toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy va barqaror tizimini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlash, mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish maqsadida:
1. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning amaldagi tartibiga 2023-yil 1-maydan boshlab quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsinki, ularga muvofiq:
banklarga rasmiy daromadga ega boʻlmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning toʻlov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimini joriy qilishga ruxsat etiladi;
banklarga qarz oluvchi tomonidan toʻlangan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi beriladi;
professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;
uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;
2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Xalqparvar” komissiyalarining axborotiga asosan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy taʼminotdan toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish huquqi beriladi.
Bunda:
2023-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori 2022-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolinadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qatʼiy belgilangan subsidiya miqdori.
mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomaga ega boʻlgan shaxslarga subsidiyalar 2022-yilda amalda boʻlgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.
2. Ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan taʼminlash hamda uy-joy qurilishini tezlashtirish maqsadida:
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 2028-yil 1-mayga qadar qaytarish sharti bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan ikki foiz band past stavkada ajratilsin;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-yil aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan banklarga 3 trln soʻm miqdoridagi mablagʻlarni belgilangan tartibda depozitga joylashtirsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Davlat budjeti likvidligidan kelib chiqib, ipoteka kreditlarini ajratish uchun belgilangan mablagʻlar hajmini oshirishga ruxsat etilsin.
3. Belgilansinki, mazkur Farmonning 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning 500 mlrd soʻmi qurilish-pudrat tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi banklarga pul mablagʻlarini Markaziy bankning asosiy stavkasidan ikki foiz band past stavkada joylashtiradi hamda banklar qurilish-pudrat tashkilotlariga kreditlarni 18 oygacha muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foiz stavkada ajratadi.
4. Quyidagilar:
2023-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2023-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ushbu Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditlari va subsidiyalar sonini oshirishga ruxsat berilsin.
5. Belgilansinki, 2023-yil 1-maydan boshlab:
qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) banklar tomonidan kredit taʼminoti sifatida bosqichma-bosqich garovga olish amaliyoti joriy etiladi;
2025-yil 1-yanvarga qadar roʻyxati 3-ilovada koʻrsatilgan qurilish materiallari va xom ashyo turlarini import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) banklarning oʻz resurslari hisobidan ulushdor-jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qayta moliyalashtirish tajribasini davom ettirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
7. 2022-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp kvartirali uy-joylarni qurish hamda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlari oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda Markaziy bankning ushbu viloyatlardagi hududiy bosh boshqarmalari rahbarlariga hayfsan eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida uy-joylar qurishni davom ettirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2023-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp kvartirali uy-joylar qurishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. 5-ilovada koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarni qurish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan tegishincha aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur Farmonga 5-ilovada koʻrsatilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2024-yil 1-yanvarga qadar ushbu Farmon bilan toifasi oʻzgarayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin. Bunda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yer uchastkalari Kadastr agentligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinganidan soʻng oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
9. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida ichki avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha buyurtmachi etib Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida ichki avtomobil yoʻllari qurilishini belgilangan prognoz parametrlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirsin.
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yilda fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatchilar) uchun 4 000 ta kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2023-yilda fuqarolarning alohida toifalariga (harbiy xizmatchilarga) ipoteka kreditlarini ajratish koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Toshkent viloyati hokimligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Mening birinchi uyim” dasturini tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zokirov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirishga oid qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan koʻp qavatli uy-joylar qurilishi sifati yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilib, bu borada normativ-texnik hujjatlar va loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, masʼul shaxslarga, shu jumladan buyurtmachi tashkilotning texnik nazorat, pudrat tashkilotining ichki nazorat va loyihachi tashkilotning mualliflik nazorati mutaxassislariga nisbatan choralar qoʻllanilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
12. 2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar:
Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari bilan birgalikda yer uchastkalari elektron auksion savdolariga chiqarilishini, koʻp kvartirali uy-joylar hamda muhandislik-transport kommunikatsiya tarmoqlari oʻz vaqtida qurib bitkazilishini taʼminlasin;
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahri birinchi oʻrinbosarlari hamda Markaziy bank hududiy boshqarmalari boshliqlari bilan birgalikda ipoteka kreditlari va subsidiyalar oʻz vaqtida aholiga ajratilishi va moliyalashtirilishini taʼminlasin, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga qurilgan uy-joylarni sotishda koʻmaklashsin;
Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov 2023-yil yakuniga qadar har oyda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturining ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot kiritib borsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Farmonning ijrosini nazorat qilish hamda ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-aprel,
PF-51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga
1-ILOVA
2023-yilda ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari

mlrd soʻm

T/r

Hududlar nomi

Jami

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlar

kvartiralar sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar

yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlar

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

Respublika boʻyicha jami

44 690

10 732,8

31 017

8 098,9

10 006

1 500,9

3 667

1 133,0

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 946

426,6

895

223,1

762

114,3

289

89,2

2.

Andijon viloyati

3 072

702,9

2 097

522,7

762

114,3

213

65,8

3.

Buxoro viloyati

1 691

356,8

747

186,2

762

114,3

182

56,3

4.

Jizzax viloyati

2 375

522,9

1 507

375,7

762

114,3

106

32,9

5.

Qashqadaryo viloyati

2 892

657,3

1 931

481,4

762

114,3

199

61,6

6.

Navoiy viloyati

1 758

383,3

647

161,3

762

114,3

349

107,7

7.

Namangan viloyati

1 537

316,5

627

156,3

762

114,3

148

45,9

8.

Samarqand viloyati

3 421

784,9

2 529

630,4

762

114,3

130

40,2

9.

Surxondaryo viloyati

5 976

1 419,8

5 117

1 275,6

762

114,3

97

29,9

10.

Sirdaryo viloyati

2 195

477,7

1 331

331,8

762

114,3

102

31,6

11.

Toshkent viloyati

4 376

1 045,0

3 115

776,5

762

114,3

499

154,1

12.

Fargʻona viloyati

4 177

980,2

3 169

790,0

762

114,3

246

75,9

13.

Xorazm viloyati

2 757

626,1

1 752

436,7

762

114,3

243

75,0

14.

Toshkent shahri

6 516

2 032,9

5 553

1 751,1

100

15,0

863

266,8

Izoh:
2023-yilda ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlariga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
2024-yilda “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tomonidan umumiy qiymati 566 milliard soʻmga teng boʻlgan 1833 ta kredit qayta moliyalashtiriladi.
2023-yilda ajratiladigan kreditlarning kamida 30 foizi xotin-qizlarga ajratiladi.
Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlarning manzilli roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga
2-ILOVA
2023-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari

mlrd soʻm

T/r

Koʻrsatkichlar

2023-yilda jami ajratiladigan subsidiyalar

shu jumladan:

respublika budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiyalar:

mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalarining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiyalar:

respublika budjetidan 2020–2022-yillarda ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari uchun subsidiyalar:

soni

summasi

soni

shundan:

summasi

shundan:

yangi taqdim etiladigan subsidiya xabarnomalari

summasi

shundan:

soni

summasi

yangi taqdim etiladigan subsidiya xabarnomalari

2022-yilda berilgan va amalda boʻlgan subsidiya xabarnomalari

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi

foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi

foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi

Respublika boʻyicha jami

30 000

1 655,9

15 000

9 958

5 042

566,1

480,0

86,1

15 000

566,1

480,0

86,1

32 992

523,7

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 974

79,9

987

900

87

37,1

31,6

5,5

987

37,1

31,6

5,5

380

5,7

2.

Andijon viloyati

2 000

124,8

1 000

700

300

37,6

32,0

5,6

1 000

37,6

32,0

5,6

3 290

49,7

3.

Buxoro viloyati

1 980

117,2

990

726

264

37,2

31,7

5,5

990

37,2

31,7

5,5

2 839

42,9

4.

Jizzax viloyati

1 980

89,6

990

790

200

37,2

31,7

5,5

990

37,2

31,7

5,5

1 007

15,2

5.

Qashqadaryo viloyati

1 988

99,9

994

740

254

37,3

31,8

5,5

994

37,3

31,8

5,5

1 673

25,3

6.

Navoiy viloyati

2 122

101,9

1 061

775

286

39,9

34,0

5,9

1 061

39,9

34,0

5,9

1 469

22,2

7.

Namangan viloyati

2 000

128,6

1 000

916

84

37,6

32,0

5,6

1 000

37,6

32,0

5,6

3 541

53,5

8.

Samarqand viloyati

1 980

151,9

990

551

439

37,2

31,7

5,5

990

37,2

31,7

5,5

5 136

77,6

9.

Surxondaryo viloyati

1 978

135,7

989

880

109

37,1

31,6

5,5

989

37,1

31,6

5,5

4 066

61,4

10.

Sirdaryo viloyati

1 976

78,7

988

645

343

37,1

31,6

5,5

988

37,1

31,6

5,5

295

4,5

11.

Toshkent viloyati

2 450

101,9

1 225

225

1 000

46,0

39,2

6,8

1 225

46,0

39,2

6,8

651

9,8

12.

Fargʻona viloyati

2 000

141,3

1 000

790

210

37,6

32,0

5,6

1 000

37,6

32,0

5,6

4 382

66,2

13.

Xorazm viloyati

1 972

95,1

986

820

166

37,0

31,6

5,5

986

37,0

31,6

5,5

1 394

21,0

14.

Toshkent shahri

3 600

209,5

1 800

500

1 300

70,3

57,6

12,7

1 800

70,3

57,6

12,7

2 867

68,8

Izoh:
2022-yilda berilgan va 2023-yilda muddati oʻtgan, foydalanilmagan yoki talabgor tomonidan oʻz xohishiga koʻra rad etilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisida ijobiy xabarnomalar hisobidan 2023-yilda fuqarolarga yangi xabarnomalar taqdim etiladi.
2023-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlariga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga
3-ILOVA
2025-yil 1-yanvarga qadar import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan qurilish materiallari va xom ashyolar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Nomi

TIF TN kodi

1.

Portlandsement, glinozem sement, shlakli sement, supersulfatli sement yoki oʻxshash gidravlik sementlar, boʻyalmagan yoki boʻyalgan sement, tayyor yoki klinker shaklidagi sement

2523

2.

Yogʻoch materiallar

4407 19 98 00

3.

Yogʻoch-qirindili plitkalar

4410 11 10 00

4411 13 90 00

4.

Yelimlangan fanera, faneralangan panellar va analogik qatlamli yogʻoch

4412 39 00 00

5.

Beton quyish uchun qoliplar

4418 40 00 00

6.

Energiya tejamkor bazalt qoplamalari

6806 10 00 08

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga
4-ILOVA
2023-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylarni qurishning maqsadli koʻrsatkichlari

T/r

Hududlar nomi

Tuman (shahar) nomi

Mahalla va massivlar nomi

Quriladigan uy-joylar:

shundan:

yildan yilga oʻtuvchi:

yangi quriladigan:

uy-joylar soni

kvartiralar soni

uy-joylar soni

kvartiralar soni

uy-joylar soni

kvartiralar soni

Respublika boʻyicha jami

38 ta

837

30 639

532

18 223

305

12 416

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kegeyli tumani

“Aktuba” OFY

12

360

10

300

2

60

Qoraoʻzak tumani

“Yesim” MFY

8

228

6

168

2

60

Qonlikoʻl tumani

“Nauriz” MFY

9

280

7

220

2

60

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

“Yangi Andijon” massivi

80

2 070

56

1 441

24

629

3.

Buxoro viloyati

Gʻijduvon tumani

“Baraka” MFY

24

480

24

480

Qorakoʻl tumani

“Doʻrmon” massivi

12

240

12

240

4.

Jizzax viloyati

Sh. Rashidov tumani

“Oqtosh ota” MFY

14

1 120

14

1 120

Sh. Rashidov tumani

“Qahramon” MFY

2

160

2

160

Doʻstlik tumani

“Chinobod” MFY

10

200

10

200

5.

Qashqadaryo viloyati

Koson tumani

“Doʻstlik” MFY

32

688

30

648

2

40

Yakkabogʻ tumani

“Aygʻirkoʻl” MFY

27

748

25

708

2

40

Qarshi tumani

“Chaman” MFY

8

468

8

468

6.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

“Doʻstlik” MFY

18

420

18

420

Qiziltepa tumani

“Malikobod” MFY

8

200

8

200

7.

Namangan viloyati

Chust tumani

“Gulzor” MFY

14

280

14

280

Pop tumani

“Mirishkor” MFY

16

320

16

320

8.

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani

“Gʻoʻbdin” MFY

34

650

18

330

16

320

Urgut tumani

“Mergancha” MFY

35

1 852

18

944

17

908

9.

Surxondaryo viloyati

Angor tumani

“Sharq guli” MFY

23

526

17

408

6

118

Jarqoʻrgʻon tumani

“Qorayantoq” MFY

47

992

20

452

27

540

Sariosiyo tumani

“Lutfukor” MFY

35

1 152

19

728

16

424

Boysun tumani

“Mustaqillik” MFY

22

440

10

200

12

240

Termiz tumani

“Yangiobod” MFY

18

1 980

18

1 980

10.

Sirdaryo viloyati

Yangiyer shahri

“A. Jomiy” MFY

40

800

20

400

20

400

Boyovut tumani

“Yangi avlod” MFY

14

504

14

504

11.

Toshkent viloyati

Chirchiq shahri

“Iftixor” MFY

15

1 140

15

1 140

Olmaliq shahri

“I. Karimov” va “A. Qahhor” MFYlar

15

948

15

948

Nurafshon shahri

“Yangiobod” MFY

29

1 000

29

1 000

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

“Ekoshahar” massivi

73

2 658

73

2 658

Fargʻona tumani

“Yangi asr” MFY

9

268

9

268

Yozyovon tumani

“Yuqori soyboʻyi” MFY

10

216

10

216

13.

Xorazm viloyati

Yangiariq tumani

“Doʻstlik” MFY

9

180

1

20

8

160

Tuproqqalʼa tumani

“Obod” MFY

6

120

5

100

1

20

Xonqa tumani

“Yosh kuch” MFY

13

296

4

96

9

200

Qoʻshkoʻpir tumani

“Yovgʻur” MFY

15

420

15

420

Urganch tumani

“Al-Xorazmiy” massivi

27

709

27

709

14.

Toshkent shahri

Yangihayot tumani

“Yangi Darxon” MFY

22

1 814

12

1 074

10

740

Sergeli tumani

“A. Navoiy” MFY

32

3 712

24

1 536

8

2 176

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga
5-ILOVA
“Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarni qurish uchun toifasi oʻzgarayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari
ROʻYXATI

T/r

Hududlar nomi

Tuman, shahar nomi

MFY nomi

Dala kontur raqami

Yer maydoni

(ga)

shundan:

sugʻoriladigan

boʻz yerlar

yaylov va pichanzorlar

boshqa yerlar

Jami

140,46

127,6

1,78

2,54

8,54

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kegeyli tumani

“Aqtuba” OFY

3732q

0,85

0,85

Ellikqalʼa tumani

“Ellikqalʼa” OFY

35q, 36q, 37q

3,64

3,64

2.

Andijon viloyati

Andijon tumani

“Istiqlol” MFY

4780, 4768q, 4767q, 4782q, 4783q, 4781, 4840, 4839q, 4842, 4843, 4844, 4784, 4838, 4922, 4923, 4925, 4921, 4919, 4918, 4916, 4917, 4705, 4915q, 4913q

30,0

21,77

1,69

6,54

3.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

“Yangi avlod” MFY

3q, 4q, 13q

41,8

41,8

4.

Xorazm viloyati

Qoʻshkoʻpir tumani

“Yovgʻir” MFY

459, 462, 452q, 447, 444, 443, 442, 441, 464

21,1

18,5

0,6

2,0

5.

Toshkent shahri

Yangihayot tumani

“Yangi Darxon” MFY

368q

12,75

12,47

0,28

“Yangi Gulzor” MFY

470, 471, 469q, 468q, 295q, 30q, 36q, 294q

30,32

29,42

0,9

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi PF-51-son Farmoniga
6-ILOVA
2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmini 1,6 baravarga oshirib, 90 mingga yetkazish va imtiyozli shartlar asosida ipoteka kreditlari berishni davom ettirish.

1. Oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida va uy-joyga talab yuqori boʻlgan boshqa hududlarda quriladigan uy-joylarning manzilli roʻyxati va qurilish koʻrsatkichlarini tasdiqlash.

2023-yil 1-may

Vazirlar Mahkamasi

(Ramatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. 90 mingta xonadondan iborat boʻlgan uy-joylar qurish uchun zaruratga koʻra yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish.

2023-yil 1-iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Kadastr agentligi

(Pulatov)

3. Koʻp qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanilishi hamda ushbu uy-joylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.

Doimiy

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Koʻp qavatli uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) garovga qoʻyish amaliyotini joriy qilish.

Koʻp qavatli uy-joylarning qurilishi yakunlangan qismini (qavatlarini) bosqichma-bosqich garovga qoʻyish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-may

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

3.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlariga tutash va yaqin boʻlgan hududlarda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari, texnoparklar va mikromarkazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. 2022-yilda qurilishi boshlangan “Yangi Oʻzbekiston” massivlariga tutash va yaqin boʻlgan hududlarda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari, texnoparklar va mikromarkazlarda 2023-yilda investitsiya loyihalarini tashkil etish boʻyicha reja- grafikni ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Investitsiya loyihalarining lozim darajada bajarilishini taʼminlash.

Loyihalarda belgilangan muddatlarda

4.

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) faoliyatini rivojlantirish.

1. Elektron garov xatini joriy etishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

2023-yil 1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Markaziy bank

(Nurmuratov)

2. Ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasini tartibga solish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlarini jalb etgan holda “Ipoteka qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-dekabr

3. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan oʻz kapitali miqdoridan ortiq qiymatda korporativ obligatsiyalar chiqarishning huquqiy asosini yaratish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-dekabr

4. Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik koʻmagini jalb qilish.

2024-yil 1-iyun

5. Kompaniya ustav fondini 100 million AQSh dollari ekvivalentga yetkazish.

2024-yil 1-iyun

6. Xalqaro va mahalliy investorlarni jalb etgan holda Kompaniya korporativ obligatsiyalarini chiqarish.

2024-yil 1-iyun

5.

“Yashil” ipoteka krediti mahsulotini joriy etish.

1. “Yashil” uy-joy standartlarini tasdiqlash.

2024-yil 1-oktabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(Abduxakimov)

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Jumanazarov)

2. “Yashil” uy-joy standartlari asosida quriladigan koʻp qavatli uy-joylarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish, ularni Qurilishi va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirish hamda ulardan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

2024-yil 1-dekabr

3. “Yashil” ipoteka mahsulotlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlaridan mablagʻlarni jalb qilish.

2025-yil 1-aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sadullayev),

Markaziy bank

(Kamalov)

4. “Yashil” uy-joy standarti talablari asosida qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga “yashil” ipoteka kreditlarini ajratish.

2025-yil 1-aprel

6.

“Mening birinchi uyim” dasturini taqdimot qilish.

1. “Mening birinchi uyim” dasturining master-rejasini ishlab chiqish va taqdimot qilish.

2023-yil 15-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev)

2. “Mening birinchi uyim” dasturini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish.

2023-yil 1-may

7.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish.

1. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 2022-yilda qurilgan uy-joylarni muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan taʼminlash ishlarini yakunlash.

2. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining bosh rejalariga asosan massivlarning muhandislik-transport kommunikatsiyalarini qurish ishlarini bosqichma-bosqich moliyalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil 1-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov)

8.

Auksionga chiqariladigan yer uchastkalari sonini ikki baravarga oshirish.

1. Yer uchastkalarini auksionga chiqarish boʻyicha malakali mutaxassislardan iborat respublika va hududiy ishchi guruhlarni shakllantirish.

2. Ishchi guruhlar tomonidan yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda respublika hududlaridagi boʻsh yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazish.

3. Xatlov natijalari asosida shakllangan manzilli roʻyxat boʻyicha yer uchastkalarini auksionga chiqish.

2023-yil 1-iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

9.

Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni renovatsiya qilishning huquqiy asoslarini yaratish.

1. Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni renovatsiya qilishga oid qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhni tuzish.

2023-yil 20-aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan koʻp qavatli uy-joylarni renovatsiya qilishga oid qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-iyul

10.

Eksperiment tariqasida Toshkent shaharning transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlari qurilishini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy qilish.

Transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlari qurilishini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy qilishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qaror loyihasida:

yangi barpo etiladigan qurilish obyektlari uchun transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish toʻlovlari joriy etiishini;

ushbu toʻlovlarni jamlash va ulardan samarali foydalanish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari tashkil etilishini nazarda tutish.

2023-yil 1-may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Transport vazirligi

(Maxkamov)

11.

Temir-beton ishlab chiqaruvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish.

1. Temir-beton ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Temir-beton ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ochish.

2023-yil 1-may

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(Sattorov),

“Sanoatqurilishbank” ATB

(Annaqlichev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Seysmik xavfsizlikni taʼminlashning yangi usullarini joriy qilish va qurilish ishlarini bajarishda nazoratni yanada kuchaytirish.

Seysmik xavfsizlikni taʼminlash va qurilishda nazoratni kuchaytirishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Bunda, qaror loyihasida:

qurilish obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda majburiy ravishda ushbu obyektlar qurilish maydonining muhandislik-geologik tadqiqotlari oʻtkazilishini;

seysmik xavfsizligi III-IV toifadagi bino va inshootlarni qurish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “A” va “B” toifaga ega boʻlgan pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilishini nazarda tutish.

2023-yil 1-may

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(Qoʻldoshev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov)

13.

Koʻp qavatli uy-joylarni qurish ishlari sifatini oshirish.

Koʻp qavatli uy-joylarni qurish ishlari sifatini oshirishga oid qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-sentabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(Qoʻldoshev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

14.

Toshkent shaharning kommunal drenaj tizimini yaxshilash.

Toshkent shaharning kommunal drenaj tizimini yaxshilash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil 1-may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzoqov)

15.

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturida qatnashadigan banklarni saralash tartibini takomillashtirish.

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturida qatnashadigan banklarni saralash tartibini takomillashtirish, shu jumladan ushbu jarayonga xususiy banklarni jalb qilish mezonlarini belgilash.

2024-yil 1-yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Markaziy bank

(Nurmuratov)

16.

Quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish.

Qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ushbu uylar qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish.

Ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun qurilish-pudrat tashkilotlari huzurida servis kompaniyalarni tashkil etish yoki mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun shartnomaga asosan boshqaruvchi tashkilotlarni jalb qilish.

Doimiy

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zokirov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Banklarning mijozlarni identifikatsiya qilishda zarur maʼlumotlarni olish boʻyicha imkoniyatlarini kengaytirish.

Davlat idoralarining yangi maʼlumotlar bazalarini kredit byurosiga integratsiya qilishga oid Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-iyul

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(Nurmuratov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2023-y., 06/23/51/0112-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son; 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son)