Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2016-yil 5-oktabrdagi 78, 2016-34 va 341-V-son qarori (roʻyxat raqami 2836, 2016-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 44-son, 516-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
13-banddagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 14-bandning
birinchi xatboshisi va
15-banddagi “Mehnat vazirligining” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Bunda, bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqalar olishga talabnomalar bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oydan, dafn etishga esa shaxs vafot etgan kundan 60 kundan kechiktirmasdan taqdim etilishi lozim.”.
5.
51-banddagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
52-banddagi “Mehnat vazirligi” degan soʻzlar “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.