Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
“Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 544-son “Professional mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 533-mh-son “Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3092, 2018-yil 29-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 10/18/3092/2246-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-maydagi 13-mh-son “Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3092-1, 2022-yil 13-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 10/22/3092-1/0416-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 15-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining
455-bandi (roʻyxat raqami 3313, 2021-yil 28-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son).