toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3092]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 18-dekabrdagi 22-mh-sonli ““Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3092-2, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan buyuraman:
1. Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Vazirning birinchi oʻrinbosari N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-noyabr,
533-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 533-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
professional mediator — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan (bundan buyon matnda maxsus oʻquv kursi deb yuritiladi) oʻtgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs hisoblanadi;
Professional mediatorlar reyestri (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan yuritiladigan professional mediatorlar haqidagi maʼlumotlar aks ettirilgan, doimiy yangilab turiladigan yagona maʼlumotlar bazasi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish boshqarmasi hududiy adliya organlari tomonidan Reyestr yuritilishini muvofiqlashtirib boradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3092-1, 13.05.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 10/22/3092-1/0416-son)
3. Professional mediatorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritilishi professional mediatorning maqomini rasmiy tasdigʻi hisoblanadi hamda professional mediator toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish va bu haqda tegishli bildirishnoma berish orqali amalga oshiriladi.
Reyestrni yuritishda professional mediatorning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Professional mediatorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish uchun toʻlov undirilmaydi.
5. Reyestr har chorakda kamida bir marta yangilanishi kerak.
2-bob. Reyestrni shakllantirish
6. Shaxs maxsus oʻquv kursidan oʻtgandan soʻng ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish haqidagi ariza bilan doimiy yashash joyidagi hududiy adliya organiga murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3092-1, 13.05.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 10/22/3092-1/0416-son)
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi.
7. Hujjatlar tegishli hududiy adliya organiga bevosita, pochta aloqa boʻlimi orqali yoki elektron shaklda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ular olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9. Hududiy adliya organi 10 kun ichida taqdim etilgan hujjatlarga asosan ariza beruvchining Oʻzbekiston Respublikasi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-maydagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3092-1, 13.05.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 10/22/3092-1/0416-son)
Hududiy adliya organi ariza beruvchiga Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.
10. Hududiy adliya organi hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda yoki hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda yoxud ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi talablariga muvofiq boʻlmaganda Reyestrga kiritishni rad etadi.
Hududiy adliya organi ariza beruvchiga Reyestrga kiritishni rad etish asoslarini koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboradi.
3-bob. Reyestrni yuritish
11. Reyestr mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
12. Reyestrda professional mediatorlar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
professional mediatorga berilgan tartib raqam;
Reyestrga kiritilgan sana;
professional mediatorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
professional mediatorning joylashgan eri va aloqa bogʻlashga doir maʼlumotlari (telefon raqami, elektron manzili);
professional mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi;
professional mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir boʻlgan til haqidagi maʼlumotlar;
maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat rekvizitlari;
Reyestrdan chiqarilgan sana;
qoʻshimcha maʼlumotlar.
13. Reyestrdagi maʼlumotlar oʻzgargan hollarda professional mediator uch ish kunida tegishli hududiy adliya organiga xabarnoma yuborishi kerak.
Hududiy adliya organi mazkur xabarnoma asosida ikki ish kunida Reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
14. Professional mediator quyidagi hollarda Reyestrdan chiqarilishi mumkin:
Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ariza berganda;
vafot etganda;
doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda;
bir yildan ortiq muddat mobaynida u toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoni boʻlmaganda, hududiy adliya organining tegishli tarkibiy tuzilmasi xulosasiga koʻra;
Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuni 12-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan biri yuzaga kelganda.
Professional mediatorni Reyestrdan chiqarish hududiy adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
15. Hududiy adliya organlari Reyestrdagi maʼlumotlarni davriy ravishda, ammo har chorakda kamida bir marta yangilaydi hamda umumlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.
Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
16. Adliya boshqarmalari maʼlumotlarning Reyestrga toʻgʻri, oʻz vaqtida kiritilishi va yangilanib borilishiga masʼul hisoblanadi.
17. Professional mediator Reyestrga kiritish rad etilganligi, undan chiqarilganligidan norozi boʻlsa, belgilangan tartibda sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎______________________________________
‎ (hududiy adliya organining nomi)

‎‎____________________________________________________________________________
‎(ariza beruvchining F.I.O. yashash joyi) ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎Professional mediatorlar reyestriga kiritish haqida
‎ARI‎ZA

________________________________________________________________________________________________
(‎familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎‎‎professional mediatorlar reyestriga kiritishni soʻrayman.

‎‎Ixtisoslashgan mediatsiya sohasi: _____________________________________________________________________.

‎‎Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir boʻlgan til: ___________________________________________.


‎Bogʻlanish telefoni: ____________________________________

‎‎______________________________________
‎(toʻldirilgan sanasi va vaqti)

‎‎______________________________________
(arizachining imzosi)

______________________________________
(qabul qilingan sanasi va vaqti)

‎‎______________________________________
(qabul qilgan masʼul xodimning imzosi)

Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Soʻrovnoma

1.Familiyasi ________________________________________________

‎‎‎‏‏
‎‏

‎‎‎‎‏rasm
‎‎‏
‎‎

Ismi ______________________________________________________

Otasining ismi _____________________________________________

‎‎
2. Tugʻilgan sanasi: _________yil “______” ______________________.‎‎ ‎‎
‎‎

‎‎3. Pasport seriyasi ________ raqami _____________________________

‎‎Berilgan sanasi 20______ yil “_____” ___________________________.

‎‎Kim tomondan berilgan ________________________________________

‎‎4. Maʼlumoti: ________________________________________________

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(oʻquv yurti nomi)

‎‎Tamomlagan yili _______________________

Diplom boʻyicha mutaxassisligi _____________________

‎‎Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni (agar mavjud boʻlsa) ______________________________________________________

‎‎5. Mehnat daftarchasidan ish staji haqidagi maʼlumotlar:

T/r‎

Ishga kirish sanasi

Ishdan ketish sanasi‎‎

Ish joyi va lavozimi‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

...

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎6. Sudlanganlik yoki jinoiy taʼqib holati ______________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎7. Oʻziga nisbatan muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisida sudning qarori mavjudligi ______________________________________________________________________________________

‎‎8. Uy manzili: ____________________________________________________________________________________

‎‎9. Elektron pochta manzili __________________________________________________________________________

‎‎10. Bogʻlanish telefoni (kod koʻrsatilgan holda) __________________________________________________________

‎‎11. Soʻrovnomadagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligini tasdiqlayman.

‎‎Soʻrovnoma toʻldirilgan sana: 20______ yil “_____” ____________________.

Shaxsiy imzo _________________

Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Professional mediatorlar
REESTRI

Professional mediatorga berilgan tartib raqam

Reyestrga kiritilgan sanasi

Professional mediatorning F.I.O.

Professional mediatorning joylashgan eri va aloqa bogʻlashga doir maʼlumotlari (telefon raqami, elektron manzili)

Professional mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi

Professional mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir boʻlgan til haqidagi maʼlumotlar

Maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat rekvizitlari

Reyestrdan chiqarilgan sanasi

Qoʻshimcha maʼlumotlar

1

2

2

3

4

5

6

7

8

000

000

000

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2018-y., 10/18/3092/2246-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 13.05.2022-y., 10/22/3092-1/0416-son)