Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
“Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 661-son “Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2836, 2016-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 516-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 1-martdagi 52, 2018-19 va 341-V-1-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2836-1, 2018-yil 27-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/2836-1/0940-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 10-yanvardagi 3, 2019-03 va 341-V-2-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2836-2, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/2836-2/2531-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 25-martdagi 42, 2019-27 va 341-V-3-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2836-3, 2019-yil 8-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2836-3/2897-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 8-oktabrdagi 103, 2019-56 va 341-V-4-son “Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2836-4, 2019-yil 18-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2019-y., 10/19/2836-4/3938-son).