toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Surxondaryo viloyatida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va yosh tadbirkorlarning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, hududda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hamda yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni.
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) 40 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlari Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar sanoat zonalari) loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilsin.
2. Belgilansinki, Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida:
a) tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish, shu jumladan sanoat ipotekasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, oʻrnatilgan tartibda ajratilgan yer maydonlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yosh tadbirkorlar uchun tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari barpo etiladi;
b) sanoat ipotekasi asosida qurilish uchun yer maydonlari tegishli bosh rejalarga muvofiq elektron onlayn-auksionga quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlarining asosiy parametrlari va qurish muddatlari toʻgʻrisidagi shartlar belgilangan holda joylashtiriladi hamda ushbu shartlar yer ijara shartnomasida koʻzda tutiladi;
v) sanoat ipotekasi asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan barpo etiladigan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlari keyinchalik ular tomonidan yosh tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida realizatsiya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni.
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini yosh tadbirkorlar tomonidan xarid qilish boʻyicha kreditlarni moliyalashtirishga ruxsat etish;
b) ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan beriladigan moliyaviy resurslarni tijorat banklari tomonidan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga taqdim etish. Bunda:
tijorat banklariga moliyaviy resurslarni Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari doirasida milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha Markaziy bankning asosiy stavkasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 11 yil muddatga taqdim etish;
tijorat banklari tomonidan milliy valyutadagi kreditlarni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratish;
Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Jamgʻarma mablagʻlari va kredit boʻyicha foiz stavkasini mutanosib ravishda pasaytirish, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoldirish;
tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy resurslarning eng yuqori miqdorini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun moliyalashtiriladigan jami investitsiya loyihalari doirasida 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga asosan moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori va 500 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda belgilash.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonasida sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilgan yosh tadbirkorga Yoshlar sanoat zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi hamda u bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim tuziladi.
5. Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kadastr agentligi:
bir oy muddatda har bir tuman va shaharda Yoshlar sanoat zonalarida yaratilgan sharoit va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar yuzasidan taqdimotlarni tashkil etsin, shuningdek, yosh tadbirkorlar oʻrtasida oʻz loyihalarini amalga oshirish uchun qulay boʻlgan yer maydonlari yuzasidan soʻrovnomalar oʻtkazsin;
ikki oy muddatda tadbirkorlar oʻrtasida talab yuqoriligi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari mavjudligi, tadbirkorlik loyihalari amalga oshirilishi holatidan kelib chiqib, shuningdek, hududlarda yosh tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnomalar asosida Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarining manzilli roʻyxatlarini qayta koʻrib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Kadastr agentligining 1-ilovaga muvofiq “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga kiruvchi Surxondaryo viloyati, Denov tumani hududidagi 21 gektar yer maydonini qisqartirish hisobiga:
4 gektar boʻsh yer maydonida Yoshlar sanoat zonasini tashkil etish;
17 gektar yer maydonini “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududi tarkibiga qoʻshish orqali uning hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
7. Surxondaryo viloyati hokimligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududi bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlasin. Bunda:
Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;
bosh rejani ishlab chiqish boʻyicha pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;
bosh rejani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hamda hududiy tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarining tasdiqlangan bosh rejalariga asosan 2024-yilda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlash uchun 40 mlrd soʻm mablagʻlarni 2024-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi orqali ajratish choralarini koʻrsin.
Bunda, mazkur mablagʻlar qayta koʻrib chiqilgan Yoshlar sanoat zonalarining manzilli roʻyxatlari boʻyicha ajratilishi koʻzda tutilsin.
9. Surxondaryo viloyati hokimligi:
a) Surxondaryo viloyati kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyaning 2024-yilda saqlash xarajatlarini Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin;
b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Termiz shahridagi “Tinchlik” Yoshlar sanoat zonasi tajribasi asosida 2024-yilda 6 ta tuman (shahar)da, 2025-yilda 8 ta tumanda Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi asosida bino-inshootlar barpo etilishini taʼminlasin;
hududda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun tayyor loyiha portfellarini tashabbuskor investorlarga muntazam ravishda taklif etib borsin.
10. Yoshlar ishlari agentligi:
Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida yosh tadbirkorlarga oid maʼlumotlarning “Elektron hukumat” tizimi integratsiyalashuv platformasi orqali oʻzaro integratsiyasini taʼminlasin;
“Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda yosh tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan yoshlarni, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz loyihalarini Surxondaryo viloyati Yoshlar sanoat zonalarida amalga oshirishga jalb etish va ushbu hududda yaratilgan imkoniyatlarni targʻib qilish choralarini koʻrsin.
11. Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Yoshlar sanoat zonalari bosh rejalariga asosan amalga oshiriladigan muhandislik-kommunikatsiya, qurilish-taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, sanoat ipotekasi tizimini joriy etish va amalga oshirish boʻyicha tegishli davlat idoralari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Yoshlar sanoat zonalarida yosh tadbirkorlar investitsiya loyihalari uchun, shu jumladan barpo etilgan ishlab chiqarish bino-inshootlarini xarid qilish boʻyicha Jamgʻarma hisobidan belgilangan tartibda kreditlar ajratib borilishini monitoring qilish va taʼminlash;
yosh tadbirkorlarga Yoshlar sanoat zonalarida biznes loyihalarini amalga oshirish jarayonida har tomonlama koʻmaklashish;
yosh tadbirkorlar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida seminarlar tashkil etish, xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini joriy etish maqsadida yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilish;
Yoshlar sanoat zonalarida yaratilgan sharoit va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar boʻyicha muntazam ravishda targʻibot ishlarini tashkil etish, yosh tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirish uchun qulay yer maydonlarini aniqlash hamda hududdagi Yoshlar sanoat zonalarining manzilli roʻyxatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5278-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
13. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari K.K. Kuranbayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-dekabr,
PQ-400-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-son qaroriga
1-ILOVA
Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga oʻtkazilayotgan hududlar
ROʻYXATI

Hududlar va ularning chegaralari

Maydoni

(gektar)

Surxondaryo viloyati yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud:

Denov tumani, “Gʻalaba” SIU mavzesi, “Qoʻzichoq” MFY hududidagi 4,0 gektar yer maydoni, quyidagi chegaralari bilan:

1-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'57.55''N sharqiy uzoqlik 67°53'33.53''E

2-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73''N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31''E

3-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.59''N sharqiy uzoqlik 67°53'26.66''E

4-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.18''N sharqiy uzoqlik 67°53'32.63''E

4,0

“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga oʻtkazilayotgan hudud:

Denov tumani, “Gʻalaba” SIU mavzesi, “Qoʻzichoq” MFY hududidagi 17,0 gektar yer maydoni, quyidagi chegaralari bilan:

1-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.58''N sha�qiy uzoqlik 67°53'26.44''E

2-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.41''N sharqiy uzoqlik 67°53'25.07''E

3-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.90''N sharqiy uzoqlik 67°53'23.52''E

4-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'44.09''N sharqiy uzoqlik 67°53'23.05''E

5-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'42.09''N sharqiy uzoqlik 67°53'27.73''E

6-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'40.70''N sharqiy uzoqlik 67°53'34.33''E

7-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'40.72''N sharqiy uzoqlik 67°53'36.44''E

8-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'45.74''N sharqiy uzoqlik 67°53'45.25''E

9-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'46.24''N sharqiy uzoqlik 67°53'45.02''E

10-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'46.24''N sharqiy uzoqlik 67°53'45.02''E

11-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'47.52''N sharqiy uzoqlik 67°53'42.86''E

12-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'49.93''N sharqiy uzoqlik 67°53'43.33''E

13-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'52.96''N sharqiy uzoqlik 67°53'40.64''E

14-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'53.90''N sharqiy uzoqlik 67°53'41.21''E

15-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.38''N sharqiy uzoqlik 67°53'41.97''E

16-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.19''N sharqiy uzoqlik 67°53'43.12''E

17-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'54.42''N sharqiy uzoqlik 67°53'44.15''E

18-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'55.09''N sharqiy uzoqlik 67°53'44.88''E

19-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'58.50''N sharqiy uzoqlik 67°53'43.36''E

20-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'57.55''N sharqiy uzoqlik 67°53'33.53''E

21 -nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.18''N sharqiy uzoqlik 67°53'32.63''E

22-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'48.59''N sharqiy uzoqlik 67°53'26.66''E

23-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73''N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31''E

24-nuqta: shimoliy kenglik 38°14'56.73''N sharqiy uzoqlik 67°53'27.31''E

17,0

Izoh: 21 gektar yer maydoni Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Gʻalaba” SIU mavzesi, “Qoʻzichoq” MFY hududida joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-son qaroriga
2-ILOVA
Surxondaryo viloyatida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI

1.

K.K. Kuranbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari, Komissiya raisi

2.

U.B. Qosimov

Surxondaryo viloyati hokimi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

J.T. Joʻrayev

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

A.Z. Saʼdullayev

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori

6.

A.I. Axmedxadjayev

energetika vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

A.M. Boboyev

iqtisodiyot �a moliya vaziri oʻrinbosari

8.

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

9.

A.A. Akbarjonov

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi

10.

X.F. Sattarov

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi ijrochi direktori

11.

Lavozimiga koʻra

Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5278-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Qarorga 1-ilovada:
“Surxondaryo viloyati boʻyicha” boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

Jami:

428,32

”.

pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2023-y., 07/23/400/0953-son)