Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining
46-moddasiga asosan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son
Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan
ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruqqa ilovaning
6 — 10 bandlari 2024-yilning 3-avgustidan amalga oshiriladi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2007-yil 20-fevraldagi 40-son “Bogʻ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilgan holatlarda yer ijara shartnomasini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1663, 2007-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 104-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining 2007-yil 31-avgustdagi 81, 32, 163, EG-01/22-4209, 01/1829-son “Paxta xom ashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1711, 2007-yil 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 369-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/3-son “Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki depozit sertifikatlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1858, 2008-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 397-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-dekabrdagi 35/8-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikatlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1858-1, 2016-yil 12-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 2-son, 15-modda).
5. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 11-dekabrdagi 534-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2060, 2010-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 9-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 6-oktabrdagi 14-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2147, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 357-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 6-avgustdagi 01/17-26/08-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2147-1, 2013-yil 21-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 461-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2020-yil 29-sentabrdagi 04/19-05/01-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2147-2, 2020-yil 13-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 10/20/2147-2/1394-son).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 23-maydagi 04/05-05/01-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2147-3, 2023-yil 31-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2147-3/0311-son).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 20-sentabrdagi 11/05-05/01-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2147-4, 2023-yil 9-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 10/23/2147-4/0759-son).
11. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 1-iyuldagi 38-B-son “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2243, 2011-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 294-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 3-martdagi 4-B-son “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish haqidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2243-1, 2015-yil 16-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 11-son, 129-modda).