Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 12-iyuldagi 7-mh, 52-son qarori (roʻyxat raqami 2820, 2016-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31 son, 383-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining (maktablar, maktab-internatlar) uzaytirilgan kun guruhlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisida nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.”.
2.
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Toʻlov umumiy oʻrta taʼlim muassasasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.”.
3.
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Uzaytirilgan kun guruhlarining buxgalteriya hisobini yuritish umumiy oʻrta taʼlim muassasasining buxgalteri yoki maktabgacha va maktab taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.”.
“27. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining direktori va buxgalteri yoki maktabgacha va maktab taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining bosh buxgalteri toʻlovlarning maqsadli sarflanishi uchun javobgar hisoblanadi.
28. Toʻlovlardan tushgan mablagʻlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi hamda maqsadli sarflanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat departamenti tomonidan olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.”.