toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 31-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1545-6]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-son qarori (roʻyxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. B. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-yanvar,
42/21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 3-yanvardagi 42/21-son qaroriga
ILOVA
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1-kichik banddagi “tijorat banklarining Bosh ofislariga (keyingi oʻrinlarda — banklar) va Markaziy bankka” degan soʻzlar “Banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilariga — tijorat banklarining Bosh ofislariga, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJga, “Milliy kliring markazi” AJga (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchilar) hamda Markaziy bankka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) vakillik hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda — vakillik hisobvaraq) — bu ishtirokchilar va Markaziy bankka MB HKMda ochilgan va ular oʻrtasida elektron toʻlovlar oʻtkazishga moʻljallangan hisobvaraqdir;”;
6 va 7-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) tashabbuskor (initsiator) — bu ETHni shakllantirish va benefitsiarga joʻnatish yoʻli bilan elektron toʻlovni boshlovchi ishtirokchi yoki Markaziy bank;
7) benefitsiar — bu banklararo toʻlov tizimi orqali tashabbuskordan joʻnatilgan ETHni qabul qiluvchi ishtirokchi yoki Markaziy bank;”.
2. 2-bandning “a” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi banklari” degan soʻzlar “tashabbuskorlar va benefitsiarlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“g” kichik banddan “bank” degan soʻz chiqarib tashlansin;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) ishtirokchilarning MB HKMdagi vakillik hisobvaraqlari hamda ishtirokchilarda ularga tegishli hisobvaraqlardagi aylanmalar va qoldiqlar mos kelganda elektron toʻlovlarni amalga oshirish;”;
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) tashabbuskorning elektron raqamli imzosi bilan ETH tasdiqlangandan boshlab elektron toʻlovning chaqirib olinmasligi va mablagʻlar benefitsiarning vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan boshlab elektron toʻlovning yakuniyligi;”.
4. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ishtirokchilar ABM bilan tuziladigan shartnoma asosida MB HKM orqali elektron toʻlovlarni amalga oshiradilar.”.
5. 6-banddagi “Banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilari boʻlgan banklar — toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning” degan soʻzlar “Ishtirokchilarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilarining” va “banklarning” degan soʻzlar tegishli ravishda “Ishtirokchilarning” va “ishtirokchilarga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “banklar” degan soʻz “ishtirokchilar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 9-bandda “bank” degan soʻz “tashabbuskorning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Mablagʻlarni hisobvaraqlarga oʻtkazish, hisobdan chiqarish hamda MB HKMga qayta ishlash uchun uzatiladigan ETHning shakllantirilishi toʻgʻriligi uchun javobgarlik tashabbuskorga, MB HKMdan qabul qilinadigan ETH uchun javobgarlik esa benefitsiarga yuklatiladi.”.
9. 2-boʻlimning nomidagi “Banklar va ularning filiallarini” degan soʻzlar “Ishtirokchilarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “ulanishning uchta varianti” degan soʻzlar “ulanishning quyidagi usullari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-kichik banddagi “ulanishi.” degan soʻz “ulanishi;” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 4-kichik band bilan toʻldirilsin:
“4) “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va “Milliy kliring markazi” AJning ulanishi.”.
11. 14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
““Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va “Milliy kliring markazi” AJ banklararo toʻlov tizimiga ulanish uchun ushbu bandning 2 va 3-kichik bandlarida koʻrsatilgan talablarga javob berishi kerak.”.
12. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Filialga ega boʻlmagan bank, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va “Milliy kliring markazi” AJning banklararo toʻlov tizimiga ulanish tartibi quyidagicha:
1) Markaziy bankning banklarga litsenziya berishga masʼul departamenti (keyingi oʻrinlarda — MB LBD) MB TTDga ishtirokchining toʻliq nomi va manzili koʻrsatilgan holda xabar beradi;
2) MB TTDning yozma xabarnomasiga muvofiq, ABM ishtirokchi uchun xos raqam va unga tegishli rekvizitlarni zaxiralaydi hamda bir vaqtning oʻzida ishtirokchi va MB TTDga bu haqda xabar beradi;
3) Ishtirokchi xos raqam olgandan keyin oʻrnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan Markaziy bankning Roʻyxatga olish markaziga elektron raqamli imzo kalitini olish uchun, ABMga MB HKMning serveriga kirish ruxsatini olish maqsadida autentifikatsiya maʼlumotlarini aniqlash uchun murojaat qiladi;
4) ABM xodimlari yordamida bir qancha ETHlarning qabul qilish, nazorat qilish, uzatish, texnologik almashuvini oʻtkazish yoʻli bilan ishtirokchi tayyorligining sinov tekshiruvi oʻtkaziladi.
Sinov quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
a) ishtirokchining maʼlumotlari sinov majmuasidagi tegishli maʼlumotnoma (spravochnik)ga kiritiladi;
b) dastlab ishtirokchining xodimlari bilan axborotlar almashuvini oʻtkazish boʻyicha tushuntirish (instruktaj) oʻtkaziladi;
v) sinov majmuasidagi ishtirokchining vakillik hisobvaragʻiga ishtirokchining ishlashi uchun ustav fondi sifatida oldindan kelishilgan summa kiritiladi;
g) ishtirokchi vakillik hisobvaragʻidagi qoldiqni tasdiqlash uchun axborotni va ETHlarini shakllantiradi hamda ABMga sinov tariqasida joʻnatadi, ABM shakllantirilgan maʼlumotlarni toʻgʻriligini tekshiradi;
d) ABM ishtirokchi uchun vakillik hisobvaragʻini tasdiqlash, ish tugashi va ETHlarning qayta ishlanganligi boʻyicha axborotni shakllantiradi, ishtirokchi esa ular bilan ishlay olishini tasdiqlashi kerak;
e) Sinov ishtirokchi tayyorligini tekshirishda ijobiy natijalar olinguncha davom ettiriladi.
Sinov tugaganidan keyin ABM ishtirokchi bilan birgalikda ishtirokchi holatining banklararo toʻlov tizimida ishlashga tayyor ekanligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi;
5) MB LBDning ishtirokchi toʻgʻrisidagi xabari, ishtirokchining banklararo toʻlov tizimida ishlashga tayyorligi toʻgʻrisidagi Markaziy bank Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamentining xabarnomalari hamda sinovning ijobiy natijasi toʻgʻrisidagi ABMning dalolatnomasiga, shuningdek soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilgan soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi asosida, MB TTD barcha ishtirokchilarga ishtirokchining ochilganligi, unga BDMABda xos raqam berilgani va banklararo toʻlov tizimiga ulanganligi toʻgʻrisida rasmiy xabarnoma yuboradi. Oʻz navbatida, mazkur rasmiy xabarnoma asosida Markaziy bankning elektron maʼlumotnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.”.
ikkinchi xatboshidagi “ABMning BDMAB boʻlimiga” degan soʻzlar “ABMga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “banklarga” degan soʻz “ishtirokchilarga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
1-kichik banddagi “banklarning” degan soʻz “ishtirokchilarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2 va 3-kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) Elektron toʻlovlar faqatgina ishtirokchilarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi, bundan shartnomada koʻzda tutilgan hollar hamda Markaziy bankning kliring asosida ishlovchi toʻlov tizimlaridan olingan ishtirokchilar oʻrtasidagi yakuniy hisob-kitobga oid maʼlumotlar asosida elektron toʻlovlarni amalga oshirish mustasno. Bunda, ishtirokchilarning vakillik hisobvaraqlarida elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu mablagʻlar overdraft sifatida aks ettiriladi;
3) Ishtirokchi banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlar oʻtkazishga oʻzining MB HKMdagi vakillik hisobvaragʻi va ushbu vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻ hisobi yuritiladigan ichki hisobvaragʻidagi aylanma va qoldiq summalarining muvofiqligini tahlil qilgandan keyingina kirishadi.”.
1) 2-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) har bir ETH, tashabbuskor tomonidan joʻnatish uchun tayyorlangan hujjatni va benefitsiar tomonidan elektron usul bilan olingan hujjatni identifikatsiya qilish uchun moʻljallangan tegishli kod (Toʻlov hujjati kodi) bilan belgilanishi kerak. Toʻlov hujjati kodlari (keyingi oʻrinlarda — THK) 8-ilovada keltirilgan;”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “toʻlovchi bankning” degan soʻzlar “toʻlovchi bank(tashabbuskor)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilardagi “oluvchi bankning” degan soʻzlar “oluvchi bank(tashabbuskor)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshidagi “bank” degan soʻz “ishtirokchi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
16. 181-banddagi “banklarning” degan soʻz “ishtirokchilarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
17. 19 va 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. MB HKM tomonidan ishtirokchining vakillik hisobvaragʻi debetiga yoki kreditiga mablagʻ xato oʻtkazilganda, MB HKM amaliyot kuni davomida ishtirokchiga xato oʻtkazilgan toʻlovlar toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatishi kerak. Ishtirokchi MB HKMdan xabarnomani olganda, darhol shu amaliyot kunining oʻzida vakillik hisobvaraqqa xato oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarishni amalga oshirishi kerak.
20. Tashabbuskorning aybi bilan elektron toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u benefitsiarga xato oʻtkazilgan toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrsatgan holda xato oʻtkazilgan mablagʻni qaytarish toʻgʻrisida xabarnoma joʻnatadi. Bu holda, xato oʻtkazilgan mablagʻni qaytarilmasligidan qatʼiy nazar tashabbuskor mablagʻni xatolik aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart.”.
18. 21 — 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
21. Soat 8-00 dan 18-00 gacha boʻlgan davrda ishtirokchilar vakillik hisobvaragʻining oldingi kun nihoyasidagi holati toʻgʻrisida maʼlumot uzatadilar. Olingan maʼlumotlar ABMda ishtirokchilarning vakillik hisobvaraqlari qoldigʻi va aylanmalarining ishtirokchilardagi tegishli hisobvaraqlari bilan muvofiqligi nazoratidan oʻtadi hamda bu haqda ishtirokchiga elektron kvitansiya uzatiladi. Ushbu maʼlumotlar oʻzaro muvofiq boʻlganda ishtirokchi ishlashga tushadi, maʼlumotlar muvofiq boʻlmasa ishtirokchi ular sababini aniqlaydi va bartaraf etadi.
Agar ishtirokchi fors-major holatlari boʻyicha bir yoki bir necha kun ishlamagan boʻlsa, u ABM bilan ishni boshlashdan oldin oʻtgan qayta ishlanmagan kunlarda toʻplanib qolgan barcha ETHlarni qabul qilishi va qayta ishlashi, joriy kunning boshiga vakillik hisobvaragʻining holatini aniqlashi va faqat shundan keyingina ishni boshlashi shart.
22. Soat 8-00 dan 18-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar boʻyicha ETHlarni uzatish, qabul qilish, nazorat qilish vaqti hisoblanadi. Ushbu vaqt oraligʻida ETHlar quyidagi tartibda qayta ishlanadi:
1) Ishtirokchilar soat 8-00 dan 17-00 gacha MB HKMga har qanday ETHlarni uzatishlari mumkin;
2) Soat 17-00 dan 17-30 gacha boʻlgan davrda MB HKMga tijorat banklari oʻrtasidagi pul bozori operatsiyalariga oid ETHlar uzatilishi mumkin;
3) Soat 17-00 dan 18-00 gacha boʻlgan davrda MB HKMga Markaziy bank va tijorat banklari oʻrtasidagi pul-kredit operatsiyalariga oid ETHlar uzatilishi mumkin;
4) Joʻnatishga moʻljallangan ETH nazoratdan oʻtadi, ishtirokchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, shifrlanadi va bank telekommunikatsiya tarmogʻi boʻyicha MB HKMga bundan keyingi qayta ishlashlar uchun uzatiladi.
Bunda, ETHlarni uzatish, qabul qilish, nazorat qilishni taʼminlovchi xodimlarning ish vaqti mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
24. Soat 18-00 dan ABM ishtirokchilarga kunning yakunlanishi va yaroqsiz (brak) deb topilgan ETHlar toʻgʻrisida (tashabbuskor va benefitsiar boʻyicha) xabarnoma joʻnatadi.
Shundan keyin MB HKMda “Kunning yakunlanishi” bosqichi amalga oshiriladi. MB HKMda quyidagilar “Kunning yakunlanishi” bosqichini bajarilishining shartlari hisoblanadi:
a) ishtirokchilardan ETHni qabul qilish vaqtining tugashi;
b) MB HKMga uzatilgan barcha ETH qayta ishlangan va ishtirokchilarning tegishli vakillik hisobvaraqlarida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Ishtirokchilarda “Kunning yakunlanishi” bosqichining vaqti ishtirokchining ichki toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi.
“Kunning yakunlanishi” bosqichi chiqish shakllarini chiqarish, maʼlumotlarni arxivatsiyalash va tizimni navbatdagi kunning boshlanishiga tayyorlash bilan birgalikda boradi.”.
19. 26-banddagi “banklarda” degan soʻz “ishtirokchilarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
20. 6-boʻlimning nomidagi “Banklarning” degan soʻz “Ishtirokchilarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
21. 36-banddagi “Banklardan” degan soʻz “Ishtirokchilardan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
22. 38-bandning “b” kichik bandidagi va 39-banddagi “bankning” degan soʻz “ishtirokchining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
23. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. ETHda bironta xato aniqlansa, shuningdek elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun ishtirokchining vakillik hisobvaragʻida mablagʻlar yetarli boʻlmasa, mazkur ETH qayta ishlashdan chiqariladi va bu haqda ishtirokchiga xato kodi koʻrsatilgan holda axborot taqdim etiladi.”.
24. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Elektron toʻlov hujjatlarining oʻtish sxemasi

MB Hisob-kitob-kassa markazlari

“Milliy kliring markazi” AJ

MB Toʻlov markazi

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ

MB Hisob-kitoblar markazi

A bank

Toʻlov markazi

Filialga ega boʻlmagan bank

B bank

Toʻlov markazi

A bank

filiallari

B bank

filiallari

”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 10/24/1545-6/0093-son)