toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Birlamchi shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida bo‘lishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 5-iyundagi 17-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2241-1, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 10/24/2241-1/0424-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2241]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasiga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 5-iyundagi 17-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2241-1, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 10/24/2241-1/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Birlamchi shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida bo‘lishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 5-iyundagi 17-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2241-1, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 10/24/2241-1/0424-son)
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-iyun,
178-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2011-yil 22-iyundagi 178-son buyrug‘iga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Birlamchi shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida bo‘lishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolar
RO‘YXATI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 5-iyundagi 17-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2241-1, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 10/24/2241-1/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tibbiy ashyolar nomi‎‏

Chiqarilish shakli (o‘lchami)

Miqdori, avtotransport kategoriyasiga ko‘ra‎‎

B (M1)‎

C (N1, N2, N3)‎

D (M2, M3)‎

I. Tashqi qon ketishni vaqtinchalik to‘xtatish va jarohatlarga bog‘lam qo‘yish uchun

1.‎

Qon to‘xtatuvchi jgut‎

1 dona‎

1 dona‎

3 dona‎

2.‎

Nosteril tibbiy dokali bint‎

5 m x 5 sm‎

2 dona‎

2 dona‎

5 dona‎

3.‎

Nosteril tibbiy dokali bint‎

5 m x 10 sm‎

2 dona‎

2 dona‎

5 dona‎

4.‎

Nosteril tibbiy dokali bint‎

7 m x 14 sm‎

1 dona‎

1 dona‎

3 dona‎

5.‎

Nosteril tibbiy dokali bint‎

5 m x 7 sm‎

2 dona‎‎

2 dona‎‎

5 dona‎‎

6.‎

Steril tibbiy dokali bint‎

5 m x 10 sm‎

2 dona‎‎

2 dona‎‎

5 dona‎‎

7.‎

Steril tibbiy dokali bint‎

7 m x 14 sm‎

1 dona‎

1 dona‎

5 dona‎‎‎

8.‎

Steril bog‘lam uchun paket‎

1 dona‎

1 dona‎

5 dona‎‎‎

9.‎

Steril tibbiy dokali salfetkalari‎

16 sm x 14 sm dan kam bo‘lmagan, № 10‎

1 quti‎

1 quti‎

3 quti ‎

10.‎

Bakteritsid leykoplastir‎

4 sm x 10 sm dan kam bo‘lmagan‎

2 dona‎

2 d�na‎

5 dona‎

11.‎

Bakteritsid leykoplastir‎

1,9 sm x 7,2 sm dan kam bo‘lmagan‎

2 dona‎

5 dona‎

15 dona‎

12.‎

Rulonli leykoplastir‎

1 sm x 250 sm dan kam bo‘lmagan‎

1 dona‎

1 dona‎

3 dona‎

II. Yurak o‘pka reanimatsiyasi vositalari

1.‎

“Og‘iz-vosita-Og‘iz” usulida sun’iy nafas o‘tkazish uchun to‘siq vositasi‎

1 dona‎

1 dona‎

2 dona‎

III. Boshqa vositalar

2.‎

Qaychi‎

1 dona‎

1 dona‎

2 dona‎

3.‎

Tibbiy qo‘lqoplar‎

O‘lchami “M” dan kam bo‘lmagan‎

1 juft‎

1 juft‎

5 juft‎

4.‎

Tibbiyot qutichasi‎

1 dona

Izoh:
1. Yaroqlilik muddati o‘tgan va o‘ramiga zarar yetgan dori vositalari hamda tibbiy ashyolar qo‘llanilishi taqiqlanadi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori (O‘zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 12-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.9-bandi talablariga muvofiq tibbiyot qutichasi transport vositalarini ishlab chiqargan tashkilot tomonidan belgilangan joyga mustahkam o‘rnatiladi. Agar transport vositasini konstruksiyasida bunday joy ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, tibbiyot qutichasi oson olinadigan joyda bo‘lishi lozim.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 5-iyundagi 17-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2241-1, 19.06.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 10/24/2241-1/0424-son)
Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-iyun
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 287-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 10/24/2241-1/0424-son)