toggle_night_mode
Hujjat 21.07.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida boʻlishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2241-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 22-iyundagi 178-son “Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida boʻlishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2241, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 287-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2024-yil 21-iyul kunidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-iyun,
17-son
Kelishildi:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2024-yil 4-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 5-iyundagi 17-son buyrugʻiga
ILOVA
“Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida boʻlishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) nomi va 1-banddagi “Shoshilinch tibbiy” degan soʻzlar “Birlamchi shoshilinch” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi ““Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 215-modda) 17-moddasiga” degan soʻzlar ““Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “Shoshilinch tibbiy” degan soʻzlar “Birlamchi shoshilinch” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 3-bobdan 1-pozitsiya chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 10/24/2241-1/0424-son)