAT REGISTRI

XOʻJALIK SUBYEKTI KORXONALAR VA
‎TAShKILOTLARNING DAVLAT REGISTRIGA KIRITILGANLIGI TOʻGʻRISIDA
‎G U V O H N O M A

1.‎ Toʻldirilgan sana:
2.‎ Korxona, tashkilotning (toʻla va qisqartirilgan) nomi KTUT kodi
------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
‎------------------------------------------------------------------------------------------------------------------‎‎
3.‎ ‎‎DBIBT boʻyicha boshqaruv organining nomi:

kod‎

‎-----------------------------------------------------------------------------------
4.‎ XXTUT boʻyicha asosiy faoliyat turi:

kod‎‎

-----------------------------------------------------------------------------------‎‎
5.‎ MShT ‎‎boʻyicha mulkchilik shakli:

kod‎‎‎

‎‎-----------------------------------------------------------------------------------
6.‎ THShK tashkiliy-huquqiy shakli:

kod‎

‎‎------------------------------------------------------------------------------------
7.‎ ‎‎Korxonaning joylashgan oʻrni:

kod‎

‎(DBIB boʻyicha toʻliq kod)‎

_____________________________________________________________________________________

(viloyat, tuman)‎‎

_____________________________________________________________________________________‎‎

(shahar, aholi yashaydigan joy)

_____________________________________________________________________________________‎‎

(koʻcha, -uy, korpus, kvartira)‎‎ ‎‎ ‎‎

8.‎ Davlat roʻyxatiga olish tartib raqami:‎
9.‎ ‎ ________________________________________________________________________ asosida

(qaror, buyruq va shu kabilar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan)‎‎

10.‎ ‎‎_____________________________________________________________________ tomonidan

(roʻyxatga oluvchi organning nomi)

davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazildi

DAVLAT STATISTIKA ORGANI RAHBARI
‎‎_____________________________‎

‎‎________________________

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)‎‎

MU‎