toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
“Toshkent — 2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni yagona organ orqali tizimli amalga oshirish, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya kengashi, Osiyo paralimpiya qoʻmitasi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillari, sport delegatsiyalarining Oʻzbekistonga tashriflarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
2025-yilda Toshkent shahrida IV yozgi Osiyo oʻyinlari doirasida V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish;
Yoshlar oʻrtasida Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni yagona organ orqali tizimli amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasini tashkil etish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasining Boshqaruv kengashi tarkibini tasdiqlash;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash;
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirishda 2025-yilda Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha yangilangan Tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash.
2. Quyidagilar:
IV yozgi Osiyo oʻyinlarini Toshkent shahrida oʻtkazish boʻyicha Osiyo Olimpiya kengashi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Sport vazirligi oʻrtasida;
V Paraosiyo oʻyinlarini Toshkent shahrida oʻtkazish boʻyicha Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Sport vazirligi oʻrtasida tegishli shartnomalar imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Mazkur shartnomalar doirasida yuklangan moliyaviy majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli moliya yili uchun Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitalariga ajratilgan budjet hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-aprel,
198-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-apreldagi 198-son qaroriga

ILOVA

Vazirlar Mahkamasining “2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror nomidagi “IV yozgi Osiyo oʻyinlarini” soʻzlari “IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 2, 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining ilgʻor davlatlar tajribasidan kelib chiqib, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni yagona organ orqali tizimli amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida muassasa shaklidagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi nodavlat notijorat tashkilotini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Quyidagilar:
2025-yilda Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi Boshqaruv kengashining tarkibi 3-ilovaga;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekistonda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha OOK va Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — OPQ) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida shartnomalar, kelishuvlar, memorandumlar va kafolat xatlarini imzolash tadbirlarini tashkil etish;
OOK, OPQ va sport turlari boʻyicha Osiyo sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan oʻzaro hamkorlik qilish, OOK va OPQ tomonidan tasdiqlangan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning bosh rejasini tuzish, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarining dasturini hamda milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarining logotipini ishlab chiqish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda ularning doirasida koʻrgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan sport inshootlari va boshqa obyektlarni OOK, OPQ va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash, ularni zarur boʻladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan taʼminlash;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni muvofiqlashtirish va zarur hollarda Tashkiliy qoʻmita hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish;
televizion koʻrsatuvlarni efirga uzatish va texnik tayyorgarlik, efirga uzatish huquqlari himoyasi, oʻyinlar, uning tantanali ochilish hamda yopilish marosimlariga tayyorgarlik koʻrish;
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoyalari va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan reklama tadbirlarini oʻtkazish, axborot bilan taʼminlash, marketing dasturlarini amalga oshirish, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga homiylarni jalb qilish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik ishlarining ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritilishini tashkil etish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha sarf-xarajatlar roʻyxatini shakllantirish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlikning borishi va amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Tashkiliy qoʻmitaga muntazam ravishda hisobot taqdim etib borish”.
3. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Sport vazirligi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining yillik kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
OOK, OPQ va boshqa xalqaro sport federatsiyalari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
4. 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Direksiyani “Olimpiya shaharchasi” qurilishi yakuniga yetgunga qadar Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Olmazor koʻchasidagi 6-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi binosiga tekin foydalanish huquqi bilan vaqtincha joylashtirsin”.
5. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Belgilansinki, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK, OPQ, xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi hamda Tashkiliy qoʻmita aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi mablagʻlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi”.
6. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi O.O. Kasimov zimmasiga yuklansin”.
7. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2025-yilda Toshkent shahrida yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning

TARKIBI

1.

A.N. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.I. Ikramov

—

Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

Sh.B. Umurzoqov

—

Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

L.Sh. Kudratov

—

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

5.

B.O. Saidov

—

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

6.

I.I. Norqulov

—

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

A.D. Tashkulov

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

8.

P.R. Bobojonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

9.

B.N. Qurbonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

10.

A.X. Quldashev

—

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri

11.

A.A. Xudayarov

—

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b.

12.

B.I. Zakirov

—

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

13.

Sh.X. Shermatov

—

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri

14.

I.R. Mahkamov

—

Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri

15.

K.A. Sharipov

—

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

16.

O.A. Nazarbekov

—

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

17.

J.T. Mirzamaxmudov

—

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri

18.

R.M. Djurayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni

19.

S.E. Xusanov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

20.

A.Y. Mavlonov

—

Iqtisodiyot va moliya huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi

21.

Sh.D. Kudbiyev

—

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi

22.

B.Q. Yusupaliyev

—

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

23.

Lavozimiga koʻra

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

24.

M.M. Tashxodjayev

—

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti

25.

Sh.Sh. Xudaykulov

—

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

26.

J.O. Umarxodjayev

—

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b.

27.

A.A. Djurabayev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

28.

A.K. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

29.

R.A. Talipov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini tahlil qilish xizmati bosh mutaxassisi

30.

Lavozimiga koʻra

—

Sport turlari boʻyicha federatsiya va assotsiatsiyalar raislari (rais oʻrinbosarlari, bosh kotiblari)

31.

O.O. Kasimov

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
a) nomi “Osiyo” soʻzidan keyin “va Paraosiyo” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 3 va 4 pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

3.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK OPQ hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish.

1. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK OPQ, hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha muzokaralar olib borish.

2. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK, OPQ hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha kutib olish dasturini tayyorlash.

3. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK, OPQ hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplash.

2024-2025-yillar kelishuvga muvofiq

Tashkiliy qoʻmita, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi,

Sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

4.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, OOK, OPQ hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillariga Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan obyektlarni koʻrsatish.

1. Toshkent shahridagi obyektlarni tayyorlash.

2. Qoʻshimcha tarzda koʻriladigan obyektlar zaxirasini tayyorlash.

OOK va OPQ tashrifi davomida

Tashkiliy qoʻmita, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi,

Sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

”.

9. Quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:

“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga

3-ILOVA

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi Boshqaruv kengashining

TARKIBI

1.

A.I. Ikramov

—

sport vaziri, Boshqaruv kengashi raisi

2.

O.M. Umarov

—

Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti, Boshqaruv kengashi hamraisi

3.

Sh.B. Umurzoqov

—

Toshkent shahar hokimi

4.

Lavozimiga koʻra

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

5.

M.M. Tashxodjayev

—

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi, Osiyo paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti

6.

O.O. Kasimov

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi, Direksiya direktori

7.

X.S. Muxritdinov

—

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi devoni boshligʻi, Boshqaruv kengashi kotibi

Izoh. Boshqaruv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Boshqaruv kengashi tarkibi muassis tomonidan kelishilgan. Zaruratdan kelib chiqqan holda, muassis qarori bilan Boshqaruv kengashi tarkibiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin”.
10. Quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:

“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 468-son qaroriga

4-ILOVA

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida

NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi va uning mablagʻlari tijorat banklarida ochilgan milliy va xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarda jamlanadi.
2-bob. Direksiya mablagʻlarini shakllantirish manbalari
3. Quyidagilar Direksiya mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Sport vazirligi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining yillik kalendar rejasida ajratilgan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Osiyo Olimpiya Kengashi (keyingi oʻrinlarda — OOK), Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — OPQ) va boshqa xalqaro sport federatsiyalari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari;
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni bank depozitiga qoʻyish hisobiga olinadigan foiz koʻrinishidagi tushumlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3-bob. Direksiya mablagʻlaridan foydalanish maqsadlari
4. Direksiya mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan, xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda ularning doirasida koʻrgazmalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladigan sport inshootlari va boshqa obyektlarni OOK, OPQ va xalqaro sport federatsiyalari talablariga muvofiq tayyorlash, ularni zarur boʻladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan taʼminlash;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlari logotipi, shiori, piktogrammasi, mashʼali, musiqasi, oʻyinlar ramzlari, “Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita va volontyorlar ekipirovkasi, logotip tushirilgan esdalik nishonlari va sovgʻalarining dizaynini yaratish, ularni ishlab chiqarish va xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali yoritish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tadbirlarni amalga oshirish;
Direksiya xodimlari, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilingan mutaxassislarga ish haqi, ustamalar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, ularning xizmat safarlari, shu jumladan, xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash;
Direksiya faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, zarur jihozlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash;
Direksiya ehtiyojlari uchun xizmat avtomobillari va maxsus avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa texnik vositalar xarid qilish, ularni servis xizmati, ehtiyot qismlar va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash;
Direksiya xodimlari, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilingan mutaxassislar, volontyorlarning oʻqishini, malaka oshirishini va stajirovkasini, shu jumladan, xorijiy davlatlar ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida tashkil etish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlatlar, xalqaro sport tashkilotlari, federatsiyalari, kompaniyalar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
“Toshkent — 2025” IV yozgi Osiyo oʻyinlari hamda V Paraosiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy kompaniyalar, nufuzli tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha promouterlik kompaniyalarining mahalliy va xorijiy mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
Direksiya Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa maqsadlar.
4-bob. Direksiya mablagʻlarini boshqarish tartibi
5. Boshqaruv kengashi Direksiya mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari va ularning miqdorlarini belgilaydi hamda mablagʻlardan samarali foydalanishni tashkil etadi.
6. Quyidagilar Boshqaruv kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Direksiyaning tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Direksiyaning daromadlar va xarajatlar smetasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
chorak yakuni boʻyicha Direksiya mablagʻlarining tushumi va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Direksiyadan mablagʻ ajratilishi yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Direksiya mablagʻlarini shakllantirish va tasarruf etish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
5-bob. Direksiya faoliyatini nazorat qilish
7. Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyati Boshqaruv kengashi qaroriga binoan Direksiyaning yillik faoliyati yakunlari boʻyicha tekshiriladi. Boshqaruv kengashining qaroriga binoan navbatdan tashqari tekshiruvdan ham oʻtkazilishi mumkin.
8. Direksiyaning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Boshqaruv kengashi:
hisobotlar va boshqa moliyaviy hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchli ekanligiga baho beradi;
buxgalteriya hisobi yuritilishi va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni;
aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek, Direksiyaning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflarni oʻz ichiga olgan qaror qabul qiladi.
6-bob. Hisobga olish va hisobot
9. Direksiya faoliyati natijalari boʻyicha har chorak yakunida Boshqaruv kengashiga hisobot taqdim etadi.
10. Direksiya buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlarni toʻlaydi.
11. Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyati har yili belgilangan tartibda auditdan oʻtkaziladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
12. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadi.
13. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2024-y., 09/24/198/0274-son)