Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-son qarori (roʻyxat raqami 3002, 2018-yil 25-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/3002/1102-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomning
1-ilovasi 46-pozitsiyasi,
2-ilovasi 23-pozitsiyasi va 3-ilovasi
oʻttiz beshinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 26-maydagi 19/2-son qarori (roʻyxat raqami 3031, 2018-yil 2-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/3031/1441-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalarining
40-ilovasi 23-pozitsiyasidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/6-son qarori (roʻyxat raqami 3219, 2020-yil 10-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3219/0160-son) bilan tasdiqlangan Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomning
1-ilovasi 20-pozitsiyasi va
9-ilovasi 1-pozitsiyalaridagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/12-son qarori (roʻyxat raqami 3229, 2020-yil 13-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3229/0455-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi
nizomda:
65-bandning
“g” va
“d” kichik bandlaridagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 14-sentabrdagi 1/7-son qarori (roʻyxat raqami 3320, 2021-yil 17-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 10/21/3320/0879-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib xarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
12-bandi va 4-ilova
matnidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.