Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining
47-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 22-iyundagi 178-son “Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida boʻlishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2241, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 287-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2024-yil 21-iyul kunidan eʼtiboran kuchga kiradi.
a)
nomi va
1-banddagi “Shoshilinch tibbiy” degan soʻzlar “Birlamchi shoshilinch” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
muqaddimadagi ““Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 215-modda) 17-moddasiga” degan soʻzlar ““Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a)
nomidagi “Shoshilinch tibbiy” degan soʻzlar “Birlamchi shoshilinch” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
3-bobdan 1-pozitsiya chiqarib tashlansin.