Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son “Oʻzbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan 1997-yil 14-fevralda tasdiqlangan Konsullik legallashtirish toʻgʻrisidagi
yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 313, 1997-yil 12-mart) (Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ hujjatlari axborotnomasi, 1997-yil, 5-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2017-yil 14-oktabrdagi 27-son “Konsul tomonidan hujjatlarni qonuniylashtirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-1, 2017-yil 17-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 10/17/313-1/0134-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining 2018-yil 27-noyabrdagi 37-son “Konsullik legallashtirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 313-2, 2018-yil 29-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/313-2/2417-son).