Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-91)
98-bandidagi “vazirliklar, idoralar va davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar “vazirlik va idoralar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaning
2-ilovasi 3 450 925 qatoridan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 9-dekabrdagi 6 va 5-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2633, 2014-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 601-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila soʻzlarni qoʻshish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
17-bandidan “davlat qoʻmitalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-son qarori (roʻyxat raqami 2793, 2016-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi
“d” kichik bandidan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2850, 2016-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 593-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarining 48-bandi
birinchi va
toʻrtinchi xatboshilari,
60-bandi, 61-bandi
uchinchi xatboshisi, 65-bandi
uchinchi xatboshisi, 70-bandi
uchinchi xatboshisi,
79-bandi, 99-bandi
beshinchi xatboshisi, 100-bandi
uchinchi xatboshisi, 104-bandi
uchinchi xatboshisi, 107-bandi
birinchi xatboshisi, 109-bandi
uchinchi xatboshisi,
111-bandi,
121-bandi, 161-bandi
uchinchi xatboshisi, 178-bandi
uchinchi xatboshisidan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 125-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 10/18/3078/2073-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining
standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”da:
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining 2019-yil 30-dekabrdagi 46, 105, 36, 39 va 35-son qarori (roʻyxat raqami 3215, 2020-yil 31-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/3215/0119-son) bilan tasdiqlangan Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
26 — 29-bandlari,
45-bandi, 1-ilovasining
izohi va 3-ilovasining
izohidan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 20-dekabrdagi 1236-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3216, 2020-yil 31-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/3216/0120-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari aviatsiyasining uchuvchilar tarkibini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
2-bandidan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori (roʻyxat raqami 3252, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3252/1098-son) bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning
113-bandidan “davlat qoʻmitalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 18-oktabrdagi 38-son, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 13-oktabrdagi 33-2021-son, Moliya vazirligining 2021-yil 16-oktabrdagi 65-son qarori (roʻyxat raqami 3326, 2021-yil 19-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2021-y., 10/21/3326/0974-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi
ikkinchi va
beshinchi xatboshilaridan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3341, 2021-yil 6-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 10/21/3341/1138-son) bilan tasdiqlangan Davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlar smetasi hamda moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
b)
90-banddan “, Davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.