1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish, sohada samarali nazorat mexanizmlari va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, loyihalar ishtirokchilari va nazorat qiluvchi idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, vazirlikning tasdiqlangan umumiy shtat birliklari soni doirasida hamda shartnoma asosida mutaxassis-ekspertlarni jalb qilish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga (keyingi oʻrinlarda — davlat dasturlari) muvofiq qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan obyektlarni (keyingi oʻrinlarda — alohida obyektlar) qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
alohida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun tayyorlangan loyihalash topshiriqlarini koʻrib chiqish va kelishish;
alohida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ularning samaradorligi va asoslanganligi, funksionalligi taʼminlanganligi, shuningdek, kelgusida ularni ekspluatatsiya qilishda qulaylik va tejamkorlikka rioya etilganligi jihatidan oʻrganish;
alohida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarida qoʻllanilayotgan narxlarni chuqur tahlil qilib, qurilish materiallari va ishlarning (xizmatlarning) qiymati sunʼiy ravishda qimmatlashishining oldini olish;
loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra ularning samaradorligi va asoslanganligi, ularda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilganligi, alohida obyektlarning funksionalligi va ekspluatatsiya uchun qulayligi hamda smeta qiymatining maqbulligi yuzasidan tavsiya berish;
ijtimoiy soha obyektlarining namunaviy loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi oʻn kun muddatda Loyiha ofisi toʻgʻrisidagi nizom va uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
2. Belgilansinki:
2024-yilda Loyiha ofisi tomonidan davlat dasturlariga qoʻshimcha kiritilayotgan, qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan alohida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari koʻrib chiqiladi;
Loyiha ofisi tomonidan loyihalash topshiriqlarini kelishish, loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish hamda ular boʻyicha tavsiya berish “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Loyiha ofisi tomonidan loyihalash topshiriqlarini koʻrib chiqish va kelishish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida hamda loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va ekspertizadan oʻtkazishga tavsiya berish uchun obyektlar smeta qiymatining 0,005 foizi miqdorida toʻlovlar undiriladi va buyurtmachi xarajatlarida aks ettiriladi;
Loyiha ofisi bilan kelishilmagan alohida obyektlarning loyihalash topshiriqlarini tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi;
Loyiha ofisi tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda, shu jumladan loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqishda zarur hollarda, loyiha institutlari, ekspertiza organlari va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb qilinishi mumkin;
alohida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha Loyiha ofisining tavsiyasi boʻlmagan taqdirda, buyurtmachilar tomonidan ularni ekspertizaga taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Loyiha ofisiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislar, ekspert, konsultant va maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb etish huquqi beriladi;
Loyiha ofisi mansabdor shaxslari loyihalash topshiriqlarini koʻrib chiqish va kelishish hamda ekspertizadan oʻtkazishga tavsiya berishda oʻzlariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishiga javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq davlat dasturlari doirasida:
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va obyektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning “hajm” uslubiga (hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olishga) oʻtiladi;
b) 2024-yil 1-iyuldan boshlab obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi maʼlumotlari asosida shakllantiriladi;
v) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi;
g) loyihalashtirish topshirigʻi va unga ilova etiladigan hujjatlar toʻliq ishlab chiqilmagan obyektlar uchun loyiha-qidiruv tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tender savdolarini belgilash taqiqlanadi;
d) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga:
buyurtmachi tomonidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlariga tegishli boʻlgan birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlar, ekspertiza xulosalari va tender hujjatlari hamda tegishli davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalar majburiy tartibda joylashtiriladi;
qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash shartnomalari bilan birga obyektlarda ishlarni bajarish va moliyalashtirish grafiklari hamda ularning haqiqatda moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron shaklda yuboriladi;
pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirilgan holda yuboriladi;
e) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida:
2024-yil 1-iyuldan boshlab avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda qiymati 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan loyihalar boʻyicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari roʻyxatga olinadi;
tender savdolari oferentlari tomonidan takliflar toʻliq raqamlashtirilgan holda kiritiladi;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan har oyda kamida bir marotaba davlat dasturlariga kiritilgan obyektlardagi qurilish jarayonining joriy holati boʻyicha fotosuratlar joylashtirib boriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
4. Davlat dasturlari doirasida Bosh prokuratura va Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi nazorat tartibi joriy etilsin:
a) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali:
qurilish obyektlari boʻyicha tegishli hokimliklar tomonidan yer uchastkalarini ajratishga oid hujjatlar hamda tegishli tashkilotlar tomonidan loyihalashtirishga doir birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi;
qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan muddatlarda ekspertizadan oʻtkazilishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi.
loyiha va pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha tender savdolari qonunchilikka muvofiq tashkil etilishi va oʻtkazilishi;
buyurtmachilar va gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan obyektlar oʻz vaqtida moliyalashtirilishi, pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatlarda qurilish-montaj ishlari bajarilishi hamda obyektlar foydalanishga topshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
b) joyiga chiqqan holda ijrosi kechikayotgan loyihalar va muammoli obyektlarda kamchiliklar oʻrganiladi.
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan monitoring va nazorat tadbirlari natijalariga koʻra:
qurilish-montaj ishlarini toʻxtatmasdan turib, bartaraf etib boʻlmaydigan shaharsozlik, davlat xaridlari va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari aniqlangan obyektlar boʻyicha kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar moliyalashtirishni qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatish yuzasidan tegishli buyurtmachilar va Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga taqdimnoma kiritiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilmagan hollar aniqlanganda, ularning elektron tender savdolarida ishtirokini cheklash yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatma kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
5. Qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarini moliyalashtirishning quyidagi tartibi belgilansin:
a) gʻaznachilik organlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlariga tegishli boʻlgan birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar, ekspertiza xulosalari va tender hujjatlari toʻliq joylashtirilganligi koʻrib chiqilgandan soʻng tegishli davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarni uch ish kuni ichida roʻyxatga oladi;
b) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalar gʻaznachilik organlarida roʻyxatga olingandan soʻng ular boʻyicha avans toʻlovlari inson omilisiz avtomatik tarzda amalga oshiriladi;
v) foydalanishga topshirilgan obyektning kafolat summasi pudrat tashkilotining ixtiyoriga koʻra:
kafolat muddati davomida — obyektni kafolat muddatida sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash orqali toʻlab beriladi;
kafolat muddati tugagandan soʻng — foydalanuvchi tashkilotning asoslantirilgan eʼtirozi boʻlmagan taqdirda, pudrat tashkilotining hisobvaragʻiga gʻaznachilik tizimidan inson omilisiz avtomatik ravishda oʻtkaziladi. Bunda, foydalanuvchi tashkilot xulosasi elektron imzo bilan tasdiqlangan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
6. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha texnik nazorat xizmatini koʻrsatishga quyidagi obyektlarda autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishga ruxsat berilsin:
2025-yil 1-yanvardan boshlab — tajriba tariqasida qurilish (taʼmirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarida;
2026-yil 1-yanvardan boshlab — boshqa qurilish (taʼmirlash) obyektlarida (davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar bundan mustasno).
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning 50 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yoʻnaltiriladi.
Bunda:
aholining demografik holati va ehtiyoji inobatga olingan holda, hududlar kesimida loyihalar roʻyxati manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan shakllantiriladi hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiriladi;
jamoatchilik tomonidan eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar gʻolib deb topiladi hamda har bir hudud uchun taqsimlangan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritiladi.
8. Vazirlar Mahkamasi 2024-yil yakuniga qadar sohalar kesimida binolarni saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojni hisoblash hamda ularning hisobini yuritish tartibini belgilovchi shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishlab chiqilgan shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan 2025-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda binolarni saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
9. Quyidagilar:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning oʻzaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qoʻshimcha maʼlumotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Qurilish loyihalarini amalga oshirish, boshqarish va nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
uch oy muddatda texnik nazorat xizmatini koʻrsatishga autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish, texnik nazorat xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini baholab, ularning reytingini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida eʼlon qilib borish tartibini;
2024-yil 1-avgustga qadar foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash tartibini belgilash yuzasidan tegishli hujjat loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Bosh prokuratura bilan birgalikda 2024-yil 1-iyunga qadar qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonini raqamlashtirish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
13. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Kuchkarov belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev va Hisob palatasi raisi A.M. Boboyev ushbu qarorda belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul idoralar va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-aprel,
PQ-165-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-apreldagi PQ-165-son qaroriga 1-ILOVA
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning oʻzaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qoʻshimcha maʼlumotlar
I. “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga joylab boriladigan maʼlumotlar
1.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Davlat xaridlari sohasidagi qurilish resurslariga oid maʼlumotlar.
Doimiy
2.
Soliq qoʻmitasi
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi, oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar.
Doimiy
3.
Milliy statistika qoʻmitasi
Sanoat mahsulotlarining narxlari koʻrsatkichlari.
Har oyda
4.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Qurilish materiallari boʻyicha standartlar va muvofiqlik sertifikatlari asosida ularning texnik parametrlari koʻrsatkichlari, shuningdek, qurilish resurslariga oid milliy standartlar boʻyicha hujjatlar toʻplami.
Doimiy
5.
Bojxona qoʻmitasi
Respublika hududiga import qilingan qurilish materiallari, asbob-uskunalari va jihozlari boʻyicha narx koʻrsatkichlari.
Har oyda
II. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirib boriladigan maʼlumotlar
6.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Qurilish va taʼmirlash loyihalari, ularga ajratilgan mablagʻlar hamda moliyalashtirish boʻyicha maʼlumotlar.
Doimiy
7.
Soliq qoʻmitasi
1. Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi elektron hisobvaraq-fakturalar va ularga ilovalar.
2. Loyiha va pudrat tashkilotlarining jismoniy shaxslarning daromad soligʻi hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlar.
Doimiy
8.
Markaziy bank orqali tijorat banklari
Xizmat koʻrsatuvchi bankdan 2-son kartoteka qarzdorligi va “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosidan muddati oʻtgan kredit qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Doimiy
9.
Kadastr agentligi
Yangi qurilish obyektlari boʻyicha tegishli hokimliklar tomonidan yer uchastkalarini ajratishga oid hujjatlarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Doimiy
10.
Ichki ishlar vazirligi
Shaxsning maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilganligi va sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Doimiy
Izoh.
1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlariga uzatiladigan axborot va maʼlumotlarning oʻz muddatida, toʻgʻri va toʻliq taqdim etilishiga tizimga integratsiya qilingan tegishli vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
2. Ushbu roʻyxatdagi maʼlumotlar begʻaraz taqdim etiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-apreldagi PQ-165-son qaroriga 2-ILOVA
Qurilish loyihalarini amalga oshirish, boshqarish va nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Qurilish-pudrat tashkilotlari hisobvaraq-fakturalarining yangi shaklini toʻldirish va hisobini yuritish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil may
Soliq qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
2.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish boshqarmasi malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2024-yil may
Bosh prokuratura,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
3.
“Shaffof qurilish” tizimini Hisob palatasining “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil may
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Hisob palatasi
4.
“Shaffof qurilish” tizimi orqali Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarni amalga oshirish jarayonlari raqamlashtirish bilan toʻliq qamrab olinganligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga xulosa kiritish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil may
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Hisob palatasi,
Bosh prokuratura
5.
Raqamli texnologiyalar vazirligi xulosasiga asosan “Shaffof qurilish” tizimini takomillashtirish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
Zaruratga koʻra
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Hisob palatasi,
Bosh prokuratura,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
Bunda, “Shaffof qurilish” tizimini doimiy takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.
2024-yil may
6.
“Shaffof qurilish” tizimida “Davlat dasturlari ijrosi monitoringi” platformasini ishga tushirish.
Bunda, Bosh prokuratura va Hisob palatasining ushbu platformaga kirish imkoniyatini yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil iyun
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
7.
Obyektlarning smeta qiymatini shakllantirish boʻyicha “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasini toʻliq ishga tushirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil iyun
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Statistika agentligi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Bojxona qoʻmitasi
8.
Texnik nazorat xizmatini koʻrsatishga autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2024-yil iyun
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
9.
Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonini raqamlashtirish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2024-yil iyun
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Bosh prokuratura,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
10.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan qurilish va taʼmirlash ishlarida loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashdan boshlab obyektlarni qabul qilib olishgacha boʻlgan jarayonlarni hajm va sifat koʻrsatkichlari (“hajm” uslubi) asosida amalga oshirish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2024-yil iyul
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11.
“Davlat dasturlari loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish va manzilli roʻyxatlarni kelishish” avtomatlashtirilgan elektron platformasini yuritish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
Bunda, Bosh prokuratura va Hisob palatasining ushbu platformaga kirish imkoniyatini yaratish.
Idoralararo hujjat loyihasi
2024-yil iyul
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Hisob palatasi,
Bosh prokuratura
12.
Foydalanishga topshirilgan obyektlarni kafolat muddati davomida sugʻurtalash yoki tijorat banklari tomonidan kafolatlash hamda kafolat summalarini muddatidan oldin toʻlab berish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2024-yil avgust
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Markaziy bank
13.
Soliq organlarining axborot tizimidagi pudrat tashkilotlari va ulardagi ishchilarga soliq hamda boshqa toʻlovlar hisoblanishiga oid maʼlumotlarni Yagona milliy mehnat tizimiga integratsiya qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil avgust
Soliq qoʻmitasi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
14.
Budjet tizimi budjetlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha erishilgan miqdor va sifat koʻrsatkichlarini ichki audit xizmatlari tomonidan baholash tartibini ishlab chiqish.
Idoralararo hujjat loyihasi
2024-yil avgust
Hisob palatasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
15.
Budjet tizimi budjetlari hamda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish-montaj ishlari, shu jumladan, qiymati 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan loyihalar boʻyicha ular yakunlangandan soʻng audit oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.
Idoralararo hujjat loyihasi
2024-yil avgust
Hisob palatasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
16.
Binolarni saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojni hisoblash va ularning hisobini yuritish tartibini belgilovchi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish.
Shaharsozlik normalari va qoidalari
2024-yil dekabr
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Energetika vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
17.
Ijtimoiy soha obyektlarini loyihalashtirish tarmoq normalarini yangilash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2024-yil dekabr
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
18.
Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha ijrosi kechikayotgan va muammoli obyektlarda joyiga chiqqan holda kamchiliklarni oʻrganish.
Amaliy chora-tadbirlar
Doimiy
Bosh prokuratura,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,
Hisob palatasi,
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-apreldagi PQ-165-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qarorida:
a) 2-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “va kichik sanoat zonalari” soʻzlari “zonalar” soʻzi bilan almashtirilsin;
“7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda maxsus iqtisodiy zonalar hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash ishlari uchun Davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi “2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-son qarorining 3-bandida:
“Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud boʻlgan qoʻshimcha loyihalar (obyektlar) kiritilishini, amalga oshirilmagan loyihalar (obyektlar) chiqarib tashlanishini, shuningdek, kapital qoʻyilmalarning buyurtmachilar (tashabbuskorlar) oʻrtasida qayta taqsimlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”;
g) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-139-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan Dasturning asosiy parametrlariga tasdiqlangan loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlariga muvofiq samarasiz loyihalarni chiqarib tashlash va (yoki) boshqa istiqbolli loyihalarni kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2024-y., 07/24/165/0311-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)