Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining
“Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son “Xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son “Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3071, 2018-yil 27-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3071/1970-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2020-yil 25-maydagi 3-son “Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3071-1, 2020-yil 22-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/3071-1/0789-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2021-yil 29-oktabrdagi 3-son “Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3071-2, 2021-yil 30-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 10/21/3071-2/1003-son).