Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitaNING
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning 2018-yil 26-sentabrdagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 3071, 2018-yil 27-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2018-y., 10/18/3071/1970-son) bilan tasdiqlangan Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun rozilik berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi
“a” ,
“b” ,
“v” kichik bandlarida:
oltinchi xatboshilardagi “nostrifikatsiya qilinganligi” degan soʻzlar “tan olinganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshilardagi “Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining tegishli boʻlinmalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tegishli hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.