Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son
Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
turar joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlashtirish tartibini bekor qilish;
turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishda joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni, shu jumladan ijara shartnomasini ilova qilish talabini bekor qilish;
xostel boʻyicha mehmonxona va vaqtincha turar joy xizmati koʻrsatilishini tashkil qilish hamda uni Reyestrga kiritish boʻyicha soʻrovnomaga koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni, shu jumladan ijara shartnomasini ilova qilish talabini bekor qilish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son
qarorida:
a)
2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaz ariza beruvchining koʻchmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

v)
19-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 861-bandi
“n” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentining
8-bandida:
a)
birinchi xatboshidagi “Xostel boʻyicha mehmonxona” soʻzlari “Xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlar boʻyicha mehmonxona” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi”.