2025-yil yakuniga qadar “Oʻzmilliybank” AJ tajribasidan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham zargarlik markazlarini tashkil etsin;
90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi;
a) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan uzluksiz ravishda zarur miqdordagi qimmatbaho metallar bilan taʼminlanadi.
zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun litsenziya olish talabi bekor qilinadi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlariga qoʻyilgan talablar yengillashtiriladi hamda chegirma olish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddatlari qisqartiriladi;
ushbu zargarlik buyumlarini koʻrgazma va yarmarkalarda sotish hamda ularni invoys asosida “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish;
nazorat tadbirlarini oʻtkazish jarayonlariga “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi mutaxassislarini jalb qilish;
Asillik inspeksiyasining xulosasi boʻlmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi;
2027-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.
Turkiya, Xitoy, Hindiston davlatlaridan oʻquv kurslariga yuqori malakali xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilsin;
“Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va tegishli sertifikatni olgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;
qimmatbaho metallarni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
1-ILOVA|
1. |
Zargarlik sanoatiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish. |
|
2. |
Xalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish. |
|
3. |
Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish va koʻllab-quvvatlash, ularning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni hal etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. |
|
4. |
Zargarlik buyumlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazish, milliy brendlarni jahon bozorlarida ilgari surish, ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro koʻrgazmalarda munosib ishtirokini taʼminlash. |
|
5. |
Zargarlik sanoati uchun professional kadrlar tayyorlanishini yoʻlga qoʻyish, taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro hamkorlikni faollashtirish. |
|
6. |
Maxsus vakolatli organlar bilan birgalikda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini tashkil etish, ushbu buyumlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanmasining oldini olish, bunga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, qalbaki, asillik darajasiga muvofiq boʻlmagan zargarlik buyumlari sotilishiga barham berish. |
|
7. |
Davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, isteʼmolchilar hamda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
2-ILOVA|
1. |
Qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining asillik darajasini, shuningdek, ishlov berilgan va ishlov berilmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning gemmologik xususiyatlarini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
|
2. |
Zargarlik sanoatida foydalaniladigan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning gemmologik klassifikatorini ishlab chiqish. |
|
3. |
Zargarlik sohasida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari hamda malakalarni baholash markazini tashkil etish, ushbu yoʻnalishda kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarini zarur asbob-uskuna, xom ashyo materiallari va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash. |
|
4. |
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi huzurida “Zargarlik buyumlari boʻyicha usta”, “Zargarlik buyumlari savdosi boʻyicha mutaxassis”, “Gemmologiya”, “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish va ularni sayqallash” hamda “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar oʻymakorligi” yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlovchi oʻquv markazini tashkil etish. |
|
5. |
Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga xorijdan jalb qilingan dizayner, texnolog va marketologlarga ish haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish. |
|
6. |
Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiyaga muvofiq zarur toʻlovlarni (aʼzolik badallarini) amalga oshirish. |
|
7. |
Zargarlik sanoatining yagona elektron platformasini ishlab chiqish. |
|
8. |
Mahalliy mutaxassislarni xorijiy taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. |
|
9. |
Mahalliy zargarlik brendlarini xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish va ularning reklamasini tashkil qilish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy koʻmak koʻrsatish. |
|
10. |
Zargarlik sanoatida xalqaro standartlarning joriy etilishini taʼminlash va sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
3-ILOVA|
1. |
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika kengashi raisi |
|
2. |
D.A. Vaxabov |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari |
|
3. |
A.K. Mirsoatov |
— |
“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari |
|
4. |
L.Sh. Kudratov |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri |
|
5. |
K.A. Sharipov |
— |
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
|
6. |
B.F. Islamov |
— |
togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri |
|
7. |
X.B. Mustafayev |
— |
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
|
8. |
B.Yu. Abubakirov |
— |
Markaziy bank raisining oʻrinbosari |
|
9. |
A.Yu. Mavlonov |
— |
Bojxona qoʻmitasi raisi |
|
10. |
H.S. Turaxujayev |
— |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi |
|
11. |
A.J. Ortiqov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
|
12. |
Sh.H. Ortiqov |
— |
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi boshligʻi |
|
13. |
Q.S. Sanaqulov |
— |
“Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi |
|
14. |
A.X. Xursanov |
— |
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi |
|
15. |
Z.B. Badriddinov |
— |
“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruvi raisi |
|
16. |
Sh.A. Tuychibayev |
— |
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi, Respublika kengashi kotibi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
4-ILOVAT/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Ijro uchun masʼullar |
1. | Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga boʻlgan talabini qondirish. | 1. Davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga sotilishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlarini kunlik birja savdolariga chiqarish. Bunda: a) kunlik birja savdolarida sotilmagan qimmatbaho metallar hajmlari keyingi birja savdolariga qoʻyib boriladi; b) qimmatbaho metallar quyidagi shakllarda savdoga qoʻyiladi: 5 gramm, 20 gramm, 50 gramm, 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1 000 grammli oltin oʻlchov plastinalar va quymalar; 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1 000 grammli kumush oʻlchov plastinalar va quymalar; v) davlat buyurtmasi parametrlarida nazarda tutilgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari muddatidan avval sotilgan taqdirda, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolarida realizatsiya qilish uchun qoʻshimcha qimmatbaho metallar hajmlari ajratiladi. | 2024-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) |
2. “Oʻzmilliybank” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari omborxonalarida qimmatbaho metallar zaxiralarini shakllantirish. | 2024-yil 1-sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) | ||
3. “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilingan qimmatbaho metallarni sotib oluvchilarga ular tomonidan oldindan toʻlov majburiyatlari bajarilgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bevosita “Oʻzmilliybank” AJning omborxonalaridan yuklab berish tartibini joriy qilish. | 2024-yil 1-sentabr | |||
4. “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan zaxiraga qoʻyilgan qimmatbaho metallarning lozim darajada saqlanishini va butligini taʼminlash. | Doimiy | Markaziy bank (M. Nurmuratov), “Oʻzmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) | ||
5. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotib olinadigan qimmatbaho metallar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJga bank kafolatlarini taqdim etish yoki ular foydasiga maxsus hisobvaraqlarda depozitlar joylashtirish. | Talabga binoan | Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari | ||
2. | Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash. | 1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 20 million AQSH dollari ekvivalentidagi maqsadli resurslarini tijorat banklariga ularning buyurtmalariga asosan 5 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 3 foiz bandga past foiz stavkada depozitga joylashtirish. | Tijorat banklarining buyurtmalariga asosan | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Sh. Vafayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev) |
2. Depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga investitsiya loyihalarini amalga oshirish, asbob-uskuna va ehtiyot qismlarini xarid qilish hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadlariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha boʻlgan muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 3 foiz bank marjasi) milliy valyutada kreditlar ajratish. | Buyurtmaga asosan | |||
3. | “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi aʼzolariga soliq imtiyozlarini taqdim etish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun berilgan soliq imtiyozlarini “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etish; “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan koʻchmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalarini mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod qilish. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. Zargarlik faoliyati bilan shugʻullanishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularning xohishiga koʻra “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga kompozit usulda yuborish tartibini joriy qilish. | 2024-yil 1-sentabr | |||
4. | Zargarlik sanoatining yagona elektron platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish. | 1. Yagona elektron platforma boʻyicha texnik shartlar loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil 1-noyabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov) |
2. Yagona elektron platformani ishga tushirish. | 2025-yil 1-iyun | |||
3. Yagona elektron platformani Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ va boshqa manfaatdor tashkilotlar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | 2026-yil 1-yanvar | |||
5. | Oʻzbekistonda tashkil qilinadigan koʻrgazma va yarmarkalar ishtirokchilarining vaqtincha olib kiriladigan tovarlarini ularning xohishiga koʻra, Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiya (1990-yil 26-iyun, Istanbul) talablariga muvofiq A. T. A. karnetlari asosida rasmiylashtirish. | Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiyaga muvofiq ATA karnetlari tizimi boʻyicha aʼzolik badalini toʻlab berish uchun Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan zarur pul mablagʻlarini ajratish. | 2025-yil 1-aprel | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev) |
6. | Zargarlik buyumlari eksportini oshirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini AQSHga “GSP” tizimi boʻyicha eksport qilish yuzasidan vakolatli organlar bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2024-yil 1-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini Markaziy Osiyo davlatlariga bojxona toʻlovlarining nol stavkasini qoʻllagan holda olib kirish yuzasidan vakolatli organlar bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2024-yil 1-sentabr | |||
2025-yil 1-yanvar | ||||
4. Jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlarini hisobga olish tizimini joriy etish maqsadida Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirish kiritish va maʼlumotlarni Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etish. | Har oyda | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Milliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) | ||
5. Mazkur Farmonga muvofiq joriy qilinayotgan xorijiy davlatlardagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini (TIF TN kodi 7113 va 7114) “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirish, ushbu buyumlarni keyinchalik sotish hamda invoys asosida “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish tartibi yuzasidan bojxona organlari xodimlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish. | 2024-yil 1-oktabr | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) | ||
7. | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning noqonuniy aylanmasini kamaytirish hamda qalbaki, asillik darajasiga muvofiq boʻlmagan zargarlik buyumlari sotilishiga barham berish. | 1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning qonunga xilof ravishda aylanishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2024-yil 1 sentabr | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Sh. Soxibnazarov), Ichki ishlar vazirligi (Sh. Raxmonov), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (H. Turaxujayev) |
2. Chora-tadbirlar rejasini oʻz vaqtida toʻliq ijrosini taʼminlash. | Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq | |||
3. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning qonunga xilof ravishda aylanishiga chek qoʻyish tadbirlarini oʻtkazishda nazorat xaridlarini amalga oshirishga ruxsat berish. | 2024-yil 1-sentabr | |||
4. Zargarlik buyumlarining klassifikatori va oʻlchov birliklarini tasdiqlash. | 2024-yil 1-dekabr | Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) | ||
5. Zargarlik buyumlarining turlari boʻyicha mahsulot kodlarini ishlab chiqish. | 2024-yil 1-noyabr | Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Statistika agentligi (B. Begalov) | ||
6. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilish, ularni tamgʻalash va asillik darajasini aniqlash qoidalariga rioya qilishni tekshirish bilan bogʻliq nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Vakil) bilan oldindan kelishmasdan uni xabardor qilish orqali oʻtkazish tartibini joriy qilish. Bunda: Vakilni oʻtkazilayotgan tekshirish haqida xabardor qilish — tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida u haqidagi maʼlumotlarni Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi; “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi Asillik inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlariga tatbiq etilmaydi. | 2024-yil 1-oktabr | Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (H. Turaxujayev) | ||
7. Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining asilligini tezkor tekshirish shoxobchalarini tashkil etish. | 2025-yil 1-yanvar | |||
8. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 219-moddasiga mansabdor shaxslar uchun belgilangan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha oshirish yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish. | 2024-yil 1-oktabr | |||
8. | Professional taʼlim muassasalarida “Zargarlik buyumlari boʻyicha usta”, “Zargarlik buyumlari savdosi boʻyicha mutaxassis”, “Gemmologiya”, “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish va ularni sayqallash” hamda “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar oʻymakorligi” yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. | 1. Zargarlik yoʻnalishida oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalarini belgilash. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Geologiya va geofizika instituti (A. Xolikov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov) |
2. Professional taʼlim muassasalarini laboratoriya uskunalari va malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash. | 2025-yil 1-iyul | |||
3. Ilgʻor xorijiy tajribalardan kelib chiqib oʻquv kurslarining oʻquv reja va modullarini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-avgust | |||
4. Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan oʻquv kurslari uchun xorijiy oʻquv metodik materiallarni xarid qilish, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish va taʼlim muassasalariga yetkazish. | 2025-yil 1-avgust | |||
5. Oʻquv kurslarining amaliy darslarini bevosita zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda oʻtkazish. | Oʻquv kurslari davomida | |||
6. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga tegishli malakani egallaganligi toʻgʻrisida sertifikat berish. | Oʻquv kurslari yakuniga koʻra | |||
7. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi qoshida malakalarni baholash markazini tashkil qilish. | 2025-yil 1-iyul | |||
9. | Zargarlik yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarining amaliy mashgʻulotlar sifatini oshirish. | 1. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish. | 2024-yil 1 sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov) |
2. Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda boshqa zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarini Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan zamonaviy asbob-uskuna va xom ashyo materiallari bilan taʼminlash. | 2024-yil 1-noyabr | |||
3. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma asosida oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | |||
4. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarining amaliy mashgʻulotlarini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida tashkil qilish. | 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab | |||
10. | Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan ishlash faoliyatini yanada rivojlantirish. | 2025-yil 1-iyul | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Geologiya va geofizika instituti (A. Xolikov) | |
2025-yil 1-yanvar | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |||
2026-yil 1-sentabr | “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Geologiya va geofizika instituti (A. Xolikov) | |||
11. | “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | 1. “Hunarmand” uyushmasining hisob raqamiga kelib tushgan aʼzolik badallarini Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish. 2. Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratib borish. | Talabga koʻra | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Hunarmand” uyushmasi (J. Oʻroqov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
3. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, M. Shayxzoda koʻchasi, 61 A-uy manzilida joylashgan Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga 49 yilga tekin foydalanishga berish. | 2024-yil 1-noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) | ||
12. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zargarlik markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini tasdiqlash. | 1. Zargarlik markazini tashkil etish uchun Yakkasaroy tumani, A. Avloniy koʻchasi, 20a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni “Oʻzmilliybank” AJning investitsiya kompaniyasi muassisligida yangi tashkil etiladigan loyiha kompaniyasiga baholangan qiymatda, toʻlovlarni 3 yil muddatda boʻlib toʻlash sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma boʻyicha sotish. Bunda, qarzdorlik qoldigʻiga foiz hisoblanmaydi hamda obyekt qiymatining 35 foizi amalga oshirilgandan soʻng xaridorga obyektga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi (tasarruf etish huquqisiz) davlat orderi beriladi. | 2024-yil 1-avgust | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) |
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zargarlik markazlarini tashkil etish; zargarlik markazlarini tashkil etish uchun boʻsh yer uchastkalarini yoki bino va inshootlarni yaxlit yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda toʻlovlarni 5 yil muddatda boʻlib toʻlash sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov savdolariga chiqarish; qarzdorlik qoldigʻiga foiz hisoblamaslik hamda obyekt qiymatining 35 foizi amalga oshirilgandan soʻng xaridorga obyektga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi (tasarruf etish huquqisiz) davlat orderini berish. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), “Oʻzmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) | ||
13. | Zargarlik sanoatida hisob-kitoblarni amalga oshirishda “xedjing” tizimidan foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash. | Zargarlik sanoatida hisob-kitoblarni amalga oshirishda “xedjing” tizimidan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
14. | “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ orqali qimmatbaho metallarni xarid qilishda toʻlanadigan birja komissiyalarini kamaytirish. | “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ orqali qimmatbaho metallarni xarid qilishda toʻlanadigan birja komissiyalarini 2 baravarga kamaytirish. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov) |
15. | Aholi va tadbirkorlik subyektlarining zargarlik tarmogʻida yaratilgan imkoniyatlar haqidagi bilimini oshirish. | 1. Biznes vakillari ishtirokida zargarlik sohasida yaratilgan imkoniyatlarni, qabul qilingan hujjatlarning maqsad va mazmunini tushuntirish boʻyicha davra suhbatlari, munozaralar va telekoʻrsatuvlar oʻtkazish. | Har oyda kamida bittadan | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi |
2. Mahalliy zargarlik buyumlarining yangi kolleksiyalarini televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn savdo platformalari va yirik savdo komplekslarida reklama qilish va namoyish etish. | Doimiy | |||
3. Nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda Oʻzbekiston zargarlarining ishtirokini taʼminlash. | 2024-2025-yillarda kamida 20 ta koʻrgazmada | |||
4. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari koʻmagida xorijda zargarlik mahsulotlari bozorining imkoniyatlari yuzasidan axborot-tahliliy maʼlumot tayyorlash va natijalarini “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga taqdim etish. | 2024-yil 1-oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) | ||
16. | Yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish tartibini belgilash. | Yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Loyihada: tayyor va yarim tayyor zargarlik buyumlari tushunchasi; yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish shartlari; yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibini belgilash. | 2024-yil 1-noyabr | Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
17. | Zargarlik buyumlarini qiymati eʼlon qilingan xalqaro posilkalarda yuborish mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatini tuzish. | Qiymati eʼlon qilingan xalqaro posilkalarda zargarlik buyumlarini yuborish mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatini shakllantirish hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJning rasmiy veb-saytida joylashtirish va doimiy yangilab borish. | 2024-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
18. | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini takomillashtirish. | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini takomillashtirish, ushbu faoliyatni amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlarni qoʻllab-quvvatlash va ular uchun qulay sharoitlarni yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-dekabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
19. | Aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning parchalari hamda qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni xarid qilish faoliyatini tartibga solish. | Aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning parchalari hamda qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni xarid qilish faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-dekabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (H. Turaxujayev), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
5-ILOVA|
T/r |
Koʻrsatkich nomi |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
Masʼul ijrochilar |
|||
|
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil |
2027-yil |
||||
|
1. |
Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik quvvati |
kg |
12 000 |
15 000 |
20 000 |
30 000 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
2. |
Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik hajmi |
million AQSH dollari |
500 |
1 000 |
1 200 |
1 500 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
3. |
Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik quvvati |
kg |
6 000 |
7 000 |
8 000 |
9 000 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
4. |
Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik hajmi |
million AQSH dollari |
4 |
5,2 |
6,6 |
9,9 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
5. |
Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarining eksport hajmi |
million AQSH dollari |
85 |
100 |
200 |
300 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
6. |
Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarining eksport hajmi |
ming AQSH dollari |
400 |
450 |
550 |
700 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
7. |
Zargarlik sanoatida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni |
ta |
700 |
2 000 |
3 000 |
4 000 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
8. |
Taʼlim muassasalarida zargarlik yoʻnalishi boʻyicha tayyorlanadigan mutaxassislar soni |
nafar |
- |
300 |
500 |
700 |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
9. |
Xorijiy taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlariga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan mahalliy mutaxassislar soni |
nafar |
- |
20 |
40 |
70 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
10. |
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar va affinaj korxonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va birja savdolari orqali sotiladigan oltin hajmlari |
kg |
10 000 |
15 000 |
20 000 |
25 000 |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) |
|
11. |
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar va affinaj korxonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va birja savdolari orqali sotiladigan kumush hajmlari |
kg |
4 000 |
5 000 |
6 000 |
7 000 |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
6-ILOVA|
“ |
||
|
4. |
Qimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan boshqa buyumlar* |
7106, 7107 — 7111 00 000 0, 7112, 7115 |
|
”; |
2024-yil 1-noyabrdan boshlab qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalarini (TIF TN kodi 7112) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda;
|
“ |
||||
|
2. |
Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji bino va inshootlari |
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda koʻchasi, 61A |
Qirq toʻqqiz yil muddatga bepul foydalanish huquqi asosida |
Zargarlik klasteri. Tarkibida — quyish sexlari, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish maydonlari, zargarlik mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari. Zargarlik buyumlarini yillik ishlab chiqarish quvvati: oltin boʻyicha — 200 kg, kumush boʻyicha — 1 200 kg. 150 oʻringa ega oʻquv markazi (mutaxassisliklar: mahkamlovchilar, maydalovchilar, 3D dizayn va modellashtirish). |
|
”. |
|
“ |
||||
|
7. |
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
49 |
49 |
|
|
shu jumladan boshliqning oʻrinbosarlari soni |
1 |
1 |
||
|
”. |
||||
b) “7113” va “7114” pozitsiyalarning “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “20” raqami “20****” raqami bilan almashtirilsin;
“*** Stavka importnoy tamojennoy poshlini v otnoshenii ligaturi, ispolzuyemoy v yuvelirnoy promishlennosti (kod TN VED 7106 92 000 0) s 1-oktabrya 2024 goda po 1-oktabrya 2027 goda vklyuchitelno sostavlyayet 0 protsentov.
|
“ |
||
|
22. |
Zargarlik sohasida ishlatiladigan plitalar, listlar, plyonkalar, lentalar, tasmalar va boshqa tekis shakllar |
3919 10 800 0, 3921 90 900 0 |
|
”. |
b) 2-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 3-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: