1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5517-son Farmoniga muvofiq, “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
1. Namangan viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligining:
ilovaga muvofiq Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi zaxirasidagi Ibrat massivida joylashgan 70,0 gektar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;
Toʻraqoʻrgʻon tumanidan 70,0 gektar boʻsh yer uchastkalarini ajratish hisobiga “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
2. Namangan viloyati hokimligi:
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib davlat yer kadastri maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
b) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi mablagʻlari hisobiga bir oy muddatda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining yangi hududlari (keyingi oʻrinlarda — “Namangan” EIZning yangi hududlari) bosh rejasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Bunda:
bosh reja loyihasini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi etib “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi belgilanadi;
bosh reja loyihasini ishlab chiqish Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
bosh reja loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga koʻra aniqlanadi;
v) uch yil muddatda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari oʻrniga besh barobarga teng miqdorda yangi yerlarni oʻzlashtirish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
3. Belgilansinki, “Namangan” EIZning yangi hududlarida:
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion savdolari orqali;
infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq;
infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ajratiladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash uchun kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda “Namangan” EIZning yangi hududlari tasdiqlangan bosh rejasiga asosan:
uch oy muddatda 2023-2024-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlash lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini tasdiqlasin;
2024-yil 1-martga qadar amalga oshiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda kelishish ishlarini yakunlasin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi obyektlar roʻyxati tasdiqlangandan soʻng bir oy muddatda ularning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin.
6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi “Namangan” EIZning yangi hududlari bosh rejasi belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-dekabr,
PQ-407-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-407-son qaroriga ILOVA
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi zaxirasidagi Ibrat massivida joylashgan boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan
ER UChASTKALARI
Hudud nomi
Yerdan foydalanuvchi nomi
Kontur raqami
Jami yer uchastkasi
(ga)
Shundan:
Tuproq bonitet bali
ekin er
(ga)
boshqa er
(ga)
“Ettikon” MFY
Toʻraqoʻrgʻon tuman hokimligi
380
381
383
385
386
70,0
66,6
3,4
36
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 07/23/407/0975-son)