1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.01.00 Tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlar sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosatini roʻyobga chiqarishda, xalqaro munosabatlar sohasida, uning davlat manfaatlarini himoya qilishda Tashqi ishlar vazirligi va uning muassasalari roli hamda masʼuliyatini oshirish, shuningdek buning uchun zarur huquqiy, tashkiliy asoslarni va moddiy-texnikaviy negizni vujudga keltirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Tashqi ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining strategiyasi, uning tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va roʻyobga chiqarish masalalari, shuningdek davlat xalqaro faoliyatining umumiy muammolari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasida davlat organlarining ishini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
respublika organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining milliy davlat manfaatlarini, shuningdek uni chet ellardagi fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
respublika hududida xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik hamda konsullik daxlsizligiga rioya etish uchun shart-sharoit yaratadi va xalqaro huquq normalariga muvofiq ularga oʻz vazifalarini bajarishlarida koʻmaklashadi.
Mana shu vazifalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari hamda tashqi siyosat muassasalari bilan, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda muzokaralar boshlashga hamda shartnoma va bitimlar tuzishga haqlidir.
2. Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga binoan tashqi siyosiy faoliyatga taalluqli masalalar boʻyicha qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish, respublika qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritishga oid takliflarni tayyorlash;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalarining faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda kiritish.
3. Diplomatiya va konsullik muassasalarini rivojlantirish respublika jamgʻarmasi tashkil etilsin. U konsullik xizmatlari uchun belgilangan tartibda undirib olinadigan yigʻimlar, davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga tuziladi. Bunda quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
xorijiy valyutada soliq boʻlmagan davlat toʻlovlarini olish va taqsimlash tartibi toʻgʻrisida 1993-yil 31-iyulda chiqarilgan 635-son Farmonning amal qilishi mazkur Farmon chiqqan kundan boshlab uch yil mobaynida Tashqi ishlar vazirligiga daxl etmaydi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar]
mazkur Farmon chiqqan kundan boshlab uch yil mobaynida konsullik yigʻimlaridan tushadigan valyutaning 100 foizi Diplomatiya va konsullik muassasalarini rivojlantirish respublika jamgʻarmasining valyuta hisobvaraqasiga oʻtkaziladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari zimmasiga tashqi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek oʻz valyutalari doirasida tegishli normativ hujjatlarni chiqarish borasidagi faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirish majburiyati yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilib, vazirlikning normativ va moddiy-moliyaviy negizini yanada rivojlantirishni, shuningdek:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida “Jahon” ixtisoslashtirilgan nashriyotini hamda Oʻzbekiston Respublikasi TIV nashriyoti sifatida “Jahon va siyosat” jurnalini;
jahonning asosiy mintaqalari boʻyicha ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va mamlakatshunoslik sohasidagi axborotni yigʻish, umumlashtirish va tahlil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro axborot markazini tashkil qilishni koʻzda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV