1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ogʻir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda ogʻir atletika sport turini yanada ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, ushbu sport turi boʻyicha zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish hamda milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
1. Quyidagilar 2024 — 2026-yillarda ogʻir atletika sport turini (keyingi oʻrinlarda — ogʻir atletika) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
yoshlarning ogʻir atletikaga qiziqishini oshirish, bu boradagi targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning ushbu sport turi bilan shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;
iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashni yanada takomillashtirish;
ogʻir atletika hamda parapauerlifting yoʻnalishini rivojlantirishga qaratilgan alohida dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ilgʻor xorij tajribalarini oʻzlashtirish hamda malakali xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda trener va sportchilarni innovatsion texnologiyalar va ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tayyorlash;
ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha zamonaviy sport majmualarini barpo etish, mavjud sport majmualarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlab borish;
ogʻir atletikani rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash uchun sohani qoʻshimcha moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
hududiy terma jamoalarning tayyorgarligini oshirib borish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining ogʻir atletika infratuzilmasini yanada rivojlantirish asosida ularni xalqaro talablarga moslashtirish;
ogʻir atletikaga oʻqitishning zamonaviy metodikalariga oid ilmiy-uslubiy va oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash hamda tibbiy-biologik xizmatni rivojlantirish;
ommaviy axborot vositalarida ogʻir atletikani sogʻlom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi va bolalarni barkamol inson etib tarbiyalashga xizmat qiladigan sport turi sifatida targʻib qilish.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
2. Quyidagilar:
Ogʻir atletika sport turini 2024 — 2026-yillarda kengroq rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dasturni amalga oshirish hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga Davlat budjeti va homiylar tomonidan ajratilgan mablagʻlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga uning ustavida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan kelib tushadigan badal pullari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
3. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda:
ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati;
ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha “Uzbekistan Open” Oʻzbekiston ochiq chempionati;
ogʻir atletika boʻyicha Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari boʻyicha uch bosqichli (tuman/shahar, viloyat va respublika) chempionatlar va kuboklar;
ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha davlat sport-taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
4. Sport vazirligi (A. Ikramov) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) va Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi bilan birgalikda:
uch oy muddatda mazkur qarorning 3-bandida koʻrsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish, ularni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish hamda musobaqa gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
respublikada oʻtkaziladigan xalqaro turnirlarda mahalliy ogʻir atletikachilar bilan birgalikda xalqaro sportchi, trener va hakamlar ishtirokini taʼminlasin;
mazkur qarorning 3-bandida koʻrsatilgan musobaqa va turnirlarni 2024-yil 1-apreldan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritsin;
mazkur musobaqalarni oʻtkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
5. Sport vazirligi va Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining:
ogʻir atletika boʻyicha barcha yosh toifasidagi sportchilar bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda ularning professional tayyorgarligini tashkil etish uchun Sport vazirligi huzuridagi Ogʻir atletika markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish;
ogʻir atletikani rivojlantirish yuzasidan alohida dasturlarni qabul qilish hamda mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan ogʻir atletika bazalarini barpo etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni milliy terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlash;
sportchilarning xalqaro musobaqalarga samarali tayyorgarlik koʻrishi uchun uzluksiz oʻquv mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish;
sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish;
ogʻir atletika boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha zarur tavsiyalar ishlab chiqish hamda sportchi va mutaxassislarning tayyorgarlik jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, master-klasslar, oʻquv mashgʻulotlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
7. Belgilansinki:
Markaz yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Markaz Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Talabalar koʻchasi, 10-uy manzilida joylashgan Sport vazirligi tasarrufidagi bino-inshootlarga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtiriladi;
Markaz faoliyati ogʻir atletika boʻyicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
Markaz oʻz faoliyatini 2025/2026 oʻquv yilidan boshlaydi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 731-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi;
Markazga parapauerlifting yoʻnalishiga sportchilarni qabul qilish uchun umumiy qabul kvotalari doirasida 10 foiz kvota ajratiladi;
Markaz oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 90 nafarni tashkil etib, ular 7 — 11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi;
Markaz oʻquvchilarini umumtaʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarda amalga oshiriladi;
Markaz oʻquvchilari yashash uchun jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-yanvardagi “Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 18-son qaroriga muvofiq taʼminlanadi;
Markaz oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlari uchun ota-onalardan toʻlov undirilmaydi hamda oʻquvchilar toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
Markaz direktori, uning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, trenerlari, yoʻriqchi-uslubchilariga olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Markaz direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va tarbiyachilari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Markaz tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, ularga nisbatan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Markazni zamonaviy va xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish (yangi binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash) mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Markaz faoliyatini saqlash hamda uni xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy jihoz va inventarlar bilan taʼminlash Sport vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) Markazning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda eng maqbul meʼmoriy hamda texnik yechimlar qoʻllanilishini, ularni innovatsion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
9. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablagʻlari;
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va Markazning ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. Sport vazirligi (A.Ikramov):
a) Markazning ustavini tasdiqlasin, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
b) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi bilan birgalikda:
Markazni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan bosqichma-bosqich toʻldirish choralarini koʻrsin;
Markazda sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan doimiy davlat nazoratini amalga oshirsin;
v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Markazning boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
11. Sport vazirligi (A. Ikramov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) bilan birgalikda:
2024-yil 1-sentabrga qadar olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi ogʻir atletika bazalarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlash va keyinchalik muntazam ravishda maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlab borish;
2024 — 2026-yillarda bosqichma-bosqich hududlardagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari va sport maktablari ogʻir atletika moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mavjud sport bino va inshootlarini mashgʻulotlar uchun xavfsiz va sanitariya meʼyorlari asosida rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va ularni zamon talablari asosida zarur inventarlar bilan jihozlash;
2024/2025 oʻquv yiliga qadar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi ogʻir atletikaga ixtisoslashtirilgan sport zalining qurilish-taʼmirlash ishlarini oxiriga yetkazish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
12. Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi:
zamonaviy ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ogʻir atletika boʻyicha trenerlar, seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida tizimli ravishda seminar, trening va mahorat darslari oʻtkazilishini yoʻlga qoʻysin;
faoliyati davomida namuna koʻrsatgan trener va mutaxassislar malakasini oshirish, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlarini taʼminlash, ular uchun xalqaro miqyosda tajriba almashish imkoniyatini yaratib berish maqsadida milliy terma jamoalarning xorijda oʻtkaziladigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish choralarini koʻrsin.
13. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining:
Boʻstonliq tumani elektr tarmoqlari korxonasiga doimiy foydalanishga berilgan Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Soyliq qishlogʻi, Mustaqillik koʻchasidagi yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Sport vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish;
ushbu yer maydonida hududning ixtisoslashuvi va mahalliy yoshlarning qiziqishini inobatga olgan holda zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan ogʻir atletika zalini yordamchi xonalari (25 oʻrinli yotoqxona va oshxona) bilan birga barpo etish hamda unda Ogʻir atletika sport klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
Belgilab qoʻyilsinki, Ogʻir atletika sport klubini zamonaviy va xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish hamda zarur jihoz va inventarlar bilan taʼminlash Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining homiylik mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
14. Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda ikki hafta muddatda Boʻstonliq tumani elektr tarmoqlari korxonasiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkasini (Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Soyliq qishlogʻi, Mustaqillik koʻchasi) belgilangan tartibda zaxiraga qaytarish choralarini koʻrsin.
15. 2024-yil 1-sentabrdan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochilsin va ushbu maktablarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
16. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga vazirlik tizimidagi tashkilot va korxonalarni homiy sifatida biriktirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) ikki oy muddatda ogʻir atletika boʻyicha kompleks musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga tegishli shart-sharoitlar yaratish uchun homiy tashkilotlarni biriktirsin.
17. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi O.O. Qosimov belgilansin.
19. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-mart,
PQ-137-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-137-son qaroriga
1-ILOVA
Ogʻir atletika sport turini 2024 — 2026-yillarda kengroq rivojlantirish
Hududlarda ogʻir atletika boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.
1. Iqtidorli yoshlarni hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda aniqlash.
2. Taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish.
3. Olimpiya va jahon chempionlari, mashhur sportchilar hamda boshqa xalqaro darajadagi mutaxassislar tomonidan ogʻir atletika boʻyicha yosh sportchilar bilan viloyatlarda doimiy ravishda mahorat darslarini tashkil qilib borish.
4. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida oʻtkazilayotgan musobaqalarda iqtidorli yoshlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishini yoʻlga qoʻyish.
2024 — 2026-yillar
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
2.
Olis va chekka hududlarda joylashgan sport muassasalarining ogʻir atletika boʻyicha boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlash.
1. Olis va chekka hududlarda sport muassasalarining ogʻir atletika boʻyicha boʻlimlarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni belgilash.
2. Olis va chekka hududlarda sport muassasalarining ogʻir atletika boʻyicha boʻlimlari faoliyatini tahlil qilish va natijadorlikni baholash.
2024-yil sentabr
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
3.
Ogʻir atletika markazi uchun sport bazasini barpo etish.
1. Ogʻir atletika markazini Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Talabalar koʻchasi, 10-uy manzilida joylashgan Sport vazirligi tasarrufidagi bino-inshootlarga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirish.
2024-yil sentabr
Mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
2. Ajratilgan obyektda Ogʻir atletika markazi faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻladigan bino-inshootlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.
2024-yil oktabr
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
3. Markazda zarur bino va inshootlarni (zamonaviy mehmonxona, trenajyor zali, nazariy mashgʻulotlar xonalari, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, oshxona binolarini) qurish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2025-yil avgust
Toshkent viloyat hokimligi
(Z. Mirzayev)
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
4.
Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi balansidagi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq shaharchasi Doʻstlik mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish orqali zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasiga aylantirish.
1. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq shaharchasi Doʻstlik mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2024-yil sentabr
-
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Toshkent viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(Sh. Xidoyatov)
Toshkent viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(Sh. Xidoyatov)
2. Mazkur obyektni xalqaro talablarga muvofiq qayta qurish va rekonstruksiya qilish, 30 oʻrinli yotoqxona va oshxona barpo etish hamda zarur zamonaviy asbob-uskunalar va sport jihozlari bilan taʼminlash.
2026-yil dekabr
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari
3. Mazkur obyektda ogʻir atletika boʻyicha zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
5.
Sport-taʼlim muassasalarida ogʻir atletika boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish va uni rivojlantirishning ilmiy-metodik taʼminotini yoʻlga qoʻyish.
1. Oʻquv reja va dasturlarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta koʻrib chiqish.
2024-yil sentabr
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov),
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Q. Sharipov)
2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv reja va dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish.
3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini joriy qilish.
2024-yil oktabr
6.
Ogʻir atletika sport turi boʻyicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish.
1. Trener va hakamlar uchun oʻquv-seminar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha reja grafik va oʻquv dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
2. Reja grafik asosida bosqichma-bosqich salohiyatli mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquv-seminarlarni tashkil etish.
2024-yildan boshlab har yili
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
3. Oʻquv-seminarlar yakuni boʻyicha tegishli trener va hakamlarni attestatsiyadan oʻtkazib, uning natijasidan kelib chiqib yil davomida ularga sport musobaqalarida qatnashishi yuzasidan xulosa berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.
2024-yil dekabr
7.
Oʻquv-mashgʻulot jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida ogʻir atletika rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish.
1. Ogʻir atletika rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarning (Xitoy, Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya va boshqalar) ilgʻor tajribasini oʻrganish.
2024-yil iyun — dekabr
Ijrochilar va homiylar mablagʻlari
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ularning yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2024-yil dekabr
8.
Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF), Osiyo ogʻir atletika federatsiyasi (OOA) hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ogʻir atletika boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash.
Ogʻir atletika boʻyicha jahon reytinglarida yuqori oʻrinlarni egallagan davlatlar, shu jumladan Yaponiya, Koreya, Italiya, Turkiya, Rossiya va Xitoy davlatlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish va amaliyotga joriy qilish, ularning sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
Bunda, yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish.
2024-yildan boshlab
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Qosimov),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
9.
Oʻzbekistonda anʼanaviy tarzda ogʻir atletika boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari boʻyicha) xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish.
1. Ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha “Uzbekistan Open” xalqaro turnirini respublika hududlarida oʻtkazish.
2. Ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatini oʻtkazish.
3. Ogʻir atletika boʻyicha davlat sport taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasini oʻtkazish.
2024-yildan boshlab
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Qosimov),
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
(M. Tashxodjayev),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
4. Mazkur musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini munosib ragʻbatlantirish.
Musobaqalar yakunlari boʻyicha
10.
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali ogʻir atletikani keng targʻib qilish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash:
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida ogʻir atletika boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Ogʻir atletika” maxsus ruknini tashkil qilish;
hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida ogʻir atletikani keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;
mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish;
taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va namoyish etish;
sport jurnalistlarining ogʻir atletika sohasidagi yutuqlar tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini OAVda doimiy yoritib borish.
2024 — 2026-yillar
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Joʻraboyev),
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi
(Sh. Qudratxoʻja),
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
11.
Ogʻir atletika sport klubini tashkil qilish.
Boʻstonliq tumani elektr tarmoqlari korxonasiga doimiy foydalanishga berilgan Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Soyliq qishlogʻi, Mustaqillik koʻchasidagi yer uchastkasini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish va Sport vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish.
Ushbu yer maydonida hududning ixtisoslashuvi va mahalliy yoshlarning qiziqishini inobatga olgan holda zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan ogʻir atletika zalini yordamchi xonalari (25 oʻrinli yotoqxona va oshxona) bilan birga barpo etish hamda unda Ogʻir atletika sport klubini zamonaviy va xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish hamda zarur jihoz va inventarlar bilan taʼminlash.
2025-yil mart
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
(K. Rafikov),
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov),
Toshkent viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev)
12.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ogʻir atletikani rivojlantirish.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablarini ochish hamda ushbu maktablarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish.
2024-yil sentabr
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
(K. Rafikov),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
13.
2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlariga ogʻir atletika boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralar koʻrish.
1. Ogʻir atletika turlari boʻyicha terma jamoaga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
2024-yil davomida
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
(O. Qosimov),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
2. Ogʻir atletika boʻyicha terma jamoa tarkibini shakllantirish.
2024-yil aprel
3. Yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etish.
2024-yil dekabr
14.
Xalqaro ogʻir atletika qoidalariga asosan yosh toifalarida Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarini oʻtkazish.
1. Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarini oʻtkazish boʻyicha nizomlarini tasdiqlash.
2. Musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish.
2024-yil davomida
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar
Sport vazirligi
(A. Ikramov),
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
15.
Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.
1. Ogʻir atletika boʻyicha milliy terma jamoalarning tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganib chiqish.
2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, ogʻir atletika boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlash.
2024-yil dekabr
Ijrochilar mablagʻlari
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
(B. Zokirov)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi PQ-137-son qaroriga
2-ILOVA
2024 — 2026-yillarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari
T/r
Koʻrsatkichlar
Oʻlchov birligi
Yillar kesimida
Masʼul ijrochilar
2024
2025
2026
1.
Oʻzbekistonda ogʻir atletika bilan doimiy shugʻullanuvchilar
son
4000
4300
4700
Sport vazirligi, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
2.
Oʻzbekistonda parapauerlifting sport turi bilan doimiy shugʻullanuvchilar
son
400
450
500
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
3.
Sport-taʼlim muassasalaridagi ogʻir atletika boʻyicha trenerlar
son
250
275
300
Sport vazirligi, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
4.
Sport-taʼlim muassasalaridagi parapauerlifting boʻyicha trenerlar
son
50
75
100
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
5.
Ogʻir atletika boʻyicha boʻlib oʻtadigan Respublika chempionatlar, kuboklari va turnirlar soni
son
6
7
8
Sport vazirligi, Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi
6.
Parapauerlifting boʻyicha boʻlib oʻtadigan Respublika chempionatlar, kuboklari va turnirlar soni
son
2
3
4
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi
Ogʻir atletika boʻyicha sport anjomlari va jihozlarini xarid qilish
7.
Musobaqa va mashgʻulot shtangalari (185 kg, 190 kg)
dona
32
32
32
Sport vazirligi
8.
Musobaqa va mashgʻulot shtangalari (15 kg, 20 kg va griflar)
dona
32
32
32
Sport vazirligi
9.
Mashgʻulot taxtasupasi (3m x 3m va 2,5m x 2,5m)
dona
32
32
32
Sport vazirligi
10.
Shtanga disklarini saqlash uchun uskuna
dona
16
16
16
Sport vazirligi
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2024-y., 07/24/137/0235-son; 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)