1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
AMALGA OShIRILIShI UChUN LITSENZIYALAR TALAB QILINADIGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati tasdiqlansin (1-ilova).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga muvofiq holga keltirsin, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mazkur roʻyxatga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
222-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga 1-ILOVA
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining
ROʻYXATI
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Jangovar zaharlovchi moddalardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.
Boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash.
Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada boʻlinadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat koʻrsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalar, radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish hamda zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash.
Shifrlovchi texnikani ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish va undan foydalanish.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish.
(oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Tarkibida giyohvand moddalari boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish.
Veterinariya faoliyati.
Tibbiy faoliyat.
Farmatsevtika faoliyati.
Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati.
Aviatsiya ishlarini bajarish.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish.
Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Telekommunikatsiyalarning shaharlararo tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Koʻchma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish.
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish.
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno.
Etil spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish.
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash.
Bank faoliyati.
Banklar tomonidan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish.
Qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 26-noyabrda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 110-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 16-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1993-yil 11-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 124-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining uchinchi va beshinchi xatboshilari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 263-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 330-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 51-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 18-aprelda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 4, 109-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining toʻrtinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 143-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 31-avgustda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 8-9, 244-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining toʻrtinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 258-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining X boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining XIX boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining III boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining III boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2007-y., 29-30-son, 295-modda, 37-38-son, 377-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda, 38-son, 329-modda, 51-son, 481-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda, 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son; 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)