toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholining ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) aksiyadorlarining Kompaniya ustav kapitalini 1-ilovaga muvofiq miqdorlarda oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-377-son qaroriga muvofiq Kompaniyaga ajratilgan 300 milliard soʻmgacha budjet ssudasini qoplab berish uchun qaytariladigan mablagʻlar Kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirishga yoʻnaltiriladi;
mazkur qarorga muvofiq Kompaniyaning ustav kapitalini oshirish belgilangan tartibda qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish va nominal qiymatda joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-377-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
PQ-394-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning ustav kapitalini oshirish tartibi

(mlrd soʻm)

T/r

Aksiyadorlar

Ustav kapitali

(2023-yil 1-noyabr holatiga koʻra)

Qoʻshimcha investitsiya miqdori

Ustav kapitali

(2024-yil 1-iyun holatiga koʻra)

qiymati

ulushi, foizda

qiymati

ulushi, foizda

Jami

132,79

100,0

808,1

940,89

100,0

1.

Davlat ulushi (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi)

33,2

25,0

300,0*

333,2

35,4

2.

“Ipoteka-bank” ATIB

26,6

20,0

5,0

31,6

3,4

3.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

13,3

10,0

48,8

62,1

6,6

4.

“Oʻzmilliybank” AJ

13,3

10,0

89,0

102,3

10,9

5.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

10,6

8,0

20,0

30,6

3,3

6.

AT “Xalq banki”

9,3

7,0

76,1

85,4

9,1

7.

“Asakabank” AJ

6,6

5,0

54,4

61,0

6,5

8.

“Agrobank” ATB

6,6

5,0

66,4

73,0

7,8

9.

“Turonbank” ATB

4,0

3,0

32,6

36,6

3,9

10.

“Oriyent finans bank” ATB

4,0

3,0

22,0

26,0

2,8

11.

“Hamkorbank” ATB

2,7

2,0

21,8

24,5

2,6

12.

“Kapitalbank” ATB

1,3

1,0

1,3

0,1

13.

“Invest finans bank” ATB

1,3

1,0

1,3

0,1

14.

“Aloqabank” ATB

36,0

36,0

3,8

15.

“Mikrokreditbank” ATB

36,0

36,0

3,8

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-377-son qaroriga muvofiq ajratilgan budjet ssudasini qoplab berish uchun qaytariladigan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-394-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-377-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Iqtisodiyot va moliya vazirligining xalqaro moliya tashkilotlaridan Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun jalb etilgan mablagʻlar hisobidan “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tijorat banklari tomonidan aholiga berilgan yoki beriladigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz toʻlovlarini har 6 oyda toʻlash sharti bilan 300 milliard soʻmgacha budjet ssudasini ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Bunda, Kompaniya tomonidan:
resurslar tijorat banklariga 1 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda marja qoʻllanilgan holda joylashtiriladi;
budjet ssudasini qoplab berish uchun qaytariladigan 300 milliard soʻmgacha mablagʻlar Kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirishga yoʻnaltiriladi”.
2. 8-banddagi “Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 9-bandning birinchi xatboshisidagi “moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 07/23/394/0947-son)