1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Samarqand viloyatidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida (keyingi oʻrinlarda — “Urgut” EIZ) yangi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, import oʻrnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, viloyatning mavjud resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 40 gektar boʻsh yer uchastkasini ajratish hisobidan “Urgut” EIZ hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Samarqand viloyati hokimligi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
a) Kadastr agentligi hamda “Urgut” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, davlat yer kadastri maʼlumotlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin va yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona]
b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Urgut” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi mablagʻlari hisobidan “Urgut” EIZning yangi hududlari bosh rejasining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin. Bunda:
Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;
bosh rejani ishlab chiqish boʻyicha pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
bosh rejani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Samarqand viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hamda Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
3. Belgilansinki, “Urgut” EIZ hududida:
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq;
infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq;
infratuzilma obyektlari ishlari boʻyicha buyurtmachilarni belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Urgut” EIZga yangi qoʻshilayotgan yer uchastkalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash yuzasidan manzilli dasturni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Bunda, infratuzilma obyektlari 2024-yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5278-son qarorigailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-fevral,
PQ-64-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5278-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish