T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Yoshlarning bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirish |
1. | Paxta va gʻalladan boʻshagan maydonlarni oziq-ovqat ekinlari yetishtirish maqsadida 10 yil muddatga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ijaraga berish tizimini joriy etish va shu yoʻl bilan 500 ming nafar yoshlarni doimiy ish bilan taʼminlash. | Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil 1-sentabr | - | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Kadastr agentligi (Umarov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
2. | Buxoro viloyatining Olot tumani tajribasi asosida yoshlarga beriladigan imtiyozli kreditlar va lizing asosida 50 mingdan ziyod yengil konstruksiyali zamonaviy avtoservis, maishiy xizmat, chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini barpo etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Reja ishlab chiqish — 2021-yil 1-avgust, yakunlash — 2022-yil 1-yanvar | Imtiyozli kreditlar, lizing | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari, sektorlar rahbarlari, tijorat banklari |
3. | Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va oʻqish muddati tugagandan soʻng 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida taʼlim kreditlari berish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil 1-avgust | - | Moliya vazirligi (Ishmetov) Markaziy bank (Nurmuratov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov) |
4. | Taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlashga oid mahalliy, hududiy va respublika dasturlarini amalga oshirish. Dasturda har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, startap va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish ishlarini belgilash. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari qarori | Har yili 1-avgust | - | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
5. | Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida kamida 150 ta kasb va lavozimlarga qoʻyilgan oliy maʼlumot talabini bekor qilish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2021-yil 1-oktabr | - | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov) |
6. | “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan yoshlarning yangi gʻoyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirishga oid Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2021-yil 1-sentabr | - | “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (Mirsoatov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) |
7. | “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kirgan oilalarning farzandlari va “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarning yangi turmush qurayotganlariga oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun 33 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil 1-sentabr | - | Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov), tegishli tijorat banklari, Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Rahmatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi |
8. | “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotgan farzandlariga 2021/2022 oʻquv yilida birinchi oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil 1-sentabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Moliya vazirligi (Ishmetov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi |
9. | Xorijdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan, ilm-fan bilan shugʻullanayotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega boʻlgan Oʻzbekiston yoshlarining Vatanimizga kelib ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratish, bunday yoshlarni rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida ilgari surish, ularga uy-joy ajratish, munosib maosh toʻlash boʻyicha yangi tizim joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil 1-oktabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
10. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, vazirlik va idoralarning xalqaro nufuzli reytinglarda 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasasini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan mutaxassislarni oʻz hududi va tizimiga ishga olib kelish rejasini tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili dekabr | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
11. | Hokim, davlat boshqaruv organlari va tashkilotlari, davlat ulushi yuqori boʻlgan tijorat banklari rahbari lavozimlariga har yili 2 nafardan iqtidorli yoshlarni saralab, yosh kadrlar zaxirasini tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili dekabr | - | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, tijorat banklari |
12. | Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja olgan mutaxassislarning lavozim maoshiga ustamalar toʻlab borilishini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil 1-oktabr | - | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
13. | Yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yoshlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Xalq deputatlari Kengashlari qarorlari | Har yili 1-iyun | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari |
16. | Davlat boshqaruvi akademiyasida yoshlar masalasiga mutasaddi barcha rahbarlarning bilim va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil avgust | Ijrochilar mablagʻlari | Davlat boshqaruv akademiyasi (Bekmurodov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov) |
II. Yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash |
17. | Respublika miqyosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini qoʻshimcha kompyuter sinflari bilan taʼminlash boʻyicha: xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlarini jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish; moliyalashtirish manbalariga muvofiq, qoʻshimcha 5 mingta kompyuter sinflarini joriy oʻquv yildan boshlab tashkil etish boʻyicha tuman va shaharlar kesimida Vazirlar Mahkamasi tomonidan dastur qabul qilish. | Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat | Dastur ishlab chiqish — 2021-yil 1-oktabr, yakunlash — dastur boʻyicha | Xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) |
18. | 2021-yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida Yoshlar texnoparklarini foydalanishga topshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil dekabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
2022-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Fargʻona, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida texnoparklar barpo etish. | 2022-yil noyabr |
19. | Qoraqalpogʻiston Respublikasida IT-Park tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil dekabr | Mahalliy budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
20. | Qoraqalpogʻiston Respublikasining raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini yanada rivojlantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
21. | Robototexnika boʻyicha tanlovlar gʻoliblarining “Aqlli uy” texnologik yechimlarini pilot loyiha sifatida joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil dekabr | Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar | Qurilish vazirligi (Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
22. | Yoshlarning axborot texnologiyalariga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Bir million dasturchi” loyihasini keng joriy qilish uchun komyuniti-menejerlar faoliyatini tashkil qilish. Bunda, har bir hududda “Bir million dasturchi” loyihasining yosh va faol bitiruvchilari ichidan komyuniti-menejerlarni saralab olish va eng samarali natija egalarini taqdirlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil dekabr | Davlat budjeti mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
23. | Farmatsevtika sohasini raqamlashtirish orqali aholiga yanada qulay imkoniyatlarni yaratish uchun dori-darmonlarni markirovka qilish hamda yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil oktabr | - | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (Kariyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) |
24. | Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlarini respublikamiz hududlarida muntazam tashkil etish hamda yoshlar oʻrtasida targʻibot ishlarini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Davlat test markazi (Karimov), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov) |
25. | Chet tillar boʻyicha bilimlarni baholashning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi orqali talabgorlar oʻz bilim darajasini aniqlay olish imkoniyatini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil 1-oktabr | Ijrochilar mablagʻlari | Davlat test markazi (Karimov), Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov) |
26. | Yoshlar oʻrtasida xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan forum, konferensiya, koʻngilochar tadbirlar va seminar treninglar tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Homiylik mablagʻlari | Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
27. | Hududlarda xorijiy tillarda erkin muloqot maydonchalarini (til muhiti) tashkil etish, 207 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda LLL (Language learning lab) erkin muloqot maydonchalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil 30-dekabr | Davlat budjeti, grantlar va homiylik mablagʻlari | Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (Obidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
28. | Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yirik sanoat korxonalarida iqtidorli yoshlarning innovatsion loyihalarini amaliyotga tatbiq etish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda: sanoat korxonalaridagi muammolar yechimiga qaratilgan yoshlarning loyihalarini saralash va taqdimotini tashkil etish; tavsiya etilgan loyihalarni davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yirik davlat korxonalarida joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil avgustdan reja asosida | Ijrochilar mablagʻlari | Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), vazirlik va idoralar |
29. | Mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi aʼzolari tomonidan yaratilgan aerostat qurilmasi yordamida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini stratosferaga olib chiqishga bagʻishlangan tantanali tadbirni tashkillashtirish va uni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil avgust | Ijrochilar mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi (Umarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Milliy teleradiokompaniya (Xadjayev), tegishli vazirlik va idoralar |
30. | Ijod maktablarida “Yosh tarjimonlar” toʻgaraklarini yoʻlga qoʻyish. “Yosh tarjimonlar” toʻgaragining dasturini ishlab chiqish, mahalliy yoki xorijiy mutaxassisni toʻgarak rahbari sifatida belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr oyidan boshlab doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Umarova), Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
31. | “Alisher Navoiy” mobil ilovasini takomillashtirish va unda ulugʻ shoirning adabiy-maʼrifiy, ilmiy asarlarini, shuningdek, uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan zamonaviy asarlarni joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr oyidan boshlab doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Umarova), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov) |
32. | Mumtoz adabiyotda tushunilishi qiyin boʻlgan soʻzlarni bugungi kunga toʻgʻri keladigan shakl va xorijiy tillardagi tarjimasi yigʻilgan lugʻat tayyorlash uchun Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Isxoqxontoʻra Ibrat nomidagi maktab-internatiga Namangan viloyati hokimi grantini ajratish. | Namangan viloyati hokimi qarori | 2021-yil iyul | Mahalliy budjet mablagʻlari | Namangan viloyati hokimligi (Abdurazaqov) |
33. | Oʻzbekistonda sholini koʻchat usulida ekish texnologiyasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida tajribadan oʻtkazish va natijasi boʻyicha ilmiy asoslangan taklif ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil oktabr | Ijrochilar mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev) |
34. | Yoshlarning “Aqlli issiqxona” innovatsion loyihasini qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil noyabr | Ijrochilar mablagʻlari | Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (Najimov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Umarova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov) |
35. | Yoshlarning ilgʻor gʻoya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish va ularning muammolarini hal qilish maqsadida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har hafta | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari |
III. Yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish |
36. | Har yili anʼanaviy ravishda: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahar, barcha tuman va shaharlarda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari va forumlari; Navroʻz va Mustaqillik bayramlariga bagʻishlab, har bir mahalla, taʼlim muassasalari, qishloq, tuman va shaharlarda sayil hamda tanlovlar; “Beruniy izdoshlari”, “Mirzo Ulugʻbek vorislari”, “Alisher Navoiy davomchilari” bilimlar bellashuvi va mushoiralar tashkil etib borish. Tadbirlarni tashkil etish, oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash va ragʻbatlantirish tartibini, asosiy tashkilotchilari va moliyalashtirish manbalarini belgilash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2021-yil oktabr | Mahalliy budjet va ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (Umarova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
37. | 2022-yildan boshlab har yili: 1-iyun kuni yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting natijalari eʼlon qilinishi; 30-iyun — Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni eng yuqori natijaga erishgan hududda yoshlar festivalining respublika yakuniy bosqichi oʻtkazilishini hamda ushbu hududdagi yoshlar masalasi boʻyicha mutasaddilar taqdirlanishini tashkil qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yildan har yili | - | Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
38. | Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan fidoyi yoshlar haqida “Zamonamizning yosh qahramonlari” ruknida ommaviy axborot vositalarida koʻrsatuvlar, maqola va suhbatlar berib borish orqali ularning ibratli ishlarini jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safarov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) |
39. | Buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash, uni kelajak avlodga bezavol yetkazish maqsadida doʻppi, chopon, atlas, adras, soʻzana, kashta, dutor, gʻijjak, tanbur, doʻmbira, chanqovuz kabi milliy hunarmandchilik namunalari va musiqa cholgʻularini yoshlar oʻrtasida ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni | 2021-yil avgust oyidan boshlab | Mahalliy budjet va ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Zayniddinov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xodjimatov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi |
40. | Yoshlar oʻrtasida mumtoz maqom qoʻshiqlarini keng targʻib qilish maqsadida ushbu qoʻshiqlarning karaoke formatidagi toʻplamlarini tayyorlash. Taʼlim muassasalarida, madaniyat va istirohat bogʻlarida yoshlarning milliy mumtoz maqom qoʻshiqlarini ijro etishi uchun karaoke maydonchalarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil 10-avgustdan boshlab doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) |
41. | Oʻzbek milliy musiqa cholgʻularini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablarini QR-kodli zamonaviy oʻquv qoʻllanma va notalar toʻplamlari bilan taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil avgust | Davlat budjeti mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
42. | Yoshlarga moʻljallangan badiiy asarlar mualliflarini ragʻbatlantirish maqsadida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovini tashkil etish. | Ijrochilarning qoʻshma qarori | 2021-yil 1-oktabrdan boshlab har yili | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov) |
43. | Xalqimizga xos boʻlgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, muqaddas qadamjolarimizga, shuningdek, yurtimiz hayotiga oid muhim tarixiy voqealarga bagʻishlangan, atoqli davlat va jamoat arboblari, milliy qahramonlarimizning xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan yodgorliklarga hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlish kabi xatti-harakatlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2021-yil 1-noyabr | - | Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Rahmatov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xodjimatov), vazirlik va idoralar |
44. | Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oilaviy ajralishlar, buzgʻunchi va radikal oqimlar taʼsiriga tushib qolish holatlarining oldini olish, adashganlarni toʻgʻri yoʻlga solishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil 1-avgust | Ijrochilar mablagʻlari | Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Rahmatov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Toshboyev) |
45. | Olis hududlarda yoshlar uchun yengil konstruksiyali va sendvich panelli sport inshootlarini barpo etish boʻyicha tumanlar kesimida dasturni tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2021-yil 1-noyabr | - | Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
46. | Yoshlar oʻrtasida ot sportini ommalashtirish, qorabayir zotli otlarni gʻurur timsoliga aylantirish maqsadida har bir viloyat va tumanlarda “Chavandozlar maktabi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2021-yil 1-oktabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Milliy gvardiya (Djurayev) Moliya vazirligi (Ishmetov), Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
47. | Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan oʻgʻloni” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil sentabr | - | Mudofaa vazirligi (Qurbonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) |
48. | Toshkent shahridagi Botanika bogʻi faoliyatini takomillashtirish. Bunda, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida sohaning malakali mutaxassislari, olimlari va ekspertlarini jalb etgan holda, Botanika bogʻining oʻsimlik dunyosini oʻrganish, muhofaza qilish, shuningdek, uni yoshlar doimiy tashrif buyuradigan maskanga aylantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish. | normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Maksudov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Bakirov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev) Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev) |
49. | Yoshlar oʻrtasida ichki turizmni keng rivojlantirish maqsadida yil davomida talaba va yoshlar uchun respublikaning diqqatga sazovor joylari, qadimiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolar va qoʻriqxonalarga imtiyozli sayohat paketlarini tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil 1-noyabr | - | Turizm va sport vazirligi (Azamov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (Maksudov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (Bakirov), Transport vazirligi (Maxkamov), Moliya vazirligi (Ishmetov) |