Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan 1997-yil 14-fevralda tasdiqlangan Konsullik legallashtirish toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 313, 1997-yil 12-mart)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2-bandning
“b” kichik bandidagi “Konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1,
2,
4 va
6-bandlardagi “Konsullik boshqarmasi” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3 va
5-bandlardagi “Konsullik boshqarmasida” degan soʻzlar “Konsullik-huquqiy departamentida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.