1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-son qaroriga muvofiq Adliya vazirligi huzurida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri rais hisoblanadigan intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tashkil etilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomni hamda Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-oktabr,
856-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risida
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
2. Apellyatsiya kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organi sifatida amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
3. Apellyatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulkni muhofaza qilishga doir xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
4. Apellyatsiya kengashining faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.
2-bob. Apellyatsiya kengashida ko‘rib chiqiladigan masalalar turlari
a) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat muassasasi) talabnomada ko‘rsatilgan:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlariga nisbatan qabul qilingan qarorlari yuzasidan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqadi;
(5-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
b) manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning:
sanoat mulki obyektlariga patent berilishi;
seleksiya yutuqlariga patent berilishi;
integral mikrosxemalar topologiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi;
sanoat mulki obyektlariga va seleksiya yutuqlariga berilgan patentlarning haqiqiyligi;
tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, geografik ko‘rsatkichdan va tovarning kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning haqiqiyligi;
(5-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishining amal qilishiga yuzasidan apellyatsiyalarini ko‘rib chiqadi;
v) quyidagilarning:
integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarning;
tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga, geografik ko‘rsatkichlardan va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqiga berilgan guvohnomalarning amal qilishi tugatilishi yuzasidan apellyatsiyalarini ko‘rib chiqadi;
(5-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
g) geografik ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilishi bekor qilinishi yuzasidan apellyatsiyalarini ko‘rib chiqadi;
(5-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Apellyatsiya kengashi O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqadi (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi).
3-bob. Apellyatsiya kengashining huquq va majburiyatlari
6. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda quyidagi huquqlarga ega:
apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslardan, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslardan apellyatsiyani yoki arizani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
qo‘shimcha ekspertiza tayinlash, uni o‘tkazish uchun mustaqil ekspert va maslahatchilarni jalb etish;
Vazirlik ixtiyoridagi patent hujjatlari va ilmiy-texnika adabiyotlari davlat fondlaridan foydalanish.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Apellyatsiya kengashi apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Apellyatsiya kengashi apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilarga majbur:
apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish jarayonida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya qilish;
apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqqoniyligini va asoslanganligini ta’minlash.
Apellyatsiya kengashiga apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish jarayonida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Apellyatsiya kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi
8. Apellyatsiya kengashi Kengash raisi, uning o‘rinbosari, kengash a’zolari va kotibidan iborat tarkibda faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Apellyatsiya kengashi raisi hisoblanadi. Apellyatsiya kengashi tarkibiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar malakali va tajribali xodimlari, shuningdek, olimlar va mutaxassislar kiritiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Vazirlikning Apellyatsiya kengashi tarkibidagi xodimlari soni Apellyatsiya kengashi umumiy a’zolari sonining o‘ttiz foizidan oshmasligi lozim.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son)
Apellyatsiya kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
9. Apellyatsiya kengashi raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra esa — uning o‘rinbosari Apellyatsiya kengashining faoliyatini tashkil etadi.
10. Apellyatsiya kengashida ishlar kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Apellyatsiya kengashi kotibi Apellyatsiya kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas.
101. Apellyatsiya va ariza Vazirlikning “Intellektual mulk muhofazasi portali” (keyingi o‘rinlarda — Portal) orqali topshiriladi.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
11. Vazirlikning Intellektual mulk departamenti Apellyatsiya kengashining ishchi organi hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
apellyatsiya va arizalarni qabul qiladi, Apellyatsiya kengashi majlislarini tashkiliy ta’minlaydi;
Apellyatsiya kengashi majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha zarur materiallarni tayyorlaydi;
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha Apellyatsiya kengashining qarorlarini yuborish choralarini ko‘radi;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
13. Apellyatsiya kengashi faoliyati majlislar o‘tkazish yo‘li bilan tashkil etiladi.
Majlislar zaruriyatga ko‘ra Apellyatsiya kengashi raisi tomonidan, u bo‘lmagan taqdirda esa uning o‘rinbosari tomonidan chaqiriladi.
Apellyatsiya kengashining majlislari, agar ularning ishida Apellyatsiya kengashi a’zolarining umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Apellyatsiya kengashining majlislari jarayonlari videoyozuvda qayd etib boriladi va protokoli yuritilmaydi.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
14. Apellyatsiya kengashi majlislarida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxslar qatnashishga haqlidir. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis bo‘lishidan kamida o‘n kun oldin majlis o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt to‘g‘risida yozma ravishda Vazirlik tomonidan Portal orqali xabardor qilinishi kerak.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs, boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga binoan Apellyatsiya kengashi majlisi kengash qaroriga ko‘ra kechroq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ko‘chirilishi mumkin. Bunda apellyatsiyalarni yoki arizalarni ko‘rib chiqishning belgilangan muddati o‘tishi Apellyatsiya kengashi majlisining yangi sanasigacha to‘xtatib turiladi.
15. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs, boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasi asosida Apellyatsiya kengashi majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilinishiga taraflarning roziligi va Apellyatsiya kengashi majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
16. Intellektual mulk obyektiga huquqiy muhofaza berish to‘g‘risidagi talabnomani ko‘rib chiqishda va uning bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda ishtirok etgan Apellyatsiya kengashi a’zolari xulosa berish yoki Apellyatsiya kengashining mazkur intellektual mulk obyekti bilan bog‘liq apellyatsiyalar ko‘rib chiqilayotgan majlisida qatnashish huquqiga ega emas.
17. Qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlar zarur bo‘lgan taqdirda ular Apellyatsiya kengashi belgilagan muddatlarda manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilishi kerak.
Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga ko‘ra qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni taqdim etish muddati Apellyatsiya kengashi tomonidan uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunda apellyatsiyalarni yoki arizalarni ko‘rib chiqish belgilangan muddatining o‘tishi uzaytirish muddatigacha to‘xtatib turiladi.
18. Ishni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda Apellyatsiya kengashining navbatdagi majlisi sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda Apellyatsiya kengashi tomonidan boshqa kunga ko‘chirilishi mumkin:
vakilning majlisda qatnasha olmasligi sababli ishni ko‘rib chiqish boshqa kunga ko‘chirilishi to‘g‘risida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxsning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan;
qo‘shimcha dalillar olish zaruriyati munosabati bilan;
ishni ko‘rib chiqish qatnashchilaridan birortasining hozir bo‘lmaganligi yoki tomonning vakilida ishonchnoma yo‘qligi munosabati bilan;
Apellyatsiya kengashi fikriga ko‘ra ishni ko‘rib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaxslarning ishtiroki zarurligi munosabati bilan;
ishni ushbu majlisda hal etish mumkin bo‘lmaganda.
19. Ishni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin:
Apellyatsiya kengashi tomonidan xulosalari ishni ko‘rib chiqish natijalari uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ish ko‘rilayotganda;
ekspertizadan o‘tkazish yoki tegishli ekspertning yoki mutaxassisning xulosasi zarur bo‘lganda;
materiallarni qo‘shimcha o‘rganish va so‘rash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda.
Ishni ko‘rib chiqish uni to‘xtatishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
20. Ishni ko‘rib chiqish Apellyatsiya kengashi tomonidan quyidagi hollarda to‘liq yoki qismlari bo‘yicha tugatilishi mumkin:
apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs ishni ko‘rib chiqishni to‘liq yoki qismlari bo‘yicha tugatilishi to‘g‘risida ariza berganda;
tomonlardan biri vafot etganda, yuridik shaxs tugatilganda, agar huquqiy vorislari bilan almashtirish imkoni bo‘lmasa yoki mumkin bo‘lmasa;
apellyatsiya ishi bo‘yicha sud tomonidan qaror qabul qilinganda.
21. Apellyatsiyalar yoki arizalar berish va ularni Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqish qoidalari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
22. Apellyatsiyalarni yoki arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Apellyatsiya kengashi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
apellyatsiyalarni yoki arizalarni qanoatlantirish;
apellyatsiyalarni yoki arizalarni qisman qanoatlantirish;
apellyatsiyalarni yoki arizalarni qanoatlantirishni rad etish.
23. Apellyatsiya kengashining qarori apellyatsiya yoki ariza mohiyatini ko‘rib chiqish tugagandan so‘ng kengash a’zolarining yopiq yig‘ilishi natijasi bo‘yicha ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Apellyatsiya kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Apellyatsiya kengashi raisi va a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emas. Apellyatsiya kengashi raisi eng oxirida ovoz beradi.
Apellyatsiya kengashining qarori Apellyatsiya kengashi raisi va ishni ko‘rib chiqishda qatnashgan Apellyatsiya kengashining barcha a’zolari tomonidan Portal orqali QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yish bilan tasdiqlanadi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
Qaror apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs, boshqa manfaatdor shaxs yoxud ularning vakillarining Portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
24. Tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida Davlat muassasasi qabul qilgan qarorlar yuzasidan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqishda apellyatsiya bergan shaxs tovar belgisi egasining ro‘yxatdan o‘tkazishda rad etilgan belgini ro‘yxatga olish uchun roziligini taqdim etish huquqiga ega.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
25. Geografik ko‘rsatkichni va tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Apellyatsiya kengashi ayni paytda ushbu ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan geografik ko‘rsatkichdan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga berilgan guvohnomalarning amal qilishini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
26. Apellyatsiya kengashi qarori yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
27. Apellyatsiya kengashi qarorlari qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslarga va boshqa manfaatdor shaxslarga Vazirlik tomonidan yuboriladi, shuningdek, uning rasmiy nashrida va veb-saytida ma’lumot tariqasida e’lon qilinadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
5-bob. Apellyatsiya kengashi faoliyatini moliyalashtirish manbalari
28. Apellyatsiya kengashida ishlar ko‘rib chiqilganligi uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Vazirlikning Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga to‘lanadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Patent bojlari miqdori, ularni to‘lash muddatlari, shuningdek, ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
29. Apellyatsiya kengashi a’zolari — jalb qilingan mustaqil olimlar va mutaxassislar xizmatlariga ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida Vazirlikning Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Haq to‘lash shartlari va uning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Vazirlikning Apellyatsiya kengashi tarkibidagi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq ustama to‘lanishi mumkin.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)
30. Apellyatsiya kengashini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomni hamda Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni)” 2008-yil 7-maydagi 89-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 16-modda) ilovaning 2-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2008-yil 30-iyuldagi O‘RQ-164-son Qonuni)” 2008-yil 9-sentabrdagi 204-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori)” 2011-yil 6-sentabrdagi 248-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 74-modda) ilova 3-bandining “b” kichik bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son; 13.07.2026-y., 09/26/375/0726-son)