toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAShQI IShLAR VAZIRLIGINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh VA TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 25-fevraldagi Farmoniga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja martabalari belgilash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisida Nizom hamda uning markaziy apparati tuzilmasi, qoʻshimcha ravishda 112 nafar xodim ajratilgan holda, uning xodimlari soni 384 kishidan iborat qilib tasdiqlansin (1 va 2-ilovalar).
Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga vazirning olti nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
3. Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda, tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq uning markaziy apparati va uning muassasalar xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazsin.
4. Diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi tashkil etilsin va uning toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (3-ilova).
5. Tashqi ishlar vazirligi tizimida maxsus unvonlar xodimlarning diplomatik martabalari belgilansin va ular toʻgʻrisidagi Nizom (4-ilova), shuningdek, diplomatik xodimlarni diplomatik martabalari hamda koʻp yil ishlaganlik uchun qoʻshimcha haq miqdorlari (5 va 6-ilovalar) tasdiqlansin.
1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik xodimlari uchun vakillik kiyim-boshlari joriy etilsin.
Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
6. Tashqi ishlar vazirligi huzurida tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar masalalari boʻyicha ixtisoslashgan “Jahon” nashriyoti tashkil etilsin; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining organi sifatida “Jahon va siyosat” jurnalini nashr etishga ruxsat etilsin.
Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzulgirjibirjasavdo” uyushmasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda ixtisoslashgan “Jahon” nashriyotini tashkil etish va “Jahon va siyosat” jurnalini chop etish bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni ikki oy muddatda hal etsin.
7. Tashqi ishlar vazirligi tarkibida, unda xalqaro mavzuga doir barcha zarur maʼlumotlarni jamlash maqsadida, Xalqaro axborot markazi tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaz uchun tashkiliy texnika sotib olishga 1994-1995-yillarda Respublika valyuta fondidan 400 ming AQSh dollari ajratsin (7-ilova)*.
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga 10 ta avtomobil, ularga ehtiyot qismlar, ofis mebeli sotib olish va qurilish ishlarini bajarish uchun zarur mablagʻlar ajratsin (8-ilova)*.
*8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
9. Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish Tartibini tayyorlasin va tasdiqlasin;
Adliya vazirligi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosat faoliyatining qonunchilik asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin va kiritsin;
Adliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, “Oʻzdavkinokompaniya”, “Oʻzteleradio” va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik va konsullik muassasalariga turli tillarda yuboriladigan maʼlumotnoma materiallarning roʻyxatini va shaklini belgilasin;
A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi, Bosh arxiv boshqarmasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligi kutubxonasini zarur nashrlar, toʻplamlar, maʼlumotnoma adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy maʼlumotnoma adabiyotlar bilan toʻldirish masalasini hal qilsin;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligi tizimida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik va konsullik vakolatxonalarida ishlashga tavsiya qilinayotgan kadrlarning til, mamlakatshunoslik va maxsus texnik tayyorgarligi takomillashtirilishini taʼminlasin;
Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik va konsullik vakolatxonalari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy sugʻurta qilish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
10. Tashqi ishlar vazirligiga:
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimiyat mahalliy organlarining, korxonalar va tashkilotlarning, ularning qaysi idoraga qarshiliklari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xalqaro faoliyatini amalga oshirishning shakli va tartibini tartibga soluvchi hujjatlar ishlab chiqishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoʻli bilan xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli xizmat safariga borayotgan mutaxassislarni (vazir oʻrinbosarlari va boshqarmalar boshliqlari bundan mustasno) yuborish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilishga ruxsat etilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari:
tashqi aloqalar boʻyicha oʻz faoliyatini va vakolatlari doirasida tegishli normativ aktlarni chop etishni Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirilishini;
davlatlararo shartnomalar, bitimlar tashqi aloqalarga doir normativ aktlar loyihalarining ularni oldindan ekspertizadan oʻtkazish uchun Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
12. Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligining takliflariga binoan, aloqa, shu jumladan, yer yoʻldoshi orqali va diplomatik kuryerlik aloqalari bogʻlash uchun zarur aloqa vositalari va kanallari ajratsin. Moliya vazirligi 1994-yilda ushbu maqsadlar uchun Tashqi ishlar vazirligining talabnomasi boʻyicha zarur mablagʻlar ajratsin.
13. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 9-uydagi binoni Tashqi ishlar vazirligi balansiga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mustaqillik maydoni, 5 uydagi oʻzi egallab turgan binoni Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasi Markaziy Kengashi balansiga bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi berilayotgan binoning qiymatidagi farqni Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasiga belgilangan tartibda toʻlashni amalga oshirsin, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining taklifiga muvofiq binoni qayta qurish va qayta jihozlash uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda hozirgi vaqtda Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 9-uydagi binoda joylashgan yirik xorijiy firmalar va kompaniyalarning vakolatxonalariga xonalar va binolar ajratish masalasini koʻrib chiqsin va hal qilsin. Zaruriyat boʻlganda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ularning ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 25-maydagi 244-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni taqsimlash jadvalining jadvalining 6-bandini oʻzgartirgan holda belgilab qoʻyilsinki, 1994 –– 1996-yillar mobaynida konsullik yigʻimlaridan tushgan valyuta tushumlari 100 foiz miqdorida Diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamgʻarmasining valyuta schyotiga oʻtkaziladi.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-mart,
140-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 16-martdagi 140-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) –– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shuningdek, xalqaro-huquqiy meʼyorlarda belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatini roʻyobga chiqarishni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organidir.
Vazirlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiradi.
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. Vazirlik oʻz faoliyatini xalqaro huquq meʼyorlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq quradi.
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiplarini hayotga tatbiq etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy yoʻlini amalda roʻyobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.
4. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati strategiyasi, uning tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, davlatning xalqaro faoliyati umumiy muammolarga doir masalalar boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini xalqaro siyosat masalalari boʻyicha zarur axborot bilan taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, muassasalarning xalqaro aloqalarini rivojlantirish boʻyicha ishini muvofiqlashtiradi;
respublika organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining milliy-davlat manfaatlarini, shuningdek, uning xorijdagi fuqaroligining huquqlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, xalqaro moliyaviy, iqtisodiy va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatilishiga va bu aloqalarning kengayishiga koʻmaklashadi;
belgilangan tartibda va oʻz vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari va tashqi siyosiy muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi hamda shartnomalar va bitimlar tuzadi:
Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari va bitimlarini ishlab chiqishda qatnashadi va tuzilishini taʼminlaydi hamda bu shartnomalar va bitimlar asl matnlarining depozitari hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, ijro etish va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
tegishli davlat shartnomalari va bitimlarini ratifikatsiya qilish uchun belgilangan tartibda Oliy Majlisga taqdim etadi;
boshqa davlatlarning tegishli tashqi siyosiy organlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish toʻgʻrisida shartnomalar va bitimlar tuzadi;
Oʻzbekiston Respublikasining kuchga kirgan davlatlararo shartnomalari va bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish yoki hujjatlar yigʻma jildida saqlash, roʻyxatga kiritish yoki eʼlon qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatiga belgilangan tartibda yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat shartnomalari boʻyicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining xorijiy davlatlarga tashriflarini Oʻzbekiston Respublikasining davlat diplomatik protokoli toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq protokol jihatdan tayyorlaydi va tashkiliy taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
xalqaro konferensiyalar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar majlislari ishida qatnashish uchun Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy delegatsiyalarini tuzadi va yuboradi;
siyosiy hamkorlik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining xorijiy xizmat safarlari hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari boʻyicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni taʼminlaydi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 817-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/817/0102)
xorijiy davlatlarning rasmiy davlat delegatsiyalarini qabul qilishni tashkil etadi va unda ishtirok etadi hamda siyosiy, diplomatik, protokol va vakillik ishlarini olib boradi;
iqtisodiyot, madaniyat, fan-texnikani ayirboshlash va savdo sohasida Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari jamoat birlashmalari va fuqarolarning xalqaro aloqalari rivojlanishiga koʻmaklashadi;
chet elda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosati toʻgʻrisida xolisona axborot tarqalishiga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (OʻzA), Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotning tarmogʻida tarqatilishini muvofiqlashtiradi.
(4-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-oktabr 2005-yil 221-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 306-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlariga diplomatik protokol sohasida, ular tomonidan elchixonalar va boshqa xorijiy vakolatxonalar bilan aloqalarning amalga oshirilishida koʻmaklashadi;
ham respublika hududida, ham chet elda xorijiy davlatlar, xalqaro, hukumatlararo va mintaqaviy tashkilotlar bilan diplomatik va konsullik aloqalarini amalga oshiradi;
respublikaning chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarning tarkibini belgilangan tartibda shakllantiradi va ishini tashkil etadi, faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xalqaro huquq meʼyorlariga va Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq boshqa davlatlarning respublika hududidagi doimiy diplomatik vakolatxonalari bilan munosabatlarni qoʻllab-quvvatlaydi, diplomatik vakolatxonalar xodimlarini akkreditatsiya qiladi;
xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish chora-tadbirlarini koʻradi, boshqa davlatlarning jurnalistlari bilan brifinglar, matbuot konferensiyalari va uchrashuvlar oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlarning savdo vakolatxonalarini, xalqaro siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va birlashmalarining vakolatxonalari va missiyalarini akkreditatsiya qiladi;
(4-bandning yigirma beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23-oktabr 2000-yil 410-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 8-son , 127-modda;)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik va konsullik immunitetiga rioya qilish uchun sharoitlar yaratadi, xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq oʻz funksiyalarini bajarishlarida ularga koʻmaklashadi;
Oʻzbekistonning chet eldagi savdo vakolatxonalarini tuzish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi, ularning kadrlari tarkibini shakllantiradi va ularga umumiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
Vazirlikning muassasalarini tashkil etish (dislokatsiya, tuzilma, shtatlar) masalalari boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tegishli organlarga kiritadi, diplomatik va konsullik lavozimlariga kadrlar tayyorlashni, tanlashni va tavsiya etishni amalga oshiradi;
davlatlararo shartnomalar matnlarining rasmiy tarjima qilinishini va roʻyxatdan oʻtkazilishini amalga oshiradi;
chet elda yashovchi vatandoshlar bilan aloqalar va munosabatlarning rivojlanishiga koʻmaklashadi;
pasport-viza hujjatlarini rasmiylashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan oʻzaro hamkorlikda mahalliy va xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar uchun hujjatlarni talab qilib olish va legalizatsiya qilish ishini belgilangan tartibda yuritadi, fuqarolik holati va notariat hujjatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa konsullik masalalarini hal etadi;
rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyadi, sudlar, adliya organlari va muassasalari, prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan hujjatlardan tashqari;
(4-bandning oʻttiz toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari boʻyicha taqdimnomalarni koʻrib chiqishda belgilangan tartibda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan tashqi siyosiy faoliyatga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi, respublika qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar tayyorlaydi;
tashqi siyosiy faoliyat va xalqaro munosabatlar masalalari boʻyicha adabiyotlar, respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanmalar, shuningdek, ushbu masalalar boʻyicha ilmiy-ommabop adabiyotlar rejasini tuzadi va ularning nashr etilishini tashkil etadi;
Vazirlik tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi, Vazirlikning moddiy-texnika taʼminotini, binolari, muassasalari asosli qurilishi va tuzilishini tashkil etadi hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
Vazirlikka qarashli organlarni mablagʻ bilan taʼminlashni belgilangan tartibda amalga oshiradi, Vazirlik tizimi muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-may 2002-yil 150-son qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2002-y., 9-son , 66-modda)
III. Vazirlikning huquqlari
Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir;
boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari, tashqi siyosiy muassasalari va diplomatik vakolatxonalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida muzokaralar olib borish hamda davlat nomidan ular bilan rasmiy yozishmalarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tashkilotlari, muassasalari va korxonalaridan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha soʻrovlar yuborish va maʼlumotlar, takliflar, xulosalar hamda boshqa zarur materiallarni olish;
muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-uslubiy va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, shuningdek tashqi siyosiy faoliyat muammolari boʻyicha maxsus kengashlar chaqirish;
zarurat boʻlganda xalqaro munosabatlar sohasida takliflar, xulosalar va tahliliy materiallar tayyorlash uchun olimlar, mutaxassislardan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlari tuzish;
xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro hamkorlik asosida zarur axborotni ayriboshlashni belgilangan tartibda amalga oshirish, buning uchun tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan talab etiladigan materiallarni olish;
zarur hollarda boshqa vazirliklar, idoralar bilan birgalikda buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son)
ham respublika, ham chet olimlari, mutaxassislari va ekspertlarini shartnoma (kontrakt) asosida xalqaro maʼlumotlarni oʻrganish, maslahatlashish va hal etish uchun jalb etish;
Vazirlik va uning boʻlinmalari tomonidan respublikada va uning tashqarisida olinadigan budjetdan tashqari mablagʻlardan, shu jumladan, valyuta mablagʻlaridan oʻzining moddiy-texnika negizini mablagʻ bilan taʼminlash uchun va ijtimoiy maqsadlar uchun qonunda belgilangan tartibda foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan maxsus bilimlar, uzoq muddatli xizmati va xorijiy tillarni bilganligi uchun lavozim maoshlariga ustamalar toʻlash;
(III boʻlimning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Vazirlikning rasmiy taklifi boʻyicha Oʻzbekistonga keluvchi xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashashi va transport harajatlarini mahalliy valyutada (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan preyskurant boʻyicha) toʻlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati bilan kelishgan holda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining bitiruvchilarini taqsimlashga va ulardan oqilona foydalanishga rahbarlik qilishni amalga oshirish;
Vazirlik hujjatlarini idoraviy tarmoq boʻyicha saqlash va ulardan foydalanish;
IV. Vazirlik ishini tashkil etish
5. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: markaziy apparat, elchixona, missiyalar, bosh konsulliklar va konsulliklar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar, diplomatik servis xizmati, xoʻjalik hisobidagi tuzilmalar.
6. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
7. Vazir:
Vazirlikning va unga qarashli muassasalar va tashkilotlarning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan xorijiy davlatlarda davlat nomidan muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan sharnomalarni imzolaydi;
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
xorijiy rasmiy shaxslarni qabul qiladi;
bir yilda ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 992-modda)
Vazirlikning har bir boʻlinmasi va xodimi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Vazirlikning har bir boʻlinmasi va xodimi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi, vazir oʻrinbosarlarining, alohida topshiriqlar boʻyicha elchilarning, Vazirlik faoliyati alohida yoʻnalishlarini boshqarish uchun markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi;
xodimlarning belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi, zarur tarkibiy qayta tashkil etishlarni amalga oshiradi;
Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, belgilangan tartibda Vazirlikka qarashli muassasalar va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning nizomlari (ustavlari)ni tasdiqlaydi;
Vazirlik xodimlarini, shuningdek, Vazirlikka qarashli muassasalar va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning rahbari xodimlarini chet elga xizmat safariga va Vazirlik muassasalarida ishlashga yuborish masalalarini hal etadi;
Vazirlik markaziy apparati, shuningdek, Vazirlikka qarashli muassasalarning xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlik apparati xodimlarining lavozim maoshlariga ish haqi fondi doirasida shaxsiy ustamalar belgilaydi.
8. Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan olti nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Ular oʻrtasidagi vazifalar Vazir tomonidan taqsimlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Vazir oʻrinbosarlari Vazirlikka qarashli boʻlinmalarning zarur tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydilar, hududiy boʻlimlar oʻzlari mutasaddi boʻlgan mamlakatlar, mintaqalar va muammolar boʻyicha masalalar majmuini toʻliq hajmda hal etish chora-tadbirlarini koʻradilar.
9. Alohida topshiriqlar boʻyicha elchilar Vazirning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tayinlanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Tashqi ishlar vazirining maxsus topshiriqlarini bajaradilar.
10. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Vazirlik faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasining davlat suvereniteti prinsipini hayotga yanada joriy qilishni davom ettirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy yoʻlini amalda roʻyobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda Oʻzbekistonning davlat manfaatlarini hamda uning fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda Vazir paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
11. Diplomatik vakolatxonalar Vazirlik rahbarligida ishlaydilar va quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
oʻzlari boʻlgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradilar;
oʻzlari boʻlgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasi va uning fuqarolarning manfaatlarini xalqaro huquq hamda bu davlatlar bilan ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar bilan, shuningdek, har ikkala davlat qatnashchisi hisoblangan koʻp tomonlama shartnomalar bilan yoʻl qoʻyiladigan darajada himoya qiladilar;
oʻzlari boʻlgan davlatning hukumati va boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib boradilar;
oʻzlari boʻlgan mamlakat tashqi siyosiy idoralari bilan shuningdek, bu davlatda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxonalar bilan doimiy aloqada boʻladilar;
oʻzlari boʻlgan davlatdagi voqealarni barcha qonuniy vositalari bilan aniqlaydilar hamda ular toʻgʻrisida Vazirlik orqali respublika rahbariyatiga maʼlum qiladilar;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan oʻzlari boʻlgan davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va aloqalarni ragʻbatlantiradilar hamda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ularning oʻzaro munosabatlari rivojlanishiga koʻmaklashadilar;
oʻz vakolatlariga tegishli boʻlgan boshqa vazifalarni hal etadilar.
12. Konsullik vakolatxonasi taʼsis etish tartibi, uning oldida turgan vazifalar doirasi, uning funksiyalari va ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustavi bilan belgilanadi.
13. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradilar hamda uning manfaatlarini, respublika yuridik shaxslari va fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Missiya yoki vakolatxonaning boshligʻi tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlikning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
14. Xorijiy vakolatxonalar soni va ular xodimlarining soni oʻrnatilgan diplomatik munosabatlarga va ushbu masalalar boʻyicha erishilgan bitimlarga muvofiq belgilanadi.
15. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi respublikaning davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
16. Vazirlik oʻz xoʻjalik faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi banklarida va chet elda milliy va xorijiy valyutada schyotlar ochishi mumkin.
17. Xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik vakolatxonalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanadilar, Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladilar, oʻzlari boʻlgan mamlakatning banklarida va boshqa xalqaro banklarda istalgan valyutada schyotlar ochishga haqlidirlar.
18. Vazirlik tizimiga ishga qabul qilish kontrakt asosida amalga oshiriladi.
19. Vazirlik markaziy apparati va uning muassasalari xodimlari soni, shuningdek ularning xarajatlari uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 16-martdagi 140-sonli qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
tuzilmasi va xodimlari soni
Barcha xodimlar –– 384 nafar
Boshqarmalar, boʻlimlar va lavozimlarning nomi
1. Vazir
2. Vazir oʻrinbosari
3. Alohida topshiriqlar boʻyicha elchi
4. Alohida topshiriqlar boʻyicha elchilarning xodimlari
5. Vazir maslahatchisi
6. Davlat protokoli boshqarmasi
7. Kotibiyat (shu jumladan, Maxsus boʻlim)
8. Kadrlar boshqarmasi
9. Konsullik boshqarmasi
10. Amerika boʻlimi
11. Yevropa boʻlimi
12. MDH boʻlimi
13. Osiyo va Afrika boʻlimi
14. Osiyo-Tinch Okean mintaqasi boʻlimi
15. Siyosiy tahlil va prognozlash boʻlimi
16. Tashqi iqtisodiy va insonparvarlik siyosati boʻlimi
17. Shartnoma huquq boshqarmasi
18. Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻistondagi boʻlimi
19. Tashqi ishlar vazirligining Samarqanddagi boʻlimi
20. Tashqi ishlar vazirligining Buxorodagi boʻlimi
21. Tashqi ishlar vazirligining Xorazmdagi boʻlimi
22. Tarixiy maʼlumotnoma boʻlimi (arxivi va kutubxonasi bilan)
23. Ishlar boshqarmasi (shu jumladan, Qabullar uyi)
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 16-martdagi 140-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Nizom
1. Oʻzbekiston diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda –– Jamgʻarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligini va uning muassasalarini qoʻshimcha ravishda mablagʻ bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan.
2. Jamgʻarma:
kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirganlik, xorijiy pasportlar berganlik va boshqa konsullik xizmatlari uchun yuridik shaxslardan, xoʻjaliklardan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimlardan;
Tashqi ishlar vazirligi tizimi muassasalarining noshirlik va xoʻjalik faoliyatidagi foydadan soliq toʻlangandan soʻnggi foydasi va ijara toʻlovlaridan;
Oʻzbekistondagi xorijiy diplomatik xodimlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar sifatiga Diplomatik servis xizmati schyotlariga tushadigan mablagʻlardan;
Tashqi ishlar vazirligining xorijda tashkil etilayotgan axborot-konsultatsiya markazlarining daromadlaridan ajratmalardan;
davlat budjeti mablagʻlaridan;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalarining tegishli yildagi smetalari boʻyicha mablagʻlar tejamidan;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi aloqalarida qatnashayotgan boshqa tashkilotlarda hosil boʻladigan daromadlardan tashkil topadi.
3. Jamgʻarma mablagʻlari tushumlari va xarajatlarini hisobga olish mahalliy va chet el valyutasida alohida-alohida amalga oshiriladi.
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda;
kommunal-foydalanish xarajatlarini qoplashda;
axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviylashtirishda, Tashqi ishlar vazirligi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashda;
Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ixtisoslashtirilgan kutubxonalarini shakllantirishda, maʼlumotnoma adabiyotlar va har xil davriy matbuotni sotib olishda;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda;
Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19-noyabrdagi 2003-yil 520-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 22-son, 223-modda)
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish dasturlarini yoki aniq tashqi siyosiy aksiyalarni mablagʻ bilan taʼminlash orqali amalga oshiriladi. Dasturlar, ularni mablagʻ bilan taʼminlash limitlari va Jamgʻarmaning zaxiraga qoʻyiladigan har yilgi qismi miqdori Jamgʻarma Kengashi tomonidan belgilanadi.
Jamgʻarma Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchilik qiladi, u Kengashning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi.
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qarorlar Jamgʻarma Kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamgʻarma Kengashi tomonidan belgilangan limitlar doirasida dasturlar boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash va oʻzgartirish, shuningdek, Jamgʻarmaning zaxira mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri zimmasiga yuklatiladi.
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har yili Jamgʻarma Kengashida koʻrib chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan budjet mablagʻlari boʻyicha belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Jamgʻarma mablagʻlarini toʻplash va sarflash operatsiyalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha amaliy ishlar Tashqi ishlar vazirligi apparati tomonidan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda mustaqil tashkilotlar tuzilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 16-martdagi 140-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Diplomatik vakolatxonalari va Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining diplomatik martabalari toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalari belgilash toʻgʻrisida” 1992-yil 3-iyuldagi Qonuniga muvofiq diplomatik vakolatxonalar boshliqlariga, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va konsulliklar huzuridagi vakolatxonalar xodimlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga diplomatik martabalar –– farqlovchi darajalar berish tartibini belgilaydi.
2. Diplomatik vakolatxonalarning boshliqlariga, elchixonalar, missiyalar va konsulliklarning diplomatik xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga quyidagi diplomatik martabalar beriladi:
Favqulodda va Muxtor Elchi
Birinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil
Ikkinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil
Birinchi darajali maslahatchi
Ikkinchi darajali maslahatchi
Birinchi darajali birinchi kotib
Ikkinchi darajali birinchi kotib
Birinchi darajali ikkinchi kotib
Ikkinchi darajali ikkinchi kotib
Uchinchi kotib
Attashe
3. Diplomatik martabalar elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va konsulliklar huzuridagi doimiy vakolatxonalar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga ijobiy attestatsiyaga, oliy maʼlumotga ega boʻlingan taqdirda, ularning malakasiga, egallab turgan lavozimiga hamda ish stajiga muvofiq, shuningdek, malaka unvonlarini va boshqa farqlovchi belgilarini hisobga olgan holda tadrijiy tartibda beriladi.
4. Diplomatik martabalar quyidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslarga beriladi:

Favqulodda va Muxtor Elchi‎

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga,
‎Oʻzbekiston Respublikasining BMT dagi Doimiy vakolatxonasi boshligʻiga,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosariga,
‎Oʻzbekiston Respublikasining Alohida topshiriqlar boʻyicha Elchisiga ‎

‎Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

‎Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotdagi doimiy vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining Alohida topshiriqlar boʻyicha Elchisiga

‎Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

‎Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga,
‎Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga,
‎Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotdagi doimiy vakiliga,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosariga,
‎Oʻzbekiston Respublikasining Alohida topshiriqlar boʻyicha Elchisiga

‎Birinchi darajali maslahatchi

‎Bosh konsulga,
‎Elchixona maslahatchisiga,
‎xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil oʻrinbosariga,
‎Elchixonaning maxsus attashesiga,
‎vazir maslahatchisiga

‎Ikkinchi darajali maslahatchi

‎Bosh konsulga,
‎Elchixona maslahatchisiga,
‎xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil oʻrinbosariga,
‎Elchixonaning maxsus attashesiga,
‎Tashqi ishlar vazirligi boshqarmasi va mustaqil boʻlimi rahbariga,
‎vazir maslahatchisiga

‎Birinchi darajali birinchi kotib

‎Xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil oʻrinbosariga,
‎elchixonaning birinchi kotibiga, konsuliga,
‎Tashqi ishlar vazirligi boshqarmasi va mustaqil boʻlimi rahbariga, ‎rahbar oʻrinbosariga, ‎vazir yordamchisiga, ‎Tashqi ishlar vazirligi boʻlimining birinchi kotibiga

‎Ikkinchi darajali birinchi kotib

‎Elchixonaning birinchi kotibiga, konsulga,
‎Tashqi ishlar vazirligi boʻlimining birinchi kotibiga

‎Birinchi darajali ikkinchi kotib

‎Elchixonaning ikkinchi kotibiga, vitse-konsulga,
‎Tashqi ishlar vazirligi boʻlimining ikkinchi kotibiga

‎Ikkinchi darajali ikkinchi kotib

‎Elchixonaning ikkinchi-uchinchi kotiblariga,
‎vitse-konsulga, ‎Tashqi ishlar vazirligi boʻlimining ikkinchi- uchinchi kotiblariga

‎Uchinchi kotib

‎Elchixonaning uchinchi kotibiga, vitse-konsulga, konsullik agentiga, ‎Tashqi ishlar vazirligi boʻlimining uchinchi kotibiga

‎Attashe

‎Elchixonaning uchinchi kotibiga, ‎Tashqi ishlar vazirligi boʻlimining uchinchi kotibiga, attashega

5. Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakilning diplomatik martabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi.
Birinchi va ikkinchi darajali Maslahatchining, birinchi va ikkinchi darajali birinchi kotibning, birinchi va ikkinchi darajali ikkinchi kotibning, uchinchi kotib hamda atteshening diplomatik martabalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyruqlari bilan beriladi.
6. Lavozimda ishlash muddatlari har bir diplomatik martaba uchun quyidagichadir:
attashe, uchinchi va ikkinchi kotiblari 2-3 yil
birinchi kotib va maslahatchilar 3-4 yil
Attashening boshlangʻich diplomatik martabasi diplomatik xizmatda kamida bir yil ishlagan shaxsga beriladi.
Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor vakilining martabalari umrbod beriladi.
Boshqa diplomatik martabalarga ega boʻlgan shaxslarda ular ushbu mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan pensiyaga chiqqan taqdirda ham saqlanib qoladi.
Diplomatik martabalarga, shu jumladan, Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalariga ega boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan, shuningdek, diplomatik xizmat talablariga zid xatti-harakatlar uchun mazkur unvonlardan mahrum etilishi mumkin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri:
a) oldingi diplomatik martabada belgilangan xizmat muddati oʻtgunga qadar ishda alohida namuna koʻrsatilganlik uchun;
b) navbatga rioya qilmagan holda, ammo xodimning yuqori lavozimga koʻtarish vaqtidagi diplomatik martabasidan koʻpi bilan ikki diplomatik martaba yuqori;
v) birinchi marta attestatsiyadan oʻtkazilayotgan xodimlarga, egallab turgan lavozimda nazarda tutilganiga nisbatan bir diplomatik martaba past;
g) Tashqi ishlar vazirligining mustaqil, shu jumladan, xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari rahbarlariga, xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarilganligi va ishdagi katta yutuqlari uchun unvonlar berishga haqlidir.
8. Bir diplomatik martabada belgilangan muddatda xizmat qilgan, biroq xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklar boʻlgan elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklarning diplomatik xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga navbatdagi diplomatik martaba berilmaydi.
9. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda, zarur darajada bajarmaganligi uchun xodimning martabasi pasaytirilishi mumkin.
10. Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil martabasiga ega boʻlgan shaxslarni diplomatik martabadan mahrum etish yoki martabasini pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa diplomatik martabalardan mahrum etish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
11. Elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklar diplomatik xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga diplomatik martaba berish uchun attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
12. Diplomatik martabalarga ega boʻlgan Elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklarning diplomatik xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga tasdiqlangan namunadagi guvohnoma beriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlar belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 16-martdagi 140-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi diplomatik martabalar uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlarning
Miqdorlari
T\r ‎

Diplomatik martabalar nomi ‎

Lavozim maoshiga qoʻshimcha toʻlovlar
‎ miqdorlari, foiz hisobida ‎
1.‎ Attashe ‎ 25‎
2.‎ Uchinchi kotib ‎ 30‎
3.‎ Ikkinchi darajali ikkinchi kotib ‎ 35‎
4.‎ Birinchi darajali ikkinchi kotib ‎ 40‎
5.‎ Ikkinchi darajali birinchi kotib ‎ 45‎
6.‎ Birinchi darajali birinchi kotib ‎ 50‎
7.‎ Ikkinchi darajali maslahatchi ‎ 55‎
8.‎ Birinchi darajali maslahatchi ‎ 60‎
9.‎ Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil‎ 65‎
10.‎ Birinchi darajali favqulodda va Muxtor Vakil ‎ 70‎
11.‎ Favqulodda va Muxtor Elchi ‎ 75‎
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 16-martdagi 140-son qaroriga
6-ILOVA
Koʻp yil ishlaganlik uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha toʻlovlarning
Miqdorlari
T/t ‎

Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi umumiy ish staji ‎

Lavozim maoshiga qoʻshimcha toʻlovlar miqdorlari, foiz hisobida ‎
1.‎ 2 yildan 5 yilgacha ‎ 5‎
2.‎ 5 yildan 10 yilgacha ‎ 10‎
3.‎ 10 yildan 15 yilgacha ‎ 15‎
4.‎ 15 yildan 20 yilgacha ‎ 20‎
5.‎ 20 yildan 25 yilgacha ‎ 25‎
6.‎ 25 yildan ortiq ‎ 30‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1994-y., 3-son, 16-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 127-modda; 2002-y., 9-son, 66-modda; 15-16-son, 125-modda; 2003-y., 22-son, 223-modda; 2005-y., 40-son, 306-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 47-son, 489-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 37-son, 992-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/817/0102; 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son; 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)